O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Boshlang‘ich sinflarda innovatsion metodlarlardan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə6/12
tarix26.07.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#137499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
SAYDIG\'ANIYEVA DILDORA QAXRAMON QIZI (7)

1.3. Boshlang‘ich sinflarda innovatsion metodlarlardan foydalanishning ahamiyati
Pedagogik innovatsiya – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Boshlang‘ich sinfda bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligiga, xotirasining kuchliligiga, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Ularda idrok. diqqat, xotira, tafakkur va nutq to‘liq shakllanib bo‘lgani uchun ham ta’lim berishda kattalarga qo‘llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin.
I.Kololojvari va L.Sechenikovalar integratsiyani metodik xarakterini “Integrativ darslarni qanday tashkil etish mumkin?” nomli maqolalarida quyidagicha tasniflaydilar: “...integratsiyalashgan darslarning imkoniyatlarini to‘rt yil o‘rganish natijasida bu metodikaning kelajagi katta ekanligiga ishonch hosil qildik. Unga ko‘ra o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan dunyo haqida yanada to‘liq va atroflicha keng tasavvur hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar o‘z bilimlarini amaliyotda yanada faol qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, chunki bunda bilimlarning tub mohiyati yanada keng ochib berish imkoniyati, olamni bir butunlikda tasavvur qilish imkoniyati mavjud. O‘qituvchi fanga oid bilimni berishda uni boshqa fanlar ma’lumotlari bilan solishtirish asosida uni yanada boyitadi, to‘ldiradi”.
Maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarda integratsiyalashning ma’lum bir imkoniyatlari mavjud bo‘lib, uni integratsiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog‘liqdir. Shuning uchun pedagoglar va metodistlar yangi dasturni yaratishdan avval, ana shu holatlarni barchasini e’tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o‘qituvchi sinfning tayyorgarlik darajasini, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi lozim.
O‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarning sabablaridan biri integratsiya metodidan foydalanish ham bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning bir fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlarining sababi, boshqa bir fandan yaxshi bilimga ega bo‘lishlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Misol uchun katta hajmdagi matnni savodli ko‘chirib olish uchun uni tez va to‘g‘ri o‘qiy olish malakasi talab qilinadi. Agar bunday imkoniyat haqida gapirmasdan turib, o‘qituvchi o‘rgatiladigan har bir fanni boshqasi bilan solishtirmasdan, taqqoslamasdan, uning ma’lumotlaridan foydalanmasdan o‘rgatishi anchayin qiyin va zararli bo‘lishi mumkinligini his qilishi zarur. Axir biz dunyo yagona bir butun ekanligini his qilib borayapmiz, sababi bir mavzuni yoritish uchun boshqa bir sohalarga murojaat qilmasdan iloji yo‘qligi kunday ravshan bo‘lib bormoqda. Bunday hollarda taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yishdan foydalaniladiki, bu esa integratsiya hisoblanadi.
Dasturdagi ko‘plab fanlarda “to‘qnashish” mavjud: bunda ma’lum bir ob’ektni o‘rganishda mavzular, muammolar, savollar bir xilligiga ro‘para bo‘linadi. Bularning barchasi esa hyech bo‘lmaganda bitta mavzuga doir integratsiyaga bo‘lgan “talab”ni ifodalaydi.
Boshlang‘ich ta’limdagi o‘qish darslarini ona tili, odobnoma, shuningdek, rasm, tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog‘lab o‘qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal qilmoq joiz. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Ulardan biri bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish g‘oyasidir. Bugungi kunda mazkur masalada ko‘plab xorijiy mamlakatlar olimlari boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyatini integratsiyalash muammolarini tadqiq etmayotganliklarida ko‘rish mumkin.
Ular ilgari surayotgan ayrim ta’limotlar mohiyatiga to‘xtalamiz. Integrativ ta’limning bosh maqsadi bolani tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan, bir so‘z bilan aytganda dunyo bilan suhbatga tortish, mazkur suhbat mobaynida faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan tildan foydalanishga yo‘naltirish g‘oyasi, kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o‘z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o‘z-o‘zi bilan muloqotdan to atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi, integrativ ta’limning maqsadlaridan yana biri o‘zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko‘rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yadi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida innovatsion xarakterga ega metodlar ham qo‘llanilmoqda. Ular orasida eng keng ommalashgan metodlar yagona nom bilan nomlanuvchi interfaol metodlar sanaladi.
Barcha Moderatorlar rejalari muvaffaqiyatli o‘qituvchilari tayyorlash bo‘yicha qaratib, amaliyotga tadbiq etildi. So‘nggi bir necha yil davomida biz variant ‘professional standart’ o‘qituvchisi muhokama qilindi. Barcha o‘quv jamoa yaqin kelajakda u to‘liq barcha ta'lim yangiliklarni amalga oshirish uchun bo‘lishi kerak o‘qituvchilar uchun vakolatlar minimal majmuini rivojlantirish, bu ish bilan shuo‘ullanuvchi. O‘qituvchilar bu innovatsion texnika va ta'lim usullarini egalik qaysi, haqiqiy professional haqida gapirish mumkin bo‘ladi, unga muvofiq o‘z qo‘shimcha mezonlarini taklif etamiz.
Yu.M.Kolyagin fikriga ko‘ra, ta’lim tizimida integratsiya ikki xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin:
1.O‘quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integratsiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).
2.Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu erda integratsiya-ta’lim vositasi hisoblanadi)[].

Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin