6.3.4. Ta’lim jarayonini boshqarish nazariyalari
Boshqarish
tushunchasi
kibernetika
faniga
ilmiy
– texnika
revolyusiyasining natijasida xalq xoʻjaligining tarmoqlarini idora qilish sifatida
(avtomat moslama, pult boshqarish, programmalashtirilgan elektron hisoblash
mashinalari, kompyuterlar, displeylar, signalizatsiya, texnik qurilmalar) kirib
keldi. Mazkur tushuncha asta – sekin yakka shaxs faoliyatiga tadbiq qilina
boshlandi, pirovardida ta’lim va tarbiya tizimini boshqarishda ham
qoʻllanilishga kirishildi.
Ta’limni optimal boshqarish maqsadida sobiq sovet psixologlari “oʻquv
faoliyatini bosqichli shakllantirish” (P.Ya.Galperin, N.F.Talizina), “oʻqitish
mazmunini tezlashtirish va murakkablashtirish” (L.V.Zankov), “nazariy
umumlashtirish va refleksiya” (D.B.Elkonin, V.V.Davidov) gʻoyalarini ishlab
chiqdilar. Shuningdek, ta’limni algoritmlashtirish, programmalashtirish,
suggesteziya (G.Lazanov), muammoli vaziyatni tashkil qilish (T.V.Kudryavsev,
A.M.Matyushkin va boshqalar) nazariyalarini olgʻa suradilar. Mazkur
gʻoyalarning barchasi rivojlantiruvchi ta’lim samaradorligini oshirishni tadqiq
qilishga qaratilgandir.
338
Psixologiya fanida ong va faoliyat birligi prinsipining vujudga kelishi
psixologik holatlar, xususiyatlar, hislatlar faoliyatda namoyon boʻladi va unda
shakllanadi, degan yangi tezisni maydonga tashladi. Yangicha bunday talqin
psixologiya fanining rivojlanishi, sohalarning kengayishi uchun muhim
imkoniyatlar ochib berdi. Mazkur prinsip I.M.Sechenovning psixik faoliyat
zamirida boshmiya reflektor faoliyati yotdai, degan ta’limotidan kelib chiqadi.
Keyinchalik bu gʻoya I.P.Pavlovning ta’limotida rivojlantirildi va qator
qonuniyatlar kashf etildi.
Ong va faoliyat birligi prinsipi dastavval S.L.Rubinshteyn tomonidan
dalillab berildi. Muallif tashqi sabablar, omillar ichki shart – sharoitlarning
bevosita ta’siri orqali harakat qiladi, deb tushuntirdi. Mazkur muammoga sal
boshqacharoq yondoshgan P.P.Blonskiy esa insonning barcha faoliyatlari
ijtimoiy xususiyatga ega ekanligini, shaxsning xatti – harakati jamiyatdagi xatti
– harakatlarining tarkibiy qismi boʻlishligini ta’kidladi. M.Ya.Basov boʻlsa
faoliyatni oʻyin, professional mehnat shakllarini ta’riflab, inson shaxsining
tarkib topishidagi ta’sirini ifodalab bergan. L.S.Vigotskiy talqiniga koʻra, inson
sirtdan miya bilan aloqa oʻrnatadi, uning yordami orqali gavdasini idora qiladi.
Odamlarning ijtimoiy aloqalari va xatti – harakatlari imo – ishora va nutqqa
suyangan holda faoliyatni vujudga keltiradi. A.N.Leontev inson faoliyati psixik
va amaliy shakllari mavjudligini tavsiflab, bola ongi aynan oʻqish, mehnat, oʻyin
faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida oʻsadi, degan gʻoyani olgʻa suradi.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini bavosita
va bevosita boshqarish imkoniyatlari qayd qilib oʻtilgan. Oʻquv faoliyatining
boshqarishning eng muhim xususiyatlaridan biri – bu turli usullarni tatbiq etish,
maxsus ravishda oʻqitishni joriy qilish, har xil xususiyatga molik didaktik
metodlardan foydalanishdan iboratdir.
Yu.A.Samarin assotsiatsiyalarga asoslangan holda oʻquv faoliyatini
boshqarish mumkinligi nazariyasini oʻrtaga tashladi. Assotsiatsiyalar –
ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlarning
oʻxshashlik, yondoshlik, qarama – qarshilik belgilariga koʻra, shunga bogʻliq
boʻlgan boshqa tasavvurlarni hosil qilishdir. Yu.A.Samarin assotsiatsiyalarning
alohida tomonlarga taalluqli bilimlarni sistemaga tushirish, ma’lum oʻquv
339
predmetlariga oid bilimlarni tartibga solish, turli fanlardan toʻplangan xilma –
xil bilimlarni tartibga solish, turli fanlardan toʻplangan xilma – xil bilimlarni
sistemalashtirish kabi bosqichlarga boʻlib oʻrganadi.
E.N.Kabanova – Meller har qanday faoliyat u yoki bu usullar yordamida
amalga oshiriladi va ular oʻsha vositalar yordamida boshqarilishi mumkin,
deydi. Muallif mazkur aqliy faoliyat usullari oʻz navbatida katta yoki kichik
sistemaga birlashgan xatti – harakatlar tizimidan iborat deb tushuntiradi. Usullar
ob’yektiv ravishda tavsiyalar, qoidalar, yoʻriqlar koʻrinishida ifodalanadi.
Oʻzlashtirilgan oʻquv faoliyati usullari insonning ma’naviy boyligiga aylanib,
istagan vaqtda yangi vaziyatlarga va sharoitlarga koʻchirilishi mumkin.
D.B.Elkonin oʻquvchilarni oʻquv faoliyatini boshqarishga oʻrgatish
uchun:
1) topshiriqni echish uchun vositalar tanlash;
2) psixologik topshiriqlarni echish uchun oʻz – oʻzini nazorat qilishni
amalga oshirish;
3) bilimlarni oʻzlashtirish darajasini baholash;
4) oʻz – oʻzini tekshirish;
5) oʻz oldiga maqsad qoʻya olish;
6) simvollar bilan predmetning ichki munosabatlari mavjudligini
tushunish kabi jihatlariga e’tibor qilishni uqtirib oʻtadi.
Psixologlarning
tadqiqotlari
tahlilining
koʻrsatishicha,
programmalashtirilgan ta’lim oʻqitishni bevosita boshqarish va nazorat qilish
imkonini yaratadi. Programmalashtirish prinsipi boʻyicha talaba oʻtilgan
mavzuni oʻzlashtirmay turib, yangisini egallay olmaydi. Chunki, oʻquv
materiali qat’iy mantiqiy izchillikda ma’lum boʻlaklarga taqsimlanib
tinglovchining ongiga uzatiladi. Saboq oluvchi bilimlarning qolgan ulushini
qabul qilishi uchun u oʻtilgan mavzularni egallagan boʻlishi, topshiriqlarni
mustaqil echa olishi va savollarga toʻgʻri javob bera bilishi zarur. Bilimlar
ta’limiy mashinalar, kompyuterlar, displeylar yordamida yordamida talabalar
miyasiga uzatiladi. Teskari aloqa kanali orqali sub’yekt faoliyatining natijasi,
mahsuli yuzasidan axborot, ma’lumot, xabar kelib tushishi nazarda tutiladi.
340
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonini boshqarish muammosi P.Ya.Galperin
va N.F.Talizina tomonidan oʻrganilgan.ular aqliy xatti – harakatlarni bosqichma
bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti –
haraktlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda
namoyon boʻlishini izohlab berdilar. Aqliy xatti – xarakatlarning birinchi
bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida oʻz ifodasini topadi.
Aqliy xatti – harakatlarning ikkinchi bosqichi koʻrgazmalardan olgan
tasavvurlari toʻgʻrisida oʻquvchilarning ovoz chiqarib fikr yuritishidan iboratdir.
Uchinchi bosqich esa sub’yekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa,
xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon boʻladi. Ana shu bosqichlarni
talabalarga tushuntirish orqali ularni oʻz – oʻzini boshqarishga oʻrgatish
mumkin. Biz quyida “oʻquv faoliyatini boshqarishning umumlashgan usullarini
egallash” nazariyasiga asoslangan holda oʻquv faoliyatini boshqarishni amalga
oshirish yoʻllarini izohlab berishga harakat qilamiz. Oʻquv faoliyatining
oʻuvchilar va talabalar tomonidan boshqarish muammosining dolzarbligi,
birinchidan,
rivojlantiruvchi
ta’lim
strukturasi
va
funksiyasining
xususiyatlaridan, ikkinchidan, oʻquvchi va talaba shaxsini hamda aqliy
rivojlanishini izchil ravishda oʻrganish ahamiyatidan kelib chiqadi. Oʻquv
faoliyatini boshqarishning umumlashgan pedmetlar aro usullariga uni
planlashtirish, oʻz – oʻzini nazorat qilish, oʻzlashtirib olingan bilimlarni va
ta’limiy usullarni yangi sharoitga koʻchirish, yangisini mustaqil holda topish,
oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, bilimga qiziqishni ongli ravishda idora qilish,
mustaqil bilim olish yoʻllarini oʻzlashtirish, diqqatni faoliyatda shakllantirish va
boshqalar kiradi.
Oʻquv faoliyatini boshqarish deganda, maqsadga yoʻnaltiilgan,
planlashtiriladigan,
nazorat
qilinadigan,
sistemalashtiriladigan,
tashkil
qilinadigan, mustaqil bilim olishga qodir boʻlgan faoliyat tushuniladi va uni
sistematik ravishda mana bunday shaklda aks ettirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |