294
I. Darsning psixologik maqsadi:
1. Mazkur predmet boʻyicha darsning psixologik maqsadga yoʻnalganligi:
oʻqituvchi psixologik muammoni hal qilishni istiqbol rejasiga ega ekanligi;
talabalar
tomonidan bilimlarni, uquvlar va malakalarni egallanishi, bilishga
qiziqishlarni
shakllantirish, faol, mustaqil, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, ularni
aqliy faoliyat usullari bilan qurollantirish, yuksak ahloqiy his – tuygʻular,
e’tiqod, dunyoqarash, nafosatni tarkib toptirish kabilar.
2. Darsda qoʻllaniladigan psixologik – pedagogik ta’sirning ayrim
vositalari,
metodlari, usullari ta’limning yaxlit uslubiga qoʻyilgan psixologik
maqsadga qay darajada javob bera olishligi.
II. Dars uslubi.
1. Darsning tuzilishi va mazmuni qay yoʻsinda rivojlantiruvchi ta’lim
prinsiplariga javob bera olishi:
a) talabalar tafakkuri va xotirasiga tushadigan bilimlar koʻlamining oʻzaro
nisbati;
b) talabalarda tiklovchi va ijodiy faoliyatning oʻzaro nisbati;
v) tayyor (oʻqituvchi ma’ruzasidan, oʻquv qoʻllanma va darslikdan
egallangan)
va
mustaqil
izlanishlar
natijasida
olingan
bilimlarni
oʻzlashtirishning oʻzaro nisbati;
g) muammoli oʻqitishning qaysi tarkibiy qismi oʻqituvchi
tomonidan,
qaysilari esa talabalar tomonidan (kim muammo qoʻyadi, kim uni hosil qiladi,
kim uni yechadi) bajariladi;
d) talabalarni faoliyatga kirishga undash va yoʻnaltirish, goho majbur
qilishning oʻzaro nisbati (amalga oshirilgan ish yuzasidan ijobiy his – tuygʻu
qoʻzgʻatuvchi sharh, qiziqishni jadallashtiruvchi ustanovka (koʻrsatma),
qiyinchiliklarni yengish uchun irodaviy zoʻr berish, irodaviy
aktni idora qilish
va shu kabilar).
2. Oʻqituvchining oʻz – oʻzini boshqarish (uyushtirish) xususiyati:
1) oʻqituvchining darsga tayyorgarlik darajasi (material mazmunining
egallanganligi, darsning psixologik maqsadini anglash,
uni amalga oshirishga
nisbatan ichki tayyorgarlik);
295
2) ta’limda oʻqituvchining ishchanlik kayfiyati (faoliyatni amalga
oshirishga shayoligi, hafsalaligi,
tirishqoqligi, qoʻyilgan maqsadni amalga
oshirishga intiluvchanligi, pedagogik topqirligi va hokazo);
3)
oʻqituvchining pedagogik nazokati (odobi) – pedagogik
nazokatlilikning (takt) koʻrinish holatlari, odoblilik yoki nazokatdan chetlashish
lahzalari;
4) auditoriya yoki guruhdagi psixologik muhit (oʻqituvchi
qanday qilib
talabalarning oʻzaro samimiy, quvnoq, hamdardlikka moyil muloqot holatini
(muomala) hamda ishchanlikning muayyan darajasini ushlab olish qobiliyati).
Dostları ilə paylaş: