Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 67,88 Kb.
səhifə3/7
tarix24.10.2023
ölçüsü67,88 Kb.
#161082
1   2   3   4   5   6   7
Jumaboyeva Madina kurs ishi

1.2. Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning asosiy yo‘nalishlari


Yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslanib tuzilgan, ta'limning jahon andozalariga mos keladigan dastur va darsliklar yaratish - davr talabi. Hozirgi o'zbek adabiy tili qurilishining ilmiy talqinlari ham lug'aviy-grammatik munosabatlar tizimi, o'quvchi va o'qituvchi munosabatlari tizimi ham yangilandi va rivojlantirildi. Ona tilining yangilangan yo'nalishidan asosiy maqsad o'quvchilarning o'z ona tilida fikrini to'g'ri, aniq, ravon va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkaza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni
o'rgatish, o'z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg'usini shakllantirish ona tili darslarining asosiy vazifasi sanaladi.
Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa - aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda berishi, o'z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiy til kishilarning o'zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta o'rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini alohida ta'kidlab, bunday yozgan edi:
So 'zdirki, nishon berur o'likka jondin,
So'zdirki, berur xabar jonga jonondin.
Insonni so 'z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo 'q ondin.
Ona tilini o'qitishdan maqsad tilning jamiyat a'zolari o'rtasida bajaradigan ana shu vazifasi - o'quvchilarni fikr bayon qilish faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o'z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo'ladilar. Ular doimo o'zlarini o'rab olgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar va voqea-hodisalar to'g'risida fikr yuritadilar va o'z fikrlarini bir-birlariga ma'lum qiladilar.
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar orasida fikr almashish bo'lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to'xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro'yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo, uning o'zini to'la-to'kis o'rganib olishga harakat qilish zarur. Tilni o'rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta'rif va qoidalarni o'zlashtirib olishi emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani o'quvchiga tilni o'rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me'yorlarini ham o'rgatadi.
Hozirgi kunda ona tili darslari maqsadini belgilar ekanmiz, darslarda asosan o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va o'z fikrini savodli qilib, chiroyli ifodalashga o'rgatishimiz zarur. Bu boradagi usullardan biri ijodiy matn yaratishga o'rgatishdir.
O'z fikrini ijodiy matn tarzida ifodalash ona tili darslariga qo'yilgan talablarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan eng samarador usul bo'lib, unda o'quvchining tafakkuri rivojlanadi, so'z boyligi ortadi va so'zdan o'rinli foydalanish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Tasviriy matnda voqeada ishtirok etadigan shaxslar bo'lmaydi. Unda, asosan, tabiat manzarasi, alohida narsalar, voqea va hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Matnning bu turida tasvirlanayotgan narsa, voqea-hodisa kabilarning o'ziga xos tashqi belgilariga alohida e'tibor beriladi. Matnning bu turidan, ayniqsa, 5-7-sinflarda ko'proq foydalaniladi. Chunki bu usul o'quvchilar uchun ancha murakkablik
tug'dirmaydi va til hodisalarini o'rganish jarayonida yil fasllari, lola sayli, maktab bog'i, paxta dalasi, cho'l, sahro, tog', daryo, shahar, qishloq va hakazolar tasvirini bemalol yaratishlari mumkin.
2. A.G'ulomov, B.Qobilova. Nutq o'stirish mashg'ulotlari
Tasvirlash kuzatuvchanlikka bog'liq. Shuning uchun ona tili darslarida o'quvchilarni kuzatuvchanlikka o'rgatish, narsa, voqea-hodisalardagi eng muhim belgi va xususiyatlariga ko'ra bilishga odatlantirish juda katta ahamiyatga ega.
Matnning ikkinchi turi rivoyatdir. Rivoyat matni tasviriy matndan voqeaning izchillikda berilganligi, unda ishtirok etuvchi shaxslarning borligi, dialogik nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Bunday matnlarda voqea-hodisa bir mazmuniy yaxlitlikni saqlashi shart va zarur. Matnning bu turida dalillar va ularning tafsilotlariga alohida o'rin ajratiladi; voqealar hikoya tarzida bayon qilinadi. Rivoya matnida tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi.
Ona tili darslarida bunday matnlardan juda ko'p foydalanishga to'g'ri keladi. "Bizning oila", "Yoz kunlarining birida", "Mening do'stim" kabi mavzularda yaratiladigan matnlar shular jumlasidandir.
Ona tili darslarida keng qo'llaniladigan matnning yana bir turi muhokamadir. Muhokama matnining o'ziga xos xususiyati shundaki, so'zlovchi bayon qilinayotgan voqea-hodisaga o'z munosabatini bildiradi. O'z fikrini isbotlash uchun dalillar izlaydi va uni asoslashga intiladi. U kuzatish, taqqoslash natijasiga tayanib, ma'lum bir fikrni rad etadi va bu haqida o'z hukmini chiqaradi.
Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va ishyoqmaslik, halollik va tekinxo'rlik, to'g'rilik va egrilik, yaxshi so'z va yomon so'z, do'stlik va dushmanlik, botirlik va qo'rqoqlik, odob va odobsizlik, qadr-qimmat va qadrsizlik, sabr-toqat va sabrsizlik kabi mavzularda bo'lishi mumkin. Ayniqsa, xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, "Yuzga aytganning zahri yo'q", "Dili to'g'rining - yo'li to'g'ri", "Yaxshi so'z ham, yomon so'z ham bir og'izdan chiqadi", "Sayoq yurgan tayoq yeydi" kabi.Tabiiyki, matn oldiga bunday maqsadni qo'yish shartlidir. Chunki og'zaki va yozma nutqni o'stirishga qaratilgan matnlar ham, o'quvchilar yaratadigan matnlar ham til hodisalarining mohiyatini anglashga xizmat qiladi: biri
3. T.Yo'ldoshev. Til o'rganishning asosi

ikkinchisiga zamin hozirlaydi.


O'quvchilardan she'riy asar mazmunini nasriy yo'lda bayon etishni talab qilish ham ular nutqinining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, "Uyushiq bo'lakli gaplar"ni o'rganish jarayonida Mirtemirning "Bu - men tug'ilgan tuproq" she'ri mazmunini nasriy yo'lda bayon qilish talab etiladi.
Matn mazmunini qisqartirib yoki kengaytirib bayon qilish ham o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda juda katta amaliy yordam ko'rsatadi. Masalan, Alisher Navoiyning hikmatlari, xalq maqollari va matallari mazmunini kengaytirib bayon qilishni talab etsa bo'ladi.
Og'zaki nutqni rivojlantirishning yana bir yo'li matn mazmunini saylab so'zlashdir. O'quvchi o'qigan yoki eshitgan matnining mazmunini to'la so'zlab bermaydi, balki o'rganilayotgan til hodisasiga aloqador joylarinigina ajratib, uning mazmunini hikoya qiladi.
Ona tili darslarida egallagan til hodisalarini eslash, o'rganilgan matn mazmunini xotirada tiklab, uni qayta himoya qilib berish ham og'zaki nutqning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.


Yüklə 67,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin