Isaqova gulchehraning ona tilidan mustaqil ishi



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/6
tarix04.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#107341
  1   2   3   4   5   6
GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYA


ISAQOVA GULCHEHRANING ONA TILIDAN MUSTAQIL ISHI
Grammatika va morfologiya

Reja:




  1. Grammatik ma'no va grammatik vosita

  2. Grammatik kategoriya

  3. Grammatik kategoriyalarning ifodalanish

  4. Usullari

  5. So'zning morfologik tarkibi.

  6. Morfema

So'zlarni turli qismlarga bo'lish va so'z shakllarini yasash va ularni biriktirish tartibi va gaplarni tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik fanining muhim bo'limi grammatika (grekcha gramma – harf, tike – fan) deb ataladi. Grammatika haqida qadimiy Sharq va G'arb olimlari yaratgan asarlar mavjud bo'lib, ular asosan so'z shaklini o'zgartirish uchun xizmat qiladigan vositalarni (turli qo'shimchalar, affikslarni) va gap tuzish tartib-qoidalarini bu bo'limga kiritganlar. O'rta asrlarda jahon tillariga ta'luqli bo'lgan umumiy (universal) grammatika yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Jumladan, 1660 yilda Por Royalda (Parij yaqinida) Lanselo va Arno "Ongli asosda tuzilgan umumiy grammatika"ni taklif etdilar. U qadimiy grek, lotin, o'rta asr fransuz va qadimiy yahudiy tillari materiallari asosida tuzilgan edi. Lekin bu umumiy gram­matika va boshqa falsafiy grammatika kitoblari jahondagi turli tillarda mavjud bo'lgan barcha xususiyatlarni qamrab olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning vujudga kelishi natijasida turli tillardagi ko'pgina grammatik xususiyatlarni chuqurroq o'rganish mumkin bo'ldi. Endilikda grammatika tushunchasi va termini kengroq ma'no­ga ega bo'lib, u tildagi barcha grammatik vositalarni, so'zlarni kichik ma'nodor bo'laklarga morfemalarga bo'lish va so'z yasov­chi hamda so'z o'zgartiruvchi turli qo'shimchalar, affikslar (prefiks, infiks va postfikslar) va so'zlarni biriktirish tartibi, gap qurilishida so'z tartibi va gapning mazmun va maqsadiga hamda tarkibiga ko'ra turlarga ajratish yo'llarini ilmiy tadqiq qiluvchi tilshunoslik fanining bo'limi bo'lib, amal­da nutqimizda so'zlarni biriktirish qoidalarining majmuidir. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiya (grekcha marphe – shakl, logos – ta'minot) – so'zlarning grammatik guruhlari, so'z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl, grammatik ma'no va grammatik katego­riya­larni o'rganadi. Sintaksis (grekcha syn – birga, taxis – qurilish) so'zlarni biriktirish yo'li bilan gap tuzish va binobarin, gap ifodalagan fikrni to'g'ri va aniq mazmunda yetkazish yo'llarini o'rganadi. Morfologiya sintaksisga bo'ysunadi. Chunki morfo­lo­giya alohida so'zlarning shakllari. tilning eng kichik ma'no­dor birligi hisoblanuvchi morfemalarning turlarini o'rgansa, sintaksis so'z birikmalari va gap tuzishda ularning shakl va mazmun jihatlarini mutanosib ravishda qaraydi.


Grammatika qo'yilgan maqsadiga ko'ra nazariy va amaliy bo'ladi. Biror tilning grammatikasini ilmiy tadkiq etish – nazariy grammatika, xalqni savodga o'rgatish uchun oliy, o'rta va boshlang'ich maktablarda va umuman barchaga mo'ljal­langan amaliy grammatika farqlanadi.
Jahon tillaridagi grammatik xususiyatlarni ilmiy o'rga­nuvchi – umumiy grammatika va turli qarindosh yoki qarin­dosh bo'lmagan tillardagi grammatik alomatlarni chog'ishtirib o'rganuvchi qiyosiy-tipologik grammatika farqlanadi.
Ilmiy jihatdan grammatika falsafaning tafakur, mantiq­ning hukm boblari bilan bog'lanadi.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin