O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

verifikatsiya printsipini
ilgari suradilar (lot. Veritas — xaqiqat.) ularning fikricha, faqat tajribada 
o’z tasdig’ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini 
topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu printsip keyinchalik inkor etildi. 
Shundan so’ng 
postpozitivizm
(ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper 
falsifikatsiyalash metodini
ilgari surdi. 
Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda 
neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va 
sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei 
kamayib, asosiy o’ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi. 
Strukturalizm
(asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini 
mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning ob’ektiv mohiyatini bilish 


demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi 
qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu 
afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to’la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko’ra 
shunday printsipga, umumiy mantiqqa ega. 
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish 
uchun erga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil 
etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi. 
Jamiyat, bu ta’limotga ko’ra, kishilar o’rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va 
ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar 
o’rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. 
Bu oqim vaqillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to’g’ri tahlil etilishi tadqiqotchining 
davr xususiyatlarini to’la his etishi, tushunishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko’plab tarafdorlari 
mavjud. 
XX asrning 30 — yillariga kelib

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin