O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə6/9
tarix18.02.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo‘ladi.

Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin;
Ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar;


- Hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;

- Ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;




  • Ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish;


  • Ijodiylik.
  • Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Psixologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi.


  • Ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy qonseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak:


  • Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.




  • Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi.


  • Amaliy yondashuv. SHaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi.



  • Yüklə 30,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin