O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mp-3 pleer internet brauzer orqali



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə75/139
tarix14.12.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#176802
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti (1)

Mp-3 pleer internet brauzer orqali


Bu qo‘shimcha funksiya bir vaqtning o‘zida musiqa tinglashni va internetda kezishni yaxshi ko‘radiganlar uchun foydali bo‘ladi. Bunday gadjetni endi pleer deb atashdan ko‘ra ma’lum ketma-ketlikda musiqa ijro etadigan mini-kompyuter deyish o‘rinli bo‘ladi. Model murakkab va qoidaga kora ko‘plab qo‘shimcha parametrlarni o‘z ichiga oladi Wi-Fi va Internet- brauzerli raqamli qurilmalar hashamat emas, balki zaruratdir. Agar qo‘lingizdagi qurilma sizni butun dunyo bo‘ylab tarmoq bilan bog'lamasa, unda siz tanlashda unga ustunlik bermasligingiz kerak.

Mp-3 diktofon bilan birga


Funktsiya shunchaki talabalar va maktab o‘quvchilari uchun zarur. Ma'ruza yoki darslarni yozib olish va keyin ularni eshitish darslarni o‘rganishga yordam beradi.
Diktofon har qanday sharoitda yozish yoki chop etish imkoniga ega bo‘lmaganlar uchun foydali bo‘ladi. O‘rnatilgan modul odatda o‘zgaruvchan tezlikda ijro etish bilan birga keladi. Raqamli pleer uchun yozish sifati yomon emas, u oddiy ovoz yozish moslamasining o‘rnini to‘liq egallashi mumkin. Ko‘pgina jurnalistlar raqamli ijrochidagi ushbu qo‘shimchani qadrlashadi. Yuqoridagi pleerlarning turlariga yana yozuv daftarchasi bilan bog’langan, budilnik va soat bilan bog’langan, uyqu taymeri bilan bog’langan, turli o‘yin dasturlari bilan
birlashtirilgan Mp-3 pleerlarni qo‘shish mumkin. Bu pleerlar o‘zining foydalanuvchisiga ega bo‘lib, har doim qo‘llanilib kelinmoqda.
Mp-3 pleerlarning xarakteristikasi

Og’irligi


Zamonaviy texnologiyalar musiqa pleyerlarining og'irligini sezilarli darajada kamaytirdi. Biroq, vazn cheklovlari hali ham mavjud. Ular portativ aksessuar turiga bog'liq. Pleerlarning quyidagi vazndagi turlari mavjud:

  • Flash xotira pleyerlari (30 - 60 g)

  • Disk qurilmalari (100 - 130 g)

  • Qattiq disk (120 g yoki undan ortiq) asosida

  • Birlashtirilgan (60 - 120 g)

Tarkibiga qarab, raqamli qurilmaning og'irligi ham o‘zgaradi. Biroq, barcha ijro etish vositalari qulay formaga ega.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin