75
Turizmni rivojlantirishning asosiy imkoniyatlari, undan muammolar va
to`sqinlik qiluvchi omillar aniqlanadi, turistik biznes sifatini pasaytiruvchi
to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. O`xshash turistik
mahsulotlar va bozorlarga ega mavjud va ehtimol tutilgan potentsial
raqobatchilarning faoliyati hisobga olinadi.
5. Siyosat va rejani ishlab chiqish. Turizmni rivojlantirish siyosati va tegishli
strukturaviy reja ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda rivojlantirishning sarf-xarajatlar
va foyda muvozanatda bo`ladigan muqobil variantlari ko`rib chiqiladi. Bunda
quyidagi mezonlar qo`llaniladi: rivojlantirish masalalarini hal qilishning ehtimol
tutilgan murakkabligi, iqtisodiy foydalarni optimallashtirish, ijobiy ekologik va
ijtimoiy-madaniy omillarni kuchaytirish, salbiylarining ta`sirini eng kam darajaga
etkazish, boshqa turistik korxonalar bilan samarali raqobat qilish. Ko`p variantli
baholash asosida siyosatning so`nggi yo`nalishlari va reja tuzilishi aniqlab olinadi.
Rejalashtirishning
ushbu
bosqichida
turizmni
rivojlantirish
va
takomillashtrishning eng maqsadga muvofiq modellarini qabul qilish uchun
mahalliy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan mustahkam
aloqa bog’lash zarur
6. Boshqa tavsiyalar. Ko`p variantli modellar tuziladi va ulardan eng
maqsadga muvofiqlari tanlab olinadi.
7. Rejani bajarish va nazorat qilish. Rejaning so`nggi variant haqqoniy va
bajarish mumkin bo`lishi uchun zarur bo`lgan rejani amalga oshirish modellari
ishlab chiqiladi.
Rejani amalga oshirish bo`yicha ishlar davomida uni bajarish muddatlari va
bo`limlari bo`yicha nazorat qilinadi. Bu yo`l qo`yilgan chekinishlarni aniqlash va
ularni bartaraf qilish bo`yicha tezkor choralar qabul qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: