O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 282,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix14.03.2022
ölçüsü282,42 Kb.
#53752
1   2   3   4
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Dunyodagi ahvol qanday? 

Xalqaro  tajribaga  nazar  tashlasak,  koʻpgina  davlatlar  hozirgi  kunda  raqamli 

iqtisodiyot  sohasiga  jiddiy  eʼtibor  qaratmoqda.  Masalan,  2017-yilning  28-iyulida 

Rossiya Federatsiyasi hukumati Raqamli iqtisodiyot dasturini qabul qildi. Estoniya, 




Belarus  Respublikasi  va  Ukraina  raqamli  iqtisodiyotni  faol  rivojlantirmoqda.  Oʻz 

navbatida, ayrim davlatlarda aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zaruriy 

infratuzilmani  yaratishga  harakat  qilinmoqda.  Jumladan,  Avstraliya  hukumati 

fuqarolarga  yuqori  tezlikdagi raqamli aloqani  taqdim  etish choralarini koʻrmoqda, 

yaʼni milliy keng polosali tarmoq (National Broadband Network) ushbu mamlakat 

aholisining  93  foizini  1 Gbit/s tezlikdagi  internet  bilan  taʼminlash  majburiyatini 

olgan. 

Hozirgi  davrda  biz  texnologiyalar  qanday  qilib  ommaviy  xizmat  koʻrsatish 

sohasini  tubdan  oʻzgartirayotganini  koʻryapmiz.  Vositachilarni  olib  tashlaydigan, 

mijoz va taʼminotchi oʻrtasidagi aloqalarning toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilishiga 

olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo boʻlmoqda. Avvalroq xuddi 

shunga oʻxshash oʻzgarishlar moliya sektori hamda telekommunikatsiyalarda ham 

roʻy  bergan  edi.  Sanoatda  ham  bir  qancha  prinsipial  oʻzgarishlar  kuzatilmoqda, 

chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi — robotlar paydo boʻlishi 

butun insoniyat funksional modelini jiddiy ravishda oʻzgartirib yuborishi mumkin. 

Bu esa shuni koʻrsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning 

oʻrnini egallab boradi. Xuddi mana shu holat raqamli iqtisodiyot hisoblanadi. 

Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida 

«Alibaba» elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy kompaniyasini keltirib oʻtish 

mumkin.  Undan  foydalanish  tajribasi  shuni  koʻrsatadiki,  maʼlumotlar  toʻplash 

jarayonida  iqtisodiyotning  turli  sektorlariga  ekspansiya  uchun  oʻta  raqobatli 

ustunliklar  yaratiladi. «Alibaba»  oddiygina  raqamli  platforma  emas,  balki 

platformalar  ekotizimidir. Tushunarliki,  bunday  ekotizim  qudrati  alohida 

platformalar kuchidan katta boʻladi. AQSH hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, 

chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa 

bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga — bir platformadan boshqa 

platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi. 

Raqamli  iqtisodiyotga  oʻtish  kabi  global  ishda  koʻp  narsa  davlatning  tutgan 

pozitsiyasiga  ham  bogʻliq,  albatta.  Barchasi  hamma  narsani  birlashtiradigan  va 



“raqam”ga oʻtkazadigan  yagona  davlat  platformasiga  borib  taqalmasligi  muhim, 

yaʼni davlatning  vazifasi,  biznesning  oʻrniga  biron  -  bir  narsa  qilish  emas,  balki 

biznesga  xalal  bermaslikdir. Xitoyda  ham  «Alibaba»  tizimi  davlat  uning  uchun 

qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo boʻlmagan. U bunday platforma paydo 

boʻlishi  uchun  sharoit  yaratdi,  xolos.  Garchi  davlat  «Alibaba»ga yordam 

bergan boʻlsada,  buni  davlat  korporatsiyasi  sifatida  emas,  balki  tijorat  korxonasi 

sifatida yordam berdi va uning xizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina 

foydalaniladi. Davlatning  vazifasi  —  umumiy  qoidalar  yaratish,  biznes  esa  shu 

umumiy  qoidalar  asosida  oʻzgarib,  rivojlanib  boradi,  chunki  qonunlar  taʼsirida 

ishbilarmonlik muhiti va raqobat oʻsadi. 

Koʻplab  rivojlangan  mamlakatlar  roʻy  berishi  lozim  boʻlgan  oʻzgarishlar 

muqarrarligini  tushunib,  iqtisodiyotni  raqamlashtirish  tomon  harakatni  ongli 

ravishda  boshladi.  Bu  yoʻnalishni  birinchilardan  boʻlib  maʼlum  qilgan  AQSH, 

Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy 

yetakchilar sanaladi. Ulardan keyingi oʻrinlarda Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi 

mamlakatlari, Avstraliya, Belarus va boshqalar turadi. Raqamlashtirish jarayonining 

baʼzi  yetakchi  mamlakatlari  esa  qarama-qarshi  yondashuvlarni,  xususan,  AQSH 

bozor yoʻnalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar 

maʼlum bir oraliq variantlarga rioya qiladi. 

Raqamli  iqtisodiyot  platformalari  tuzishda  rivojlangan  davlatlar  transport, 

telekommunikatsiya,  energetika,  maʼlumotlarni  qayta  ishlash,  sogʻliqni  saqlash, 

dori-darmonlar  logistikasi,  turizm,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat,  koʻchmas  mulk  va 

ishlab  chiqarish  yoʻnalishlariga  eʼtibor  qaratmoqda.  Aynan  shu  sohalarning 

rivojlanishi  infratuzilma  hamda  texnologik  bazis  yaratishga  imkon  beradi,  ularni 

boshqa  sohalarga  koʻchirgan  holda  Oʻzbekiston  yetuk  raqamli  iqtisodiyotni 

maksimal  darajada  tez  rivojlantirishi  mumkin.  Ilgʻor  mamlakatlar  raqamli 

iqtisodiyoti  koʻplab  dasturlari  (AQSH,  Avstriya,  Avstraliya,  Buyuk  Britaniya, 

Janubiy  Koreya  va  boshqalar)  asosiy  eʼtiborni  “raqamli  tibbiyot”  hamda  “aqlli 

shahar” ijtimoiy yoʻnalishlariga qaratmoqda. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” 



ijtimoiy  loyihalarini  amalga  oshirish  koʻproq  murakkablik  hamda  xilma-xillikni 

talab qiladi va bunday loyihalar keng xalq ommasi tomonidan eʼtirof etiladi. 

Rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisining  internetga  hamda  u  bilan  bogʻliq 

AKTga  ulanish  imkoniyatlarini  kengaytirish  uchun  sharoitlar  yaratish,  jumladan, 

bulutli texnologiyalarni rivojlantirish IHTT tomonidan 2016-yil bu tashkilotga aʼzo 

boʻlgan  32  mamlakat  va  yana  6  ta  hamkor  mamlakatda  oʻtkazilgan  soʻrov 

maʼlumotlariga koʻra, ularda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, rejasi 

yoki  dasturi  mavjud.  2017-yilning  sentyabr  oyida  Avstraliya  hukumati  raqamli 

iqtisodiyot  strategiyasini  ishlab  chiqish  boshlangani  haqida  eʼlon  qildi.  AQSHda 

2015-yili  raqamli  iqtisodiyot  rejasini  shakllantirish  haqida  maʼlum  qilindi,  2016-

yilda  xususiy  biznes  tomonidan  amalga  oshiriladigan  internetni  rivojlantirish, 

axborot  xavfsizligi,  innovatsiyalarni  ilgari  surish  va  boshqa  funksiyalarni 

bajaradigan  Savdo  vazirligi  qoshida  raqamli  iqtisodiyot  boʻyicha  maslahatchilar 

kengashi tashkil qilindi. 

Jahon  bankining  «Raqamli dividentlar»  nomli  tadqiqoti  natijalari  mamlakatlar 

iqtisodiyotini  rivojlantirishda  raqamli  iqtisodiyotning  naqadar  dolzarb  va 

muhimligini  koʻrsatdi.  Xususan,  internet  tezligining  10  foizga  oʻsishi,  mamlakat 

YAIMning oʻsishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21 foizni, 

rivojlanayotgan davlatlarda 1,38 foizni tashkil etayotir. Demak, internet tezligi ikki 

barobarga oshadigan boʻlsa, YAIM hajmining qariyb 15 foizga oshishiga erishish 

mumkin. Jahonda amalga oshirilayotgan globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, 

xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, AKT rivojlanishi 

mamlakatlarning iqtisodiy oʻsish surʼatlariga taʼsir etadi. 

Demak,  biz  ham  asosiy  eʼtiborni  faqat  mahsulotlar  eksportiga  qaratmasdan, 

balki “nou-xau”, blokcheyn texnologiyalar faoliyatini zamonga hamohang oʻrganib, 

shular  qatorida,  raqamli  iqtisodiyotdan  foydalanishni  yangi  bosqichga  olib 

chiqishimiz maqsadga muvofiq. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 

ustuvor  vazifasi  —  Oʻzbekiston  iqtisodiyotining  yuqori  surʼatlarda  oʻsishini 




taʼminlash  bilan  birgalikda,  aholi  ongi,  ilmi  va  qarashlarini  zamon  bilan 

uygʻunlashtiradi, 

mamlakatimizning 

xalqaro 


maydonda 

integratsiyasini tezlashtiradi. 

Va,  pirovardida,  Oʻzbekistonning  huquqiy-

demokratik,  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  davlatlar  qatoridan  joy  olish  muddati 



jadal qisqaradi. 

 

Yüklə 282,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin