SSSR Prezidenti M.S.Gorbachev markaziy televideniye orqali so‗nggi marta xalqqa murojaat qildi. SSSR davlati
xalqaro huquq subekti sifatida barham topdi.
1991-yil 29-dekabr
О‗zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗risidagi masala bo‗yicha referendum o‗tkazildi. Unda “Siz O„zbekistonning SSSRdan ajralib mustaqil bo„lishiniistaysizmi?” degan savol qo‗yildi. Referendumda 9.898.707 kishi yoki saylov ro‗yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 97 foizi
О„zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma‘qullab ovoz berdi.
1991-yil 29-dekabr
Demokratik meyor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‗g‗ridan to‗g‗ri saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta О„zbekistonRespublikasiPrezidentligiga muqobillikasosidaumumxalqsaylovibо„libo„tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bо‗lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. I.A.Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi
yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.
1991-yil 30-dekabr
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‗rib chiqib, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risidagi qonunning 35-moddasiga
asosan I.A.Karimovni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
1992-yil 4-yanvar
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX-sessiyasida О‗zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‗rib chiqildi va mazkur masala
bo‗yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi.