MicrosoftOneNote.Microsoft Office
dasturlar paketida mavjud dastur bo‘lib, ofis dasturlar to‘plamining 2007 yilgi varsiyasidan 2013 yilgi versiyasiga qo‘llanilgan. Bu dastur eslatmalarni saqlab borish maqsadida tuzilgan. Bu dasturdan foydalanish uchun istalgan tasvir ko‘rinishidagi yoki skanerlangan matnni eslatma sifatida ishchi sohaga joylashtiringda, sichqoncha o‘ng tugmasini bosib kontekst meyudan “копировать тексть из рисунка”б “поиск текста из рисунка” buyruqlarini tanlaymiz va tilni ko‘rsatamiz.
Dastur bu matnni ideal tarzda tanimasada, boshqa dasturlardagi natijaga nisbatan ancha yaxshi bo‘ladi. Uning ijobiy tomoni yana shundaki, bu dastur sizning kompyuteringizda o‘rnatilgan va zarurat tug’ilganda bemalol foydalana olasiz.
Grafikplanshet(ingliz.graphicstablet yoki graphicspad, drawingtablet, drawingtab, digitizingtablet, digitizer–digitayzer) — ma’lumotlarni kiritish qurilmasi bo‘lib, qo‘l harakati yordamida hosil qilingan ma’lumotni to‘g’ridan-to‘g’ri kompyuterga kiritish qurilmasidir. Bu qurilma pero(stilus) va pero harakatiga ta’sirchan silliq yuzali planshetdan tashkil topgan.unga yana qo‘shimcha maxsus sichqocha ham qo‘shish mumkin.
Grafik planshetlar 1970-1980 yillarga kelib keng ommalashdi. Bular Summagraphics Corp korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ID (Intelligent Digitizer) va BitPad planshetlaridir. Bu planshetlar Hi-EndCAD (Computer Aided Design) kompyuterlarining kiritish qurilmasi sifatida ishlatilgan.
Grafik planshetning xarakteristikasi:Har xil intensivlikdagi bosimlarga ta’sirchanlik. Ta’sirchalik qancha yuqori bo‘lsa, rassom uchun shuncha keng imkoniyat paydo bo‘ladi. Peroni qattiqroq bosganda qalin chiziq, sekinroq bosganda esa ingichka chiziq hosil bo‘ladi. Grafik planshetlarning ilg'or modellarida nafaqat ishlaydigan sensorli sirt, balki yon tomonlarida maxsus sensorli tugmalar ham mavjud.Ularning har biri dizayner uchun juda qulay bo‘lgan ma'lum bir dastur yoki makroni ishga tushirish uchun dasturlashtirilishi mumkin. Kompyuter ishga tushishi bilan unda grafik planshet ulangan bo‘lsa, sichqonchadan foydalanishga zarurat qolmaydi. Grafik planshet yordamida fotosuratlarni tahrirlash juda oson. Sensorli pero kompyuter sichqonchasiga nisbatan samarali ishlaydi. Ba'zi texnik farqlar mavjud bo‘lsa-da, aksariyat grafik planshetlar quyidagi tartibda ishlaydi. Doskaning chiziladigan sohasi magnit maydon hosil qiladi va qalam bu magnit maydonni o‘ziga tortadi, bu planshetdagi sensorlar tomonidan kuzatiladi. Bu orqali planshet qalam qayerda ekanligini, uning harakatlanish tezligini va uchi doskaga qanchalik qattiq bosilganligini biladi. Hatto qalam ushlab turgan burchakni ham aniqlay oladi. Bu erda asosiy narsa planshetning kattaligi, uning o‘lchamlari va bosimga qanchalik sezgirligidir. Tekis sirtlar, odatda, faol chiziladigan maydon A5 sahifadan biroz kichikroq va A4 dan biroz kattaroq bo‘lgan o‘lchamlarda bo‘ladi. Bosim sezgirligiga kelsak, 2048 darajali planshetlarni va 8192 ta sezgirlik darajasidagi planshetlarni ko‘ramiz. Yuqori darajadagi planshetlar, shuningdek, qalamning trayektoriyasini kuzatib borishi va chiziqning qalinligi va intensivligini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan sezgirlik darajasi bilan farqlanadi.