I. TARBIYAVIY USULLAR - Ijtimoiy-madaniy faoliyat, eng avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy usullardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to’g’ridan-to’g’ri, ko’r-ko’rona qo’llash, degan gap emas. Tarbiyaviy usul quyidagi turlarga bo’linadi: ishontirish usuli, namuna ko’rsatish, taqdirlash, tandiq qilish usulilari.
ISHONTIRISH USULIning asosiy vazifasi auditoriyaga ta’sir ko’rsatishdir. Buning uchun tadbirning mazmunini ishonarli xaqqoniy qilib, tuzish kerak. Omma tashkilotchilarining fikriga qo’shila olmasa, berilgan ma’lumotlarga ishonmasa, u xolda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tadbirda xaqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli xujjatlardan manbaalardan foydalanish kerak. Tadbir mazmuni ishonarli bo’lgani uchun uni umumiylashtirilgan badiiy to’qima asosida vujudga keltirmasdan, balki real hayotda bo’lib o’tayotgan xaqqoniy va xujjatli materiallar asosida tuzish lozim.
NAMUNA USULI orqali mustaqil yurtimizning eng yaxshi fazilatlari tarannum etiladi. Yaxshi o’qiyotgan. Yaxshi ishlayotgan namuna ko’rsatayotganlardan o’rnak olishga undaydi.
TAQDIRLASH USULI-ijtimoiy-madaniy tadbirlarning asosiy vositalaridan biri shundaki, ular kishilarni ma’naviy taqdirlaydi. Masalan, tadbirlarda g’oliblarni faxriy yorliqlar, maqtov qog’ozlari, kitoblar va boshqa qimmatbaxo buyumlar bilan manfaatdor bo’lishga, yaxshiroq ishlashga, xalqqa halol xizmat qilishga undaydi.
TANQID QILISH USULI, pedagogikada bu usul jazolash deb ham yuritiladi. Jazolash usuli muntazam ishlaydigan jamoalarda: ishlab chiqarishda, o’quv yurtlarda qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar vaqtincha yig’ilgan auditoriya bo’lgani uchun unda tanqid qilish usulidan o’zigan xos yo’l bilan foydalaniladi. Tanqid ob’ektiga hayotning rivojiga xalaqit beruvchi barcha «Salbiy qaxramonlar» kirishi mumkin. Tadbirlarda ularning satira va yumor orqali tanqid qilinishi ularning omma orasida fosh etilishi, 1-dan, ularni o’zi haqida chuqur o’ylashga olib keladi, 2-dan, kishilari bundaylarga qarshi kurashishiga undaydi.