Tovush kartasi – bu kompyuter moduli bo‘lib, audio signallarni kiritish-chiqarish uchun mo‘ljallangan. Tovush kartasi chiziqli kirish joyiga keluvchi analog signalarni kompyuterga keluvchi raqamli signallarga aylantiradi. Tovush kartasi kompyuterda saqlanuvchi yoki yaratiluvchi raqamli signallarni analogli signallarga aylantiradi. Bu esa kolonka yoki naushnik orqali eshitish imkoniyatini beradi.
Tovush kartasi quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
Analogli-raqamli aylantirgichdan oldin analogli filtr- analogli signalni raqamliga aylantirish paytida yuzaga keladigan shovqinlarni pasaytirish uchun ishlatiladi;
Analogli-raqamli aylatirgich – mikrofon, gitara, sintezator tovushlarini raqamli ko‘rinishga aylantiradi;
Raqamli qayta ishlash bloke - diskretlash chastotasini o‘zgartiradi, effektlarni qo‘shadi;
Raqamli – analogli aylantirgich – kolonkalarda eshitish uchun kompyuterdagi raqamli tovushni analogliga aylantiradi.
Raqamli-analogli aylantirgichdan keyin analogli filtr - Raqamli signalni analogliga aylantirish paytida yuzaga keladigan shovqinlarni pasaytirish uchun ishlatiladi.
PCItovushkartasi – kompyuter ichiga o‘rnatilgan tovush kartasi hisoblanadi. Bu turdagi karta oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi. PCI tovush kartasi oldindan o‘rnatilgan tovush kartalarining bir turi hisoblanib, ISA va PCI platalari bilan bir qatorda turadi.
PCI – ma’lumotlar shinasi. Ma’lumotlar shinasi – simlar to‘plami bo‘lib, tovush kartasidan ma’lumotlar kompyuterning markaziy protsessor va xotirasiga yuboriladi yoki aksincha. Odatda tizim platasida bir nechta PCI razyomlari bo‘ladi. Hozirda ISA shinasi ishlatilmaydi. Bu shinani o‘rnini tezkor PCI shinasi egalladi.
PCI va PCIe tovush kartalari.
PCI shinasidan PCIe shinasiga o‘tish tovush bilan ishlaganda hech qanday tezkorlikni bermaydi. PCI tezkorligi 192 kGHZ diskret chastota bilan ishlaganda yetadi. PCIe shinasining rivojlanishiga sabab videokartalarning rivojlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari PCIe rayomlari kam aloqa teshiklariga ega bo‘lib, ishonchlilikni oshiradi. Hozirda PCI qo‘llaniladigan rayomlarning ortiqchasi bo‘lmoqda.
Shuning uchun kompyuter jihozlarini ishlab chiquvchilar tizim platalarida PCI razyom miqdorini kamaytirmoqda.Yaqin yillarda PCI razyomlar umuman yo‘qoladi.
Tashqi tovush kartasi mobil tovush yozuv studialari yoki namoyish uchun mo‘ljallangan ovozli karta hisoblanadi. Notebooklar uchun tashqi tomondan qo‘llanadigan yagona tovush kartasi hisoblanadi. Notebooklar uchun tovush kartalari USB yoki FireWire interfeysli bo‘ladi.
Tashqi tovush kartalari qulay ulanadi va audio darajasini to‘g’ri boshqarish mumkin.
Notebooklarda ulanish imkoniyati safarlardagi namoyishlar uchun qulay hisoblanadi.
«yozuv») deb atalgan. XX asr boshida ko‘plab sonli gramplastinkalar ishlab chiqarila boshlandi va mashhur qo‘shiqchilar yanada ommalashuviga imkoniyat yaratildi. Ko‘plab ovoz yozuvchi firmalar paydo bo‘lib, ishlab chiqilgan standartlar asosida plastinkalarning daqiqasiga 78 aylanish tezligi belgilab qo‘yildi. Bu uch daqiqalik qo‘shiq yozishni ta’min-laydi. Biroq muhandislarning harakatlari bilan patefon diapazoni chastotasi — 150dan 4000 Gts.gachani tashkil etdi.
XXasr30-50yillarpatefonlari.1900-yilda Parijda o‘tkazilgan jahon ko‘rgazmasida telegrafon Gran-pri olishga sazovor bo‘ldi. Bir yildan keyin u «haqiqiy» magnitofonga o‘xshash yangi qurilmani yaratdi. Magnitofonlarga 1940-yil oxiriga qadar deyarli talab mavjud emasdi.1935-yilga kelib, Germaniyaning AEG firmasi konstruktiv tuzilmali va elektrik sxemali magnitofonlarni ishlab chiqara boshladi. Mazkur magnitofonlar g‘altaklari lentasining diametri 30 sm bo‘lib, yigirma daqiqalik musiqani tinglash imkonini berar va chastotasining diapazoni 100dan 6000 Gts.gachani tashkil etardi.
Akustik tizimlar. Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia tizimining majburiy bo‘lmagan lekin borligi ma’qo‘l bo‘lgantashkil etuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi.
Kompyuterli akustik tizimlar, odatda, maxsus Hi-Fi tizimlaridan pastroqdir, lekin eshitib ko‘rish sifati ularda etarlicha yaxshidir. Akustik tizimlar passivva aktivbo‘ladi.