Isaqova gulchehraning ona tilidan mustaqil ishi


SO'ZNING MORFOLOGIK TARKIBI



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə5/6
tarix04.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#107341
1   2   3   4   5   6
GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYA

SO'ZNING MORFOLOGIK TARKIBI.
MORFEMA

So'zlarning ma'no jihatini hisobga olib ularning tarkibida o'zak, ya'ni asosiy leksik ma'nosini ifodalovchi qismi va shu so'z ma'nosini aniqlashtirib beruvchi affikslarni ajratamiz. Masalan, paxtakorlar – paxta shu so'zning o'zagi, -kor kasbni ko'rsatuvchi, undan boshqa so'z yasovchi affiks va -lar ko'plik shaklini ifodalovchi affiks. Affiks (lotincha affix – qo'shi­luv­chi) so'zni yasash va uning shaklini o'zgartirishda qo'llanuvchi barcha vositalarning majmuidir. Affikslar so'zdagi o'rni va tildagi bajaradigan vazifasiga ko'ra tasnif etiladi. So'zdagi o'rniga ko'ra affikslar uch turli bo'ladi:


1) so'zning o'zagidan oldin qo'shiluvchi – prefiks (bemalol, bama'ni kabi);
2) so'zning oxiriga qo'shiluvchi postfiks (ko'payish, kelmoq, sezgir kabi);
3) so'z o'zagi va boshqa qismini ulash uchun uning o'rtasiga qo'shiluvchi -infiks (ishqiboz, gultojixo'roz kabi).
O'zbek tilida asosan postfikslar ko'proq qo'llanadi, unda prefiks va infikslar faqat chet tillardan olingan so'zlardagina qo'llanadi. Postfikslarni odatda suffiks (lotincha postfix –orqaga qo'shilgan) yoki qo'shimcha deb ataladi. Tildagi bajaradigan vazifasiga ko'ra affikslar so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi turlarga bo'linadi. Masalan, -kor, -chi suffikslari kasbni ko'rsatuvchi so'zlarni yasaydi: paxtakor, shifokor, xizmatchi, to'qimachi, baliqchi kabi.
So'z o'zgartiruvchi affikslar tilda so'zlarni bir-biriga biriktirish uchun, ya'ni so'z birikmalari va gap tuzishda xizmat qiladi: kitob javoni, uning daftari, qishloqdagi hovlimiz. Universitetimiz talabalarining barchasi xorijiy tillarni chuqur o'rganmoqdalar.
Affikslar tilda ko'p yoki kam qo'llanishiga ko'ra mahsul­dor va nomahsuldor bo'lishi mumkin.
So'zni ma'nodor qismlarga bo'lish mumkin. So'zning o'zagi va affikslari uning ana shunday ma'nodor qismlaridir. So'zning o'zagi va undagi barcha turdagi affikslarni umumiy tushuncha bilan ifodalab, uni morfema (grekcha morphe – shakl) deb ataymiz. Morfema – tilning eng kichik ma'nodor birligidir. So'zning o'zagi – o'zak morfema va undagi barcha affikslar, ya'ni prefiks, infiks, postfiks – suffikslar, turli qo'shimchalar affiksal morfemalar deb ataladi. Hech qanday qo'shimchaga ega bo'lmagan alohida so'z, masalan, gul, ko'z, yoz, kitob so'zlari bir morfemali so'zlardir. Kitobxon, kutubxona, fidokor kabi so'zlar ikki morfemali hisoblanadi. Shuningdek, talabalarimizdan, bog'larimizdagi so'zlari ko'p morfemali, ya'ni bir o'zak morfema va bir necha affiksal morfemalardan tashkil topgan.
Turli tillarda bir morfema har xil variantiga ega bo'lishi mumkin. O'zbek adabiy tilida bu xususiyat yo'q.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin