- 108 -
III- BOB. G R A M M A T I K A
MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS
GRAMMATIKANING TA'RIFI
So'zlarni turli qismlarga bo'lish va so'z shakllarini yasash va ularni bi-
riktirish tartibi va gaplarni tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik fanining muhim
bo'limi
grammatika (grekcha
gramma – harf,
tike – fan) deb ataladi. Grammat-
ika haqida qadimiy Sharq va G'arb olimlari yaratgan asarlar mavjud bo'lib, ular
asosan so'z shaklini o'zgartirish uchun xizmat qiladigan vositalarni (turli
qo'shimchalar, affikslarni) va gap tuzish tartib-qoidalarini bu bo'limga kiritgan-
lar. O'rta asrlarda jahon tillariga ta'luqli bo'lgan umumiy (universal) grammatika
yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Jumladan, 1660 yilda Por Royalda (Parij yaqinida)
Lanselo va Arno "Ongli asosda tuzilgan umumiy grammatika"ni taklif etdilar. U
qadimiy grek, lotin, o'rta asr fransuz va qadimiy yahudiy tillari materiallari aso-
sida tuzilgan edi. Lekin bu umumiy grammatika va boshqa falsafiy grammatika
kitoblari jahondagi turli tillarda mavjud bo'lgan barcha xususiyatlarni qamrab
olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy
metodning
vujudga kelishi natijasida turli tillardagi ko'pgina grammatik xususiyatlarni
chuqurroq o'rganish mumkin bo'ldi. Endilikda grammatika tushunchasi va ter-
mini kengroq ma'noga ega bo'lib, u tildagi
barcha grammatik vositalarni,
so'zlarni kichik ma'nodor bo'laklarga morfemalarga bo'lish va so'z yasovchi
hamda so'z o'zgartiruvchi turli qo'shimchalar, affikslar (prefiks, infiks va post-
fikslar) va so'zlarni
biriktirish tartibi, gap qurilishida so'z tartibi va gapning
mazmun va maqsadiga hamda tarkibiga ko'ra turlarga ajratish yo'llarini ilmiy
tadqiq qiluvchi tilshunoslik fanining bo'limi bo'lib, amalda nutqimizda so'zlarni
biriktirish qoidalarining majmuidir. Grammatika ikki qismdan iborat:
morfolo-
giya va sintaksis.
Morfologiya (grekcha
marphe – shakl,
logos – ta'minot) –
so'zlarning grammatik guruhlari, so'z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl,
grammatik ma'no va grammatik kategoriyalarni o'rganadi.
Sintaksis (grekcha
- 109 -
syn – birga,
taxis – qurilish) so'zlarni biriktirish yo'li bilan gap tuzish va bino-
barin, gap ifodalagan fikrni to'g'ri va aniq mazmunda yetkazish yo'llarini o'rga-
nadi. Morfologiya sintaksisga bo'ysunadi. Chunki morfologiya alohida
so'zlarning shakllari. tilning eng kichik ma'nodor
birligi hisoblanuvchi
morfemalarning turlarini o'rgansa, sintaksis so'z birikmalari va gap tuzishda
ularning shakl va mazmun jihatlarini mutanosib ravishda qaraydi.
Grammatika qo'yilgan maqsadiga ko'ra
nazariy va
amaliy bo'ladi. Biror
tilning grammatikasini ilmiy tadkiq etish – nazariy grammatika, xalqni savodga
o'rgatish
uchun oliy, o'rta va boshlang'ich maktablarda va umuman barchaga
mo'ljallangan amaliy grammatika farqlanadi.
Jahon tillaridagi grammatik xususiyatlarni ilmiy o'rganuvchi –
umumiy
Dostları ilə paylaş: