O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə4/12
tarix26.07.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#137499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
SAYDIG\'ANIYEVA DILDORA QAXRAMON QIZI (7)

Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti: innovatsion ta'lim sharoitida boshlangich ta'lim o'qituvchisining shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: innovatsion ta'lim sharoitida boshlangich ta’lim o’qituvchisining shaxsiy-kasbiy rivojlanishini psixologik qo'llab-quvvatlash xususiyatlari.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: innovatsion ta'lim sharoitida boshlangich ta'lim o'qituvchisining shaxsiy-kasbiy rivojlanishini psixologik qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
1. Innovatsion ta’lim sharoitida “Boshlangich ta'lim o'qituvchisining kasbiy va shaxsiy rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash” tushunchasi mazmunini aniqlash.
2. Innovatsion ta’lim sharoitida boshlangich ta'lim o'qituvchisining kasbiy va shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi psixologik-pedagogik sharoitlarni o`rganish.
3. Innovatsion ta'lim sharoitida boshlangich ta'lim o'qituvchisining kasbiy va shaxsiy rivojlanishini psixologik qo'llab-quvvatlash modelining tarkibiy qismlarining mazmunini asoslash.
4. Innovatsion ta'lim sharoitida boshlangich ta'lim o'qituvchisining kasbiy va shaxsiy rivojlanishini psixologik qo'llab-quvvatlashning yangi usul va shakllarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning metodlari: nazariy usullar - tahlil, sintez, umumlashtirish, taqqoslash; empirik usullar - test, so`roq.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati va ilovalardan iborat.

I BOB. BOSHLANGICH TA'LIM O'QITUVCHISINING SAMARALI INNOVATSION FAOLIYATINI TA'MINLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

    1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion-pedagogik faoliyati mazmuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev: “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz”, - deya ta’kidlaydi[].
Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy Yevropa va AQShda paydo boʼlgan.Dastlab innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slatenin, A.I.Sherbakov ishlarida tadqiq etilgan.
Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «Hayoti va faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. Oʼzbekistonda ham soʼnggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan boʼlib taʼlim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday oʼz aksini topganligini quyidagilarda koʼrishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagi:
a) Gendr pedagogikasi;
b) Evristik pedagogika;
v) Majburiy pedagogika;
g) Androgogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi bilan belgilandi.
Ta’lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o‘zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Respublikamizda oliy ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichi ta’lim mazmuni va metodikasiga, uning samaradorligini oshirishga sifat jihatdan yangi talablar qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”1 muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish mazkur jarayonning samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. O‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy sharti ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning bilim darajasi, ilmiy dunyoqarashining shakllanganligi hamda kasbiga xos ko‘nikma va malakalarni tarkib topganligi bilan ham belgilanadi.
Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ta’lim insonning umumiy madaniyati va kasbiy tayyorgarligi darajasiga emas, balki uning shaxsiy kamolotga erishishiga ham bog‘liq bo‘lgan muhim sohadir. O‘quvchi shaxsini o‘qitish, tarbiyalash va rivojlan- tirishda ma’lum qoliplarni, stereotiplarni rad etish bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion pedagogik faoliyat mavjud standartlar doirasidan tashqariga chiqadi, o‘qituvchi faoliyatining shaxsiy-ijodiy, individual yo‘nalishini, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi yangi pedagogik texnologiyalar uchun yangi me’yorlarni yuzaga keltiradi. Unda o‘qituvchi o‘zini ijtimoiy innovatsiyalar tashuvchisi sifatida chuqurroq namoyon etadi.
Innovatsion faoliyatni ta’minlash bir qator muammolarni o‘rganishni, shu jumladan innovatsion faoliyatni kengaytirish zaruriyatini belgilab beruvchi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy omillarni va uni amalga oshirishga qodir o‘qituvchi shaxsining yangi ijtimoiy turini tadqiq etishni o‘z ichiga oladi; shu munosabat bilan pedagogik professionalizm rivojlanishining xususiyatlari va ommaviy amaliyotda uning innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, ilmiy yangiliklarni ommaviy amaliyotga o‘tkazish bo‘yicha metodologik tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Innovatsion faoliyat – amalda mavjud bo‘lgan va endigina paydo bo‘lgan amaliyot normalarining to‘qnashuvi yoki an’anaviy talablarning yangi umidlarga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladigan murakkab muammoni hal qilishga qaratilgan faoliyat. Bu holda innovatsiya o‘zini oqlaydi, qolaversa, zarur sanaladi. Ushbu faoliyatning innovatsion tajribasidan boshqalar ham foydalanish imkoniga ega bo‘lgach, innovatsion tajriba e’tirof etilib, uning madaniy rasmiylashtirilishi va uzatish mexanizmlari vujudga keladi.
Innovatsion faoliyat to‘laqonli rivojlanish jarayonida unga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlarini tizimini taqozo etadi, ular jamuljamlikda chinakam innovatsiyalar paydo bo‘lishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining mazmuni jiddiy farqlargaega.
Birinchidan, yo‘nalishlarni ishlab chiqish faoliyati ancha murakkab, chunki uning texnologik asoslari jadal rivojlanmoqda. Bu o‘qituvchidan maxsus mahorat, o‘qitish usullarini rivojlantirishni talab qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari asosan o‘quvchi va mutaxassislar tomonidan tayyorlanayotgan o‘quv materiallari sifatiga qo‘shimcha talablar qo‘yadi, bu esa ushbu materiallar sifatini nazorat qilishni kuchaytiradi.
Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, an’anaviy o‘qitishdan farqli o‘laroq, o‘qituvchi markaziy figura bo‘lmay, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanganda og‘irlik markazi asta-sekin rivojlangan o‘quv muhitida muayyan yo‘nalishlarni tanlab, o‘quv jarayonini faol ravishda shakllantirayotgan o‘quvchiga beriladi. Xalq ta’lim tizimi oldiga qо‘yilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib о‘stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi. Shu sababdan xalq ta’lim sohasidagi islohotlarning bevosita davomi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi ko`plab dasturlar tasdiqlangan. Xalq ta’lim muassasasining mazkur davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasining maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda Xalq ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Bu о‘z navbatida Xalq ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi zarurligini talab etadi.
O‘qituvchining muhim vazifasi o‘quvchini o‘z faoliyatida qo‘llabquvvatlash, uning behisob ma’lumotlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam berish, keng va turli xil ma’lumotlarni o‘zlashtirishga yordam berishdir.
Shuning uchun, dunyo ta’lim hamjamiyatida yangi atama qo‘llanilib, o‘qituvchilar – facilitator – fasiliteytor – (hissa qo‘shadigan, o‘qitadigan, o‘rganishga yordam beradigan) ushbu funksiyaning muhimligini ta’kidlagan.
Uchinchidan, o‘quv materialini taqdim etish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni o‘z ichiga olgan holda, sinfda o‘qituvchilarning butun sinf bilan umumlashtirilgan mulohazasi ustun bo‘lgan zamonaviy o‘qitishda emas, balki ular o‘rtasidagi faolroq va intensiv o‘zaro munosabatlarni talab qiladi, o‘qituvchining alohida o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlashuvi esa anchayin zaif.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bunday o‘zaro munosabatlashuvni ancha faollashtiradi, ammo bu o‘qituvchidan maxsus qo‘shimcha sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyatiga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • yangi tasavvurlar va g‘oyalarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati, eng muhimi – ularni amaliy shaklda loyihalashtirish va modellashtirish;

  • shaxsning bag‘rikenglik, moslashuvchanlik va xilma-xil fikrlashga asoslangan g‘oyalardan farqli ravishda yangiliklarga ochiqligi;

  • madaniy va estetik rivojlanganligi va ilmliligi;

  • o‘z faoliyatini takomillashtirishga tayyorlik, ushbu tayyorlikni ta’minlaydiganichki vositalar va usullar mavjudligi;

  • pedagoglarning o‘quv jarayoniga innovatsiyalar kiritilganda yuzaga keladigan psixologik to‘siqlarni yengib o‘tish qobiliyati;

  • rivojlangan innovatsion ong (an’anaviy, innovatsion ehtiyojlar bilan taqqoslaganda innovatsion faoliyatning ahamiyati, innovatsion xatti- harakatlar motivatsiyasi).

O‘qituvchining innovatsion xulq-atvorining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan madaniyatning ma’lum darajada rivojlanishiga, ijtimoiy va pedagogik muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyatiga bog‘liq.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion madaniyatini shakllantirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ijodiy xulq-atvor namunalariga taqlid qilib, innovatsion faoliyatni ustalik bilan amalga oshiradi. Bunday taqlid qobiliyatining mavjudligi pedagogik faoliyatga kirishni osonlashtiradi, uning rivojlanish darajasini oshiradi, samaradorlikni va o‘ziga xoslikni belgilaydi. Shunday qilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati nafaqat kasbiy kompetentlikning axborot tarkibiy qismini kengaytirishga, balki o‘qituvchining ta’lim pozitsiyasini o‘zgartirishga, balki o‘zini rivojlantirishni rag‘batlantirishga ham qaratilgan bo‘lib, bu innovatsion madaniyatni shakllantirishda juda muhim sanaladi.
O`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ota-onalar hamda mahalla bilan hamkorlikni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda mehnatsevarlik, sinchkovlik, ziyraklik, ishchanlik, mas’uliyatlilik kabi axloqiy sifatlarni qaror toptirishda pedagog-tarbiyachining о‘rni beqiyos bо‘lib, bunday mas’uliyatli vazifani ular oliy pedagogik ta’lim muassasalarida о‘qish jarayonidayoq anglab yetishlari kerak.
Kо‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta’limda barcha faoliyat kо‘rsatayotgan pedagog tarbiyachilar oldiga murakkab vazifalar qо‘ymoqda. Shu bois, bо‘lajak pedagog tarbiyachilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak ma’naviy xislatlarni rivojlantirish hamda jamoada, jamiyatda о‘zini munosib tuta bilish kо‘nikmalarini tarkib toptirish tizimli tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.



Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin