Оʻzbekistоn respublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 34,43 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü34,43 Kb.
#150670
Yangi O\'zbekitonda falsafa ravnaqi


ОʻZBEKISTОN RESPUBLIKАSI
ОLIY TА’LIM, FАN VА INNОVАTSIYАLАR VАZIRLIGI
TОSHKENT DАVLАT SHАRQSHUNОSLIK UNIVERSITETI


SHАRQ SIVILIZАTSIYАSI VА TАRIX FАKULTETI
SHАRQ FАLSАFАSI VА MАDАNIYАTI KАFEDRАSI


FALSAFA FANIDAN

MUSTAQIL ISH

MАVZU: YANGI OʻZBEKISTONDA ISLOM FALSAFASINING RAVNAQ TOPISHI

Topshirdi: sirtqi, 1-kurs tаlаbаsi Ismoilov Kamron
Qabul qildi: Shаrq fаlsаfаsi vа mаdаniyаti kаfedrаsi dоtsenti, f.f.n Sаydаlievа N. Z.



TОSHKENT-2023










Reja:

  1. O‘zbek xalqining falsafiy qadriyatlari

  2. O’zbekitonda Islom falsafasining yoyilishi

  3. O‘zbek jamiyatida dinning ahamiyati va o’rni

­

KIRISH


Oʻzbek xalqi hayotining hattoki dunyoviy tomoni ham hayotning barcha jabhalarida ildiz otgan islom merosi va madaniyatiga asoslangan ta’limotlar bilan aralashib ketgan. Vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, ilm olish uchun ragʻbat islom axloqi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan axloqiy majburiyatlarga misol boʻla oladi. Bu fazilatlar islom urf-odatlaridan kelib chiqib, maktab ta’limi va oila tarbiyasi orqali kundalik hayotga singdirilgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, islom kundalik hayotning bir qismi hisoblangan va oʻzbek maktablari oʻquv dasturida Islom madaniyati, an’analari va tarixining bir qismi sifatida kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, islomiy qadriyatlar maktablarda axloqiy tarbiyada e’tiborga olinadigan yagona omil emas, balki dunyoviy qadriyatlar bilan uygʻunlashishi kerak.

1.O‘zbek jamiyatida qadimdan o‘z qadriyatlar tizimi, dunyoqarash mezonlari va odamlarning xulq-atfor me'yorlari shakllangan. Bu me'yoriy doira - an'anaviy maishiy madaniyatning o‘ziga xos o‘zagi. Uning asosida odamlarning bir nechta avlodlari tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zbeklar uchun an'anaviy bo‘lgan dunyoqarash tushunchalari yotadi.


An'anaviy xulq-atvorning qoliplari ongning etnik va diniy shakllari bilan chambarchas bog‘liqdir. Axloqiy-ma'naviy an'analar va tushunchalarning katta qismi islom aqidalari bilan mustahkamlangan yoki aholi tomonidan shunday (islom an'analari sifatida) qabul qilinadi. O‘zbek jamiyatida jamoa institutlari ulkan ahamiyat kasb etadi. Sharq kishisi ularsiz o‘zini tasavvur eta olmaydi va ular uning qadriyaviy ezonlariga o‘z ta'sirini o‘tkazadi.
Asrlar davomida har bir kishining hayoti qat'iy reglamentga bo‘ysungan holda kechgan va bosqichma- osqich belgilanib qo‘yilgan. Mazkur hayot bosqichlarining har biri jamoaning tajribasi, moddiy va a'naviy qo‘llab-quvvatlashi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.
Oilaviy-qarindoshlik va qo‘ni-qo‘shnichilik jamoalari singari integratsion institutlar yuksak qadriyat mezonlari deb hisoblanishining sababi mana shundadir. Bir hayotiy bosqichdan boshqasiga o‘tishi faqat ayrim oila doirasidagi voqyea bo‘lib qolmasdan, bunday marosimlarga butun oilaviy-qarindosh jamoalar va qo‘ni-qo‘shnilar jamoasi jalb etilar edi.Sharq sotsiumi alohida bir shaxsning manfaati emas, balki ijtimoiy manfaatlar, oila va jamoa manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga asoslangan. An'anaviy jamoalarda esa shaxsmanfaatlari guruh manfaatlari sanaladi. Sharqda shaxs o‘zini jamiyatdan alohida tarzda tasavvur eto olmaydi. Shu bois o‘zbek jamiyatida jamoa an'analari, rasm-rusum va urfodatlari qadrlanib avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bular insonning nafaqat ma'naviymadaniy talablarini qondirishga, balki sharq jamiyatida insonning sotsial statusini belgilashda ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Kollektivning ma'naviy hayot tarzi O‘zbekistonda keng tarqalgan, o‘zbeklarning ma'naviy dunyosini tavsiflovchi sotsio-normativ madaniyatning qatlamini tashkil etuvchi mahalla nomli qo‘shni-hududiy jamoa tashkilotlarida juda yaxshi saqlanib qolgan. Mehmondo‘stlik - o‘zbek hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, mehmon har bir oilada hurmat va izzat qilinadi. Mehmon kutishning an'anaviy udumlariga rioya qilinadi. Bu udumlar taklif qilingan mehmonlarni kutishda ham, taklifsiz kelgan mehmonlarni qabul qilishda ham saqlanadi. Barcha hollarda ham ushbu udum mehmonga hurmat, uning mazkur xonadonda o‘zini bemalol his qilishga sharoit yaratishga tayyorlik ruhi bilan sug‘orilgan.
O‘zbek sotsiumida atrofdagi kishilarning fikri va ularning hurmatiga sazovor bo‘lishdan iborat qadriyaviy mezon har doim yuksak bo‘lib kelgan. O‘z xulq-atvorining an'anaviy standartlarga muvofiqligi - o‘zbek mentalititetining eng muhim tarkibiy qismi. O‘zbeklarning ijtimoiy me'yoriy madaniyatida inson xulq-atvorining amalda hayotdagi barcha standart holatlar uchun an'ana tomonidan belgilab qo‘yilgan qoidalarini ko‘rish mumkin. Ular bolalikdan boshlab shakllantiriladi. Ayrim neordinar, istisno holatlarda ham insonning an'anaviy xulq-atvor me'yorlarining tashuvchilari sifatida namoyon bo‘luvchi oqsoqollar va hurmatli kishilar bilan maslahat qilmay, mustaqil qaror qabul qilishi kamdankam uchraydi. O‘zbeklarning qadriyaviy mezonlar tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kata yoshli, keksa kishilarga hurmat va izzat bilan qarashdir. Ko‘p hollarda bobolar va buvilar oilaning nominal boshliqlari hisoblanadi (hatto ular keksaliklari sababli boshchilik qilaolmagan hollarda ham). Oilaning barcha qolgan a'zolari ularning qarorlari va maslahatlarigaquloq soladilar. Bayramlarda, hayitlarda keksa qarindoshlarni ziyorat qilish, ularga sovg‘alar va noz-ne'matlar olib borish an'anasi saqlanib qolmoqda. Keksalar haqida g‘amxo‘rlik qilish birinchi o‘rinda turadi va ko‘p hollarda namoyon bo‘ladi. Bolalarning o‘z ota-onalari hamda keksa, yolg‘iz qolgan qarindoshlarini boqishlari va ularga vasiylik qilishlaridan iborat an'anaga qat'iy rioya qilinadi. O‘zbek tilida «savob ish» degan tushuncha bor. Bevalarga, yetimlarga yordam berish ana shunday ishlardan hisoblanadi. Urishib qolganlarni yarashtirish ham ezgu ish hisoblanadi.Ana shu savob olish an'anasi doirasida uyda non yopilgan kunlari qo‘shnilarga chiqarish yoki tovoqda taom kirgizish odati mavjud. Iltimos bilan murojaat qilgan kishiga rad javobi berish rasm emas, unga qo‘ldan kelganicha yordam berish zarur. Uning iltimosini qondirishning iloji bo‘lmagan hollarda ham iltimos birdaniga rad qilinmaydi, balki uning ko‘nglini ko‘taruvchi so‘zlar aytiladi.
O‘zbeklarning qadriyaviy tizimlarining shakllanishida ajdodlarning ma'naviy merosi kata ahamiyat kasb etadi. Xalq orasida tarqalgan hikmatli so‘zlar, mashhur arboblarning ishlari va faoliyati haqidagi rivoyatlar, avliyolar hayotidan olingan diniy hikoyalarning axloqiyma'naviy tarbiya uchun ahamiyati katta. Shu sababli ular omma orasida keng tarqalgan.O‘zbek jamiyatida inson xulq-atvorining an'anaviy etikasi butun bir hayotiy tizimni tashkil etgan. Unda shaxsning ma'naviy xulq-atvoriga hamma vaqt alohida ahamiyat berilgan. Yuz bergan jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy transformatsiyalarga qaramay, unda davr davomida jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solib kelgan va me'yor vazifasini bajargan an'anaviy axloqiy negiz saqlanib qolgan.


2. Oʻzbekistonda islom eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Mamlakat 1991-yilda mustaqillikka erishgach, Oʻzbekistonda musulmonlar salmogʻi sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunda u aholining 96,5 foizini tashkil qiladi. Aholi Islom dinining asosan hanafiylik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Shuningdek oz miqdorda shialik mazhabi eʼtiqodchilari ham mavjud[.Markaziy Osiyo xalqlarining musulmon dinini qabul qilishi VIII asrning birinchi choragida arab xalifaligining bosqinchilik yurishlari bilan bogʻliq holda boshlandi. Dastlab islom dini Turkistonning janubiy qismlarida mustahkamlanib, keyin asta-sekin shimolga tarqala boshladi. Mintaqada islom dinining oʻrnatilishi islomgacha boʻlgan diniy eʼtiqodlar (xususan, zardushtiylik) bilan uzoq va keskin qarama-qarshilikda kechdi. Yirik qoʻzgʻolonlar diniy sabablarga koʻra paydo boʻldi (ulardan eng muhimi Muqanna boshchiligidagi „oq kiyimlilar“ harakatidir). Islom dinini yoyish uchun arablar va ular maʼqullagan mahalliy sulolalar gʻoziylar otryadlarini — eʼtiqod uchun koʻngilli jangchilarni tuzdilar. Shu bilan birga, gʻoziy boʻlinmalari musulmon hukmdorlarining tayanchidan tashvishlanish obyektiga aylanib, hokimiyatga qarshi talon-toroj qilishga oʻtgan holatlar mavjud.Yangi dinni mintaqada yoyish siyosatini gʻayrat bilan olib borgan Somoniylar sulolasi (IX-X asrlar) davrida faol mustahkamlandi. Bu davrda turkiy xalqlarning salmoqli qismi islom dinini qabul qildi. Oʻsha davrda hudud islomning oltin davrini boshlab bergan ilm-fan, tibbiyot, falsafa va ixtirolarning jahondagi yetakchi markaziga aylandi[3]. Biroq, qoraxoniylarning turkiy sulolasi Somoniylar mulkiga hujum qilganda, bu fakt halokatli rol oʻynaydi — urush eʼtiqod uchun emas, balki musulmonlar oʻrtasida olib borilmoqda, degan bahona bilan ruhoniylar ularning aralashuvidan bosh tortadilar, hukmronlikdan mahrum qiladilar.Moʻgʻullar istilosi davrida Markaziy Osiyo aholisining noroziligi boshqa narsalar qatori diniy motivlar bilan ham kuchaydi, chunki bosqinchilar „kofirlar“ edi. 1238-yilda hunarmand Mahmud Torobiy Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarib, oʻzini yangi xalifa deb eʼlon qildi, biroq u gʻanimlar bilan birinchi toʻqnashuvda halok boʻldi va keyingi yili isyonchilar bostirildi. Biroq keyinchalik moʻgʻul hukmdorlari va zodagonlarining oʻzlari islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyodagi yashovchi xalqlarining dindoshlariga aylanishdi. Markaziy Osiyoning taniqli siyosatchisi va sarkardasi Amir Temur islom tarafdori boʻlib, uning tashabbusi bilan koʻplab diniy binolar, jumladan, Samarqanddagi eng katta Bibixonim masjidi bunyod ettirgan. Sohibqiron davrida koʻchmanchilar orasida soʻfiy islomni targʻib qilgan nufuzli turkiy ilohiyot olimi Ahmad Yassaviy (Turkiston shahri, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatida) qabri ustiga ham maqbara qurilgan (mintaqada avliyo sifatida eʼzozlangan). Amir Temur saroy xattoti Umar Aqto Qur’onni shu qadar kichik harflar yordamida koʻchirib yozgani aytiladiki, kitobning butun matni muhr uzukiga sigʻdirgan. Aytishlaricha, Umar ham shunday katta Qurʼon yaratganki, uni tashish uchun arava kerak boʻlgan.Oʻzbekxonning musulmon boʻlishi bilan islom Dashti Qipchoq oʻzbeklari orasida ham tarqaldi. Buxorolik sayyid va Yasaviy tariqati shayxi Ibn Abdulhamid tomonidan islomni qabul qilgan Oʻzbekxon Oltin Oʻrda oʻrtasida islom dinini targʻib qildi va Oʻrta Osiyo boʻylab kengayishi uchun islomlashtirish tashviqoti faoliyatini kuchaytirdi. Uzoq muddatda islom xonga Oʻrdadagi oʻzaro kurashlarni bartaraf etish va davlat institutlarini barqarorlashtirish imkonini berdi. Atoqli islom olimi al-Buxoriy hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan, uning „Sahih al-Buxoriy“ kitobi sunniylar tomonidan barcha hadis toʻplamlari ichida eng sahih va Qur’ondan keyingi eng nufuzli kitob hisoblanadi. Mintaqaning boshqa musulmon ulamolari Imom Termiziy va Abu Mansur al-Moturidiylar boʻlib, ular islom fiqhi ulamolarining asoschilaridan boʻlganlar. Oʻzbekiston hukumatining Islomga nisbatan siyosati Shavkat Miromonovich Mirziyoyev davrida yangicha muhit kasb etdi. Uning qoʻl ostida quyidagi choralar koʻrildi:
2017-yildan boshlab ayrim masjidlarda (shu jumladan, Toshkent masjidida) azon aytishga ruxsat berildi;
Voyaga yetmaganlarga diniy marosimlarda ishtirok etishga ruxsat berildi;
2018-yilda Oʻzbekiston rasmiylari Hajga borish uchun kvotalar sonini oshirgan boʻlsa, 2018-yilda 7520 kishiga Hajga borishga ruxsat berildi. (Saudiya Arabistoni uch barobar kvota ajratgan). 1992-yildan 2016-yilgacha har yili 5200 kishiga Oʻzbekistondan chiqib ketishga ruxsat berilgan edi;
Umra uchun cheklovlar olib tashlandi va narxlar tushdi;
2017-yil dekabrida Shavkat Mirziyoyev „diniy sabablarga koʻra“ deb qamalgan 763 nafar mahbusni amnistiya qildi;
Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilish hamda Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent Islom akademiyasini tuzish rejalandi.
Natijada Shavkat Mirziyoyev davrida masjidlar koʻpaydi, diniy sabablarga koʻra qamalganlar soni kamaydi. 2016—2017-yillarda Oʻzbekistonda ekstremistik va noqonuniy diniy faoliyat uchun qamalganlar soni 13,5 mingdan 7 ming nafarga kamaydi[5]. Masjidlar soni 2042 taga yetdi, bu 1998-yildan beri eng yuqori koʻrsatkichdir[6]. Oʻzbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi islom dinini oʻrgatish boʻyicha onlayn dasturlarni ishga tushirdi va 2018-yilda Oʻzbekistonning 8 mingga yaqin aholisiga bitta imom toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyev davrida blogerlarga nisbatan jarimalar (jamiyat hayotida islom taʼsirini kengaytirish tarafdori boʻlganligi uchun), radikal islomiy tashkilotlar vakillarini hibsga olish, shuningdek, noqonuniy faoliyat yoʻlga qoʻyilgan tashkilotlarni yoʻq qilish choralari koʻrildi.
3. Mustaqillik yillarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘zligimizni angladik, tariximizga xolisona qarash, bebaho ma’naviy mulkimiz bo‘lgan islom diniga e’tibor kuchaydi. Xalqimizning go‘zal an’analaridan biri –Navro‘z bayramining tiklanishi, Ro‘za va Qurbon hayitlarining rasman umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb belgilanishi ma’naviy poklanish yo‘lidagi jiddiy harakatlarning amaliy ko‘rinishdir.
Mustaqillikka erishganimizga qadar yurtimizda faqat 87 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bugun O‘zbekistonda 2000 dan ziyod masjid ishlab
turibdi. Mustaqillik yillarida jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ularning o‘z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari
uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Masalan, 1980 yilda sobiq Ittifoq bo‘yicha faqat 17 kishi muqaddas haj ziyoratiga borgan bo‘lsa, 2001 yilning o‘zidayoq 4 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz bu saodatga musharraf bo‘lganlar. Mustaqillikka erishganimizdan buyon o‘tgan qisqa vaqt ichida minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ziyoratini amalga oshirish baxtiga muyassar bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi muftiy Abdurashid
qori Bahromov bu haqda shunday deydilar: «Ilgarilari yurtimizda istibdod mafkurasi hukmronlik qilgan davrlar, haj safariga borish juda qiyin bo‘lib, safar ijozati nihoyatda past darajada cheklangan edi. Taassufki, uzoq yillar davomida diyorimiz musulmonlarining bu boradagi orzu niyatlariga yetarli darajada e’tibor berilmadi. Natijada, ko‘plab ulamolarimiz va bir qancha imon-e’tiqodli kishilarimiz yetmish yillar mobaynida tilak va orzular qilib, hajga bora olmasdan, armon bilan dunyodan ketdilar. Endilikda mingminglab mo‘min-musulmonlar muborak haj safariga borishga musharraf bo‘lmoqdalar va bo‘ladilar»
Lekin Sovet Ittifoqi mafkurasi barham topib, konfessiyalar tizimi shakllanmagan davrda (hozir O‘zbekistonda 20 ga yaqin diniy konfesssiya faoliyat ko‘rsatmoqda) mamlakatimiz hududiga har xil yo‘nalishdagi din targ‘ibotchilari va mazhablar suqilib kira boshladilar. Huquqiy maqomi va faoliyati tushunilmas darajada aralashib ketgan, ro‘yxatga olinmagan diniy tashkilotlar, har xil sektalar soni hududimizda bilib bo‘lmas darajada ko‘paygan edi.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiningqabul qilinganligi va bu yo‘nalishlarning huquqiy tartibga solinishi tarixiyahamiyatga molik hodisa bo‘ldi. Uning 18-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», – deyilgan. Biroq, dinga e’tiqod qilish – har bir fuqaroning o‘z ixtiyoriga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 57-moddasida ta’kidlanishicha, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘iga va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati, maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.
1998 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»giqonuni qabul qilindi. Mazkur qonun O‘zbekistonda dinning mavqei va o‘rnini juda aniq va ravshan belgilab beradi, sekulyarizm prinsipining har qanday dunyoviy davlat uchun muhim ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq sho‘ro tuzumida hukmron
bo‘lgan ateizm (dahriylik) mafkurasi ham barham topdi. Islom dini asriy
tutqunlikdan so‘ng yana o‘zining mavqeini tiklab, jamiyatning ma’naviy
hayotida ahamiyatga ega bo‘la boshladi. O‘z navbatida islom diniga erkinlik berish qator ijtimoiy va ma’naviy muammolarni ham keltirib chiqardi. Garchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqida»gi qonun asosida din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, ijtimoiy hayotda, ayniqsa jamiyatning ayrim tabaqalari orasida diniy mafkuraning salmog‘i ortib bordi.Islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rni va salmog‘i xususida va diniy e’tiqodning qayta tiklanishi bilan bog‘liq tadbirlar ilmiy izlanuvchilar tomonidan keng yoritilgan. Dinning bugungi va ertangi mavqeining taqdiri to‘g‘risida mulohazalarni bayon etish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun muayyan metodologik ishlanma yoki konsepsiya vazifasini ham o‘tashi mumkin.
Umuman, din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir.
Dinning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rnini bilish uchun
uning jamiyat va shaxs hayotida qanday o‘rin egallashini, dinning davlatga va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday o‘zgarib borganligini ilmiy tahlil qilish lozim bo‘ladi. Ilmiy jihatdan Karaganda, dinining jamiyat hayotiga ta’sir etish jarayonini tarixan ikki tendensiya asosida tahlil etish mumkin. Bular –sakralizatsiya va sekulyarizatsiya tendensiyalari. Sakralizatsiya (lotinchada sacer – muqaddas degan ma’noni anglatadi)deganda ijtimoiy hayotni, ijtimoiy institutlarni, kishilar hayoti va onginimuayyan diniy e’tiqod doirasida talqin qilish va izohlash tushuniladi.

XULOSA:
Xulosa qilib aytganda, VII-VIII asrlarda islom dini yurtimizga kirib keldi va hukmron mavqegaega bo‟ldi. Shu davrdan boshlab diny ta‟limot va ta‟limning rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‟nalishiga aylandi.Davlat darajasida dinga bo‟lgan e‟tibor, islom dunyosida yurtimizning diniy ta‟limot va ta‟limning yuksak nufuzini saqlab qolishga shart-sharoit yaratdi Biroq Podshoh Rossiyasi mustamlakasi va Sovet mustabit tuzumu davrida islom diniga qarshi olib borilgan kurash nafaqat diniy bilimda ortda qolishimizga olib keldi, balki mintaqamizning islom dunyosidagi nufuzini pasaytirdi. Mustaqillik qo‟lga kiritilgandan keyin diniy e‟tiqod erkinligi qayta tiklandi. Aholining diniy madaniyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.A. V. NARBEKOV DINSHUNOSLIK ASOSLARI
2. Vikepediya materiallari.
3.Ziyouz.com
Yüklə 34,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin