341
4. Oʻz faoliyatini oʻzi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish.
5. Shaxsiy qiziqishni idoa qiluvchi usullarni egallash.
6. Oʻz diqqatini oʻzi boshqarish usullarini egallash.
Faoliyatni psixik boshqarishning samarali boʻlishi uchun psixika
narsalarining oʻziga xos ob’yektiv xususiyatlarini aks ettirishini va ana shular
vositasi bilan inson oldia qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻllarini
aniqlashtirishimiz kerak. Inson aoliyatini bilish va idora qilish bilan bgogʻliqdir.
Bu jarayonlar ishtirok qilmasa, inson faoliyati namoyon boʻlishi mumkin emas.
Har qanday faoliyat insonning psixik va jismoniy aktivligidan iborat boʻlib,
ongli maqsad bilan boshqariladi. Xatti – harakatlarni
boshqarish odatda teskari
aloqa prinsipi asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda sezgi organlari
bunday aloqaning kanali boʻlib hizmat qiladi. Predmetlar va harakatlarning
idrok qilayotgan element va belgilari esa informatsiya manbai vazifasini oʻtaydi.
Teskari aloqaning bunday turini P.K.Anoxin
teskari afferentatsiya
deb atagan
edi. Inson faoliyatining
interiorizatsiya
va
eksterorizatsiya
xususiyati mavjud.
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga oʻtish jarayoni interiorizatsiya deyiladi.
Narsalar bilan qilindigan tashqi faoliyatni
ichki psixik faoliyatining
eksteriorizatsiyasi deb qabul qilingan. Psixologiya fanida sub’yektni
oʻrganishdan iborat boʻlgan maxsus faoliyat ta’lim deb ataladi. Psixologiya
fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti – harakatlarini
insonning ijtimoiy
tajribasini oʻzlashtirish tomon yoʻnaltirilishdan iborat boʻlgan faol jarayonni
ta’lim deb yuritish ham uchrydi. Odatda, ta’lim faoliyati oʻz ichiga quyidagi
holatlarni qamrab oladi.
1. Ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat toʻgʻrisidagi muhim xususiyatlar va
qonuniyatlarni oʻzlashtirish;
2. Mavjud ma’lumotlar va informatsiyalarni oʻzlashtirib
olishga yordam
beradigan usul va operatsiyalarni egallash;
3. Koʻzlangan maqsad va ma’no shartiga mos ravishda optimal uslub
ratsional yoʻl – yoʻriq va operatsiyalar tanlash hamda nazorat qilish uchun
nazarda tutilgan informatsion materiallardan
foydalanish usullari bilan
talabalarni qurollantirish va hokazo.
342
Bizningcha, oliy ta’limda oʻquv faoliyatni talaba tomonidan boshqarish
jarayoni dastlabki paytlarda oʻqituvchining bevosita rahbarligida va koʻmagida
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy ta’limning mazmuni,
oʻquv faoliyatning tarkibiy qismlari uning psixologik xususiyatlari va
qonuniyatlari uni tarkib toptirish yoʻllari, vositalarini oʻzlashtirish, egallab olish
usullari
talabalarga
anglashilmay
qolishi
mumkin.
Oliy
ta’limni
takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga oʻrgatish
va bunda
hozirgi zamon talabalariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni
muddaodir. Oʻquv faoliyatining boshqarishning psixologik masalalarini tadqiq
qilish natijasida uning bosqichlari, fazlari, yoʻllari hozirgi kundagi holati oʻquv
dasturlarida, darsliklarida va qoʻllanmalarda bunday foydalanish ahvoli
diagnostik metodikalarning ishonchlilik darasi aniqlandi.
Shuning bilan birga
maktab oʻquvchilari va talabalarni oʻquv faoliyatini boshqarishning yosh
davrlari xususiyatlari oʻziga xos jihatlari, guruhiy faoliyat va ndividual uslubga
oid qonunlar boshqarishning taribiy qismlarining turlari, koʻrinishlari, shakllari
toʻgʻrisida boy ma’lumotlar toʻplandi. Yigʻilgan ma’lumotlar
ham nazariy ham
amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda oʻquv faoliyatini boshqarishda muhim
rol oʻynaydi.
Dostları ilə paylaş: