O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini



Yüklə 124,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü124,11 Kb.
#165611
Oʻzbekistonda taʼlim - Vikipediya



Oʻzbekistonda
taʼlim
O'zbekistonda
 jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har
kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar
kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda
oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi
yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga
ko'ra quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim
va tarbiya;


umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim
;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil
etish tartibi " Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun,
shuningdek “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim va
tarbiya


Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni
o‘qitish va tarbiyalashga, ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik
va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta
ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim
turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti
yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik
majburiy tayyorlashni ham nazarda
tutadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur
Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus ta’lim


bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar)
bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim
(I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim
 (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi
sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan
yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda
umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish
uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim,


malaka va ko‘nikmalar asoslarini
shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga
muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka
va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi,
ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan
so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha
birlamchi bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish uchun ularni professional
tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish
bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim
oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka


va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini,
shuningdek ta’limning keyingi turi
tanlanishini hamda yuqori malaka talab
qilinmaydigan kasblar egallanishini
ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-
hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim
oluvchilarni yuqori malaka talab
qilinmaydigan kasblarga tayyorlash
tartibi qonunchilikda belgilanadi
[1]
.
Professional ta’lim egallanadigan kasb
va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi
darajalarni o‘z ichiga oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
Professional ta’lim


o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-
hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari
negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim
shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va
mutaxassislik fanlarining ikki yillik
integratsiyalashgan dasturlari asosida
amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat
buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma
asosida kasblar hamda
mutaxassisliklarning murakkabligidan
kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki
yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va
sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy


o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda
boshlang‘ich professional ta’lim negizida
amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim
texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, boshlang‘ich professional va
o‘rta professional ta’lim negizida davlat
buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma
asosida kasblar hamda
mutaxassisliklarning murakkabligidan
kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida
ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi
ta’lim shakllari bo‘yicha amalga
oshiriladi
[2]
.


Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy
ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar)
amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir
yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik
tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus
ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim
(to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik
boshlang‘ich professional ta’lim) olgan
shaxslar, shuningdek ushbu Qonun
Oliy ta’lim


kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy
o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy
ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — 
bakalavriat
va 
magistratura
bosqichiga ega.
Oliy taʼlim muassasalari orasida mahalliy
darajada eng yuqori baholanganlari
Toshkent moliya instituti
 va 
Toshkent
xalqaro Vestminster Universitetidir
.
Birinchisi Oʻzbekistonning Birinchi
Prezidenti tashabbusi bilan 1991-yilda
tashkil etilgan. Keyinchalik 2002-yilda
Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya)


va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “UMID” jamgʻarmasi bilan
hamkorlikda Toshkentdagi Xalqaro
Vestminster universiteti tashkil etildi.
Hozirda bu universitetlar Oʻzbekistonda
ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida
ham oʻz taʼlim sohasida eng yaxshi
universitetlar sifatida eʼtirof etilgan.
2007-yilda 
Oʻzbekiston banklari
assotsiatsiyasi
 
Singapur
 davlatidagi
menejmentni rivojlantirish instituti bilan
hamkorlikda 
Toshkent shahridagi
Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti t
ashkil etildi.


2009-yilda 
Oʻzavtosanoat (https://uzavto
sanoat.uz/)
 va 
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
hamkorligida 
Toshkent shahridagi Turin
politexnika universiteti
 tashkil etilgan.
TTPU Mashinasozlik va Aerokosmik
muhandislik, Qurilish va Arxitektura
hamda Kompyuter injiniringg yoʻnalishlari
boʻyicha bakalavr dasturlarini taklif etadi.
Oʻzbekistonda xususiy va tadbirkorlik oliy
ta’lim tizimi ham rivojlanmoqda. 2020-
yilda 
TEAM universiteti
 
Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 18-apreldagi 241-son qarori bilan
xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida
tashkil etilgan
[3]
. TEAM universiteti OT


0007-sonli litsenziya asosida faoliyat
yuritadi 
[4]
.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim
va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik
dissertatsiyasini tayyorlash va himoya
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur
o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib
borishni nazarda tutadigan tayanch
doktorantura, doktorantura va mustaqil
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Tayanch doktorantura falsafa doktori
(Doctor of Philosophy (PhD)
ilmiy
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun
ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy
ta’limdan keyingi ta’lim shakli
hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori 
(Doctor of
Science (DSc)
 ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan
ajralgan holda tashkil etiladigan oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar
ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi
ta’lim shakli hisoblanadi.


Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori
(Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan
doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy
darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha
oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli
hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch
mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq
bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni
amalga oshirish uchun qo‘shimcha
Kadrlarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini
oshirish


kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning
zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar 
malakasini oshirish
 kasbiy 
bilim
,
malaka
va 
ko‘nikmalarning
chuqurlashtirilishi hamda yangilab
borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga
xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish shakllari va
muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari
bilan belgilanadi.
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish,
bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish
Maktabdan tashqari ta’lim


uchun davlat organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari, shuningdek tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy,
texnikaviy, sport yo‘nalishidagi
maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini
tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga
uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi
sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini
rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari
jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari,
“Barkamol avlod” bolalar maktablari
,


bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar
musiqa va san’at maktablari, studiyalar,
axborot-kutubxona hamda
sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
1. 
Ta’lim to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/d
ocs/-5013007)
2. 
"Ta’lim to‘g‘risida" O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/u
z/docs/-5013007)
3. 
(https://lex.uz/docs/4793534)
„Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
 2020-yil 18-apreldagi
241-son qarori“. lex.uz. Qaraldi: 18-noyabr
2021-yil.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 5-Iyun 2023, 04:47 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
4. 
„TEAM University Legal Framework“ (http
s://teamuni.uz/legal-framework/)
.
teamuni.uz. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=O
ʻ
zbekistonda_ta
ʼ
lim&oldid=
3743997
" dan olindi

Yüklə 124,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin