O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 282,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.03.2022
ölçüsü282,42 Kb.
#53752
1   2   3   4
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Soha qanday rivojlanmoqda? 

Bugungi  kunda  odamlar  oziq-ovqat  mahsulotlariga  buyurtma  berish  uchun 

ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, ayniqsa, Telegram botlaridan faol foydalanmoqda. 



Shuningdek,  turli  internet-doʻkonlar,  elektron  toʻlov  tizimlari  ham  faol  rivojlanib 

bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyapti. 

Faqat  hozirgi  kunda  foydalanuvchilar  katta  xarajatlar  talab  qilmaydigan  kichik 

bitimlarni  amalga  oshirayotgani,  oʻrtacha  xarid  hajmini  oshirishga  esa  unchalik 

tayyor emasligi ham rost. Demak, endigi masala oʻrtacha va yirik iqtisodiy bitimlar 

hamda  moliyaviy  operatsiyalarni  raqamli  texnologiyalar  orqali  amalga  oshirishni 

rivojlantirishdan  iborat.  Shuningdek,  raqamli  iqtisodiyotning  oʻz  valyutasi 

(kriptovalyuta, bitkoin),  pul  saqlaydigan kartmoni (blokcheyn),  hisoblash  usullari 

(mayning) kabi atamalari mavjud. 

Shu  oʻrinda  raqamli  iqtisodiyotning  oddiy  iqtisodiyotdan  farqini  kundalik, 

maishiy misollar bilan tushuntirib oʻtsak. Aytaylik, xaridorga kiyim yoki poyabzal 

kerak.  Uni  bozorga  tushib  oʻzi  bevosita  tanlasa  va  naqd  pulga  sotib  olsa,  bu 

anʼanaviy 

iqtisodiyot. 

Ijtimoiy 

tarmoqlardagi 

yoki Telegramdagi biron 

savdo boti orqali  oʻziga  maʼqul  tovarni  tanlab,  tovar  egasiga  pulni  elektron  toʻlov 

tizimi  orqali  toʻlash  va  tovarni  yetkazib  berish  xizmati  orqali  olish  —  raqamli 

iqtisodiyot deyiladi. Bu masalaning eng sodda maishiy misol orqali tushuntirilishi. 

Aslida,  hammamiz,  allaqachon  raqamli  iqtisodiyot  ichidamiz,  uning 

qulayliklaridan  foydalanamiz.  Masalan,  oyligimiz  plastik  kartalarga  tushadi, 

elektron  toʻlov  orqali  kommunal  xizmatlar,  telefon,  internet  va  boshqa  mahsulot 

hamda xizmatlarga toʻlov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, 

kartadan kartaga pul oʻtkazamiz va hokazo. 

Raqamli  iqtisodiyot,  bu,  noldan  boshlab  yaratilishi  lozim  boʻlgan  qandaydir 

boshqacha  iqtisodiyot  emas. Bu  yangi  texnologiyalar,  platformalar  va  biznes 

modellari  ishlab  chiqish  hamda  ularni  kundalik  hayotga  joriy  etish  orqali  mavjud 

iqtisodiyotni  yangicha  tizimga  koʻchirish  deganidir.  Yaʼni  yuqori  darajada 

avtomatlashtirilganlik;  elektron  hujjat  almashinuvi;  buxgalterlik  va  boshqaruv 

tizimlarining  elektron  integratsiyalashuvi;  maʼlumotlar  elektron  bazalari;  CRM 

(mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi) mavjudligi; korporativ tarmoqlar. 




Raqamli  iqtisodiyot  tufayli  toʻlovlar  uchun  xarajatlar  kamayadi  (masalan, 

bankka borish uchun yoʻlkira hamda boshqa resurslar tejaladi), tovarlar va xizmatlar 

haqida  koʻproq  hamda  tezroq  maʼlumot  olinadi,  raqamli  dunyodagi  tovar  va 

xizmatlarning  jahon  bozoriga  chiqish  imkoniyatlari  katta, fidbek (isteʼmolchi 

fikri)ni tez olish hisobiga tovar hamda xizmatlar jadal takomillashtiriladi. 

Xalqaro  amaliyotga  yuzlanadigan  boʻlsak,  hozirgi  kunda  raqamli  iqtisodiyot 

elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir 

jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, qurilish, energetika, qishloq hamda 

suv  xoʻjaligi,  transport,  geologiya,  kadastr,  arxiv,  internet-banking  va  boshqa 

sohalarga  jadal  kirib  bormoqda  hamda  ularning  har  birida  oʻzining  yuqori 

samaralarini bermoqda. 

Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali aloqaga 

oʻtkazish,  yaʼni  davlat  oʻz  fuqarolari  uchun  elektron  xizmatlar  koʻrsatishi  va 

elektron mahsulotlarni taklif etishi raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. 

Mamlakatimizda 

ushbu 


sohani 

keng 


rivojlantirish, 

davlatimiz 

rahbari 

taʼkidlaganidek,  bizdagi  eng  asosiy  ogʻriqli  muammolardan  biri  —  korrupsiya 

illatiga barham beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-fevral kuni tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  tizimini  isloh  qilish  boʻyicha  ustuvor  vazifalarga  bagʻishlangan 

yigʻilishda  tashqi savdo bilan bogʻliq nazorat tizimi  va infratuzilmani  yaxshilash, 

jumladan,  xorijiy  tajribadan  kelib  chiqib,  bojxona  postlarida  nazoratni  amalga 

oshiradigan  bojxona,  sanitariya,  karantin,  veterinariya  hamda  boshqa  idoralar 

faoliyatini isloh qilish lozimligini taʼkidlagan edi. Bu sohada uzoq yillardan buyon 

samarali  ishlar  olib  borilmagani,  korrupsiyaning  mavjudligi  tashqi  savdo 

amaliyotida  muayyan  qiyinchiliklar  tugʻdirmoqda.  Jahon  bankining  “Biznes 

yuritish”  reytingida  “Xalqaro  savdo”  yoʻnalishi  boʻyicha  mamlakatimiz  190  ta 

davlat orasida 152-oʻrinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. 

Gap shundaki, koʻplab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular 

haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi taʼminlanadi. Oʻzbekistonda esa 




oʻtgan  yili  416  mingta  deklaratsiyadan  344  tasi  yuk  chegaraga  kelguncha 

rasmiylashtirilgan. Yuk toʻgʻrisida oldindan maʼlumot berish avtomobil transportida 

98 foizni tashkil etsa, temir yoʻlda, umuman yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois nazoratni 

chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin 

muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini  yoʻlga qoʻyish muhim. 

Bugungi  kunda  1  ming  836  ta  turdagi  tovar  bir  vaqtda  uchta  idora  tomonidan 

tekshirilishi,  oqibatda  import-eksport  hujjatlarini  rasmiylashtirish  haftalab 

choʻzilayotgani achinarlidir. Vaholanki, bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya, 

standart,  ekologiya  idoralari  ish  uslubini  oʻzgartirishi,  ularning  asosiy  vazifasi 

mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻlishi zarur emasmi? 

Mana  shunday  toʻsiqlar  tufayli  Prezidentimiz  raqamli  texnologiyalarni  joriy 

qilib,  inson  omilini  maksimal  qisqartirish  orqali  korrupsiya  va  noqonuniy  tovar 

aylanmasiga  barham  berish  zarurligini  taʼkidlamoqda.  Import  mahsulotlarining 

chegaradan  to  yakuniy  isteʼmolchigacha  boʻlgan  harakati  bojxona  hamda  soliq 

idoralari  tomonidan  yagona  elektron  tizim  orqali  nazorat  qilinishi  kerak.  Shundan 

kelib  chiqib,  mutasaddilarga  ruxsatnoma  va  laboratoriya  tekshiruvlari  hujjatlarini 

toʻliq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish boʻyicha 

topshiriqlar berildi. Aytish joiz, raqamli iqtisodiyotga oʻtish tadbirlari doirasida 143 

ta davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilib, 35 ta idorada talab qilinadigan hujjatlar 

soni hamda xizmat koʻrsatish vaqti ikki hissa qisqardi. Byudjet xarajatlari, davlat 

xaridlari,  yer,  bino  va  inshootlar  oldi-sotdisi  jarayonlariga  oshkoralik  hamda 

ochiqlik  tamoyillari  joriy  etildi.  Ayni  paytda  qishloq  xoʻjaligi,  sogʻliqni  saqlash, 

qurilish,  davlat  xizmatlari  koʻrsatish,  xullas,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohasida 

raqamli iqtisodiyotga oʻtish sari salmoqli qadamlar tashlanmoqda. 




Yüklə 282,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin