Zamonaviy mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning asosiy vazifalari:
Qurilma imkoniyatlarini faollashtirish: sensorli ekran, Uyali, Bluetooth almashish, Wi- fi, mobil GPS navigatsiyasi, kamera, videokamera, nutqni aniqlash, ovoz yozish moslamasi, musiqa pleyeri, yaqin dala aloqasi (NFC); infraqizil blaster (IR blaster)lardan iborat.
Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari mobil telefon va mobil aloqa muhitini yaratish: mobil aloqa xizmati operatorlari, mobil aloqa xizmatlari, so‘zlashuv, mobil internet va pochta;
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS, mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati.
Mobil aloqa xizmatlari: so‘zlashuv, mobil Internet va pochta. Mobil aloqa xizmatlari – mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil Internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
So‘zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiya’ning antenasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so‘ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog’lanadi va ushbu abonentlar orasida so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti so‘zlashuvdir.
Mobil Internet– harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi.
Mobil pochta-Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog’i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin.