Nazorat savollari:
Multimedia atamasi nima ma’noni bildiradi?
Harakatlanmaydigan tasvirlar va harakatlanuvchi video, animatsiyalangan kompyuter grafikasi va matn, nutq hamda yuqori sifatli tovushlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi interaktiv tizimlar nima deb ataladi?
Tovushni ijro etish vositalariga nimalar kiradi
Multimedia hujjatlar nima?
Multimedia tizimi deb nimaga aytiladi?
Multimediali tizimlar bilan qayta ishlanadigan axborot turlariga nimalar kiradi?
Sonli axborot deb nimaga aytiladi?
Semantik axborot qanday axborot hisoblanadi?
Multimеdianing apparatli vositalari qaysilar?
Multimеdianing dasturiy vositalari qaysilar?
Multimеdiali tеxnologiyalarga nimalar kiradi?
Uch o‘lchovli (3D) grafika nima?
MIDI musiqa deganda nimani tushunasiz?
Virtual rеallik deganda nimani tushunasiz?
2-MAVZU: Multimedia ilovalarining qo‘llanilish sohalari.
Reja:
Multimedianing vizual va audio effektlariga qo‘yilgan talablar.
Multimediada telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Multimedia ilovalaridan foydalanish sohalari.
Multimediali taqdimot bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd - shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan videoparcha va annimatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishni boshqa shakllaridan farqi shundaki, ular mazmunan boyitilgan va interfaolligidir. Ma’lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish(-80%) va eshitish(-15%) organlari orqaliqabul qiladi. Multimediali texnologiyalar bu sezgi organlarining bir vaqtda ma’lumot qabul qilishiga yordam beradi. Dinamik visual ketma-ketlik(slayd-shou, annimatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali tomoshabin e’tiborini ko‘proq jalb qilish mumkin. Shundan kelib chiqib multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etish imkonini beradi. Multimediali taqdimot ma’lumotni to‘g’ridan-to‘g’ri qabul qilish imkonini beradi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta vaqt va mehnat talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediyali taqdimot bir necha o‘n minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga audio va video yozuvlar, annimatsiya va uch o‘lchovli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |