6.3.Mintaqaviy turizmni rivojlantirish bosqichlari O‘zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining
Markazlashgan Ma’muriy Boshqaruv tizimi 1971–1991- yillar davriga to‘g‘ri keldi.
Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko‘zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan
turistik-rekreatsion maqsadidagi ob’ektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa
mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo bo‘la
boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari
hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha bo‘lgan barcha
xizmatlar fuqarolarning
noroziligini keltirib
chiqargan.
Joylashtirish
va
ovqatlantirish xizmatlari bilan birga hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko‘rsatish
talab darajasida bo‘lmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifatsiz
bo‘lgan.
68
O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishni shartli ravishda to‘rtta
bosqichga ajratsak bo‘ladi.
Birinchi bosqich. Mustaqillikka
erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda
Respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini va mustaqil ravishda tashqi dunyo
bozorlariga chiqishini e’lon qildi. Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy
faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos
yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni
yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat
qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm
tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm
mahsulotini
reklama
qilish,
xususiylashtirilgan
turistik
korxonalarni
litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin,
turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:
birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga
uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat
turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi;
ikkinchi jarayon: turoperator va turagent sifatida nomlangan yangi
tashkilotlar tuzildi;
uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan
O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab
chiqish yo‘lga qo‘yildi.
1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi
va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda
muvofiqlashtirish
funksiyalarini
amalga
oshira
boshladi.
1993-yilda
«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy
a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda
O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak
yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand
Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik
korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur
tizimli – institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb
etdi. 1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining 87,8
foiz turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarilgan edi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan
rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj
69
oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar»
to‘g‘risidagi Farmoni
31
Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida
strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi