bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil 28-iyun
―Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‗g‗risidagi shartnoma‖
loyihasi O‗zbekiston matbuotida e‘lon qilindi.
1991-yil 23-iyul
Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‗ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan ―Mustaqil davlatlar ittifoqi to‗g‗risida shartnoma‖ loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‗lgani holda “Mustaqil davlatlar ittifoqito„g„risidagishartnoma”ni imzolash 1991-yil 20-
avgust kuniga qoldirildi.
1991-yil
13-15-avgust
Toshkentda O‗rta Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi
uchrashuvi bо‗lib о‗tdi. O‗rta Osiyo respublikalari va
I.A.Karimov Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan
bordi.
1991-yil
19-21-avgust
Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‗z qo‗lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo„mitasi (FHDQ) tuzildi.
Fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yо‗l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‗zlari hokimiyatni egallab oldilar. O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‗rinbosari, V.A.Kryuchkov – SSSR Davlat xavfsizligi qo‗mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov – SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T.Yazov – SSSR mudofaa vaziri, G.I.Yanayev – SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e‘lon qilindi.
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi.
1991-yil 19-avgust
О‗zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‗tkazdi. Uchrashuvda Prezident О‗zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‗qligi, О‗zbekistonda
vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‗rsatmalar bajarilmasligini qat‘iy ta‘kidladi.