O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə4/9
tarix18.02.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlarning quyidagilarini alohida ifodalaydi:

a) Biror o‘quv faniga qiziqish;

b) Vatanga foyda keltirish istagi;

v) SHaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish;

g) Oilaviy an’analarga rioya qilish;

d) Do‘st-birodarlarga ergashish;

e) moddiy ta’minlash va hokazolar.

Respublikamizda professor M.G.Davletshin rahbarligida o‘tkazilgan F.I.Haydarov tadqiqotida qishloq maktabi o‘quvchilarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘raev tadqiqotida kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘qish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu tadqiqotda kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv motivlarini psixologik o‘yinlar yordamida shakllantirishga mahalliy sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. O‘quv jarayonida foydalanilgan psixologik o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga ijodiy yondashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. SHu bilan birga baho olishga yo‘nalganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi. Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni muammosi P.YA.Galperin va N. F. Talizina tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashki nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Akliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa, sub’ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda.To‘rtinchi bosqichda bajarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.

Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:



Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin