O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə9/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

1.2. Iqlimi
O‘zbekiston Respublikasi janubidan shimolga va g‘arbdan sharqqa tomon juda keng hududni egallagan va uning turli qismlari dengiz sathidan turlicha balandlikda bo‘lganligi sababli, iqlim sharoiti ham juda xilma-xildir. Issiqlik va namlikni o‘lkamizning turli erlarida turlicha bo‘lishiga qarab, O‘zbekiston hududini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratish mumkin. Misol uchun cho‘l zonasida yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-150-200 mm atrofida kuzatiladi. Yozda esa havo harorati yuqori va tuproqdan namlikning bug‘lanishi juda ko‘p bo‘lib, u yiliga 1800-2400 mm ga etadi.
Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining bir qismi, shuningdek Markaziy Farg‘ona, Sirdaryo va Qizilqum cho‘llarining iqlimi ana shundaydir.
Adirli hududlarda yillik yog‘in miqdori ancha ko‘payib, parlanish (bug‘lanish) kamayadi, yillik harorat ham bir oz pasayadi. Bu hududda yillik yog‘in miqdori 200-500 mm gacha bo‘lib, parlanish 1200-1600 mm dan oshmaydi. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona vodiysining tog‘ etaklari va tog‘ bag‘ridagi tepaliklar, shuningdek, Surxondaryo va Qashqadaryo vodiylarining anchagina qismi mana shu hudud iqlimiga mansubdir.
Cho‘l va adir hududlarining shimoliy qismi iqlimi uning janubiy qismidagi iqlimdan farq qiladi. By farq, ayniqsa, paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini kengaytirishda nazarda tutilishi shart. Bu rayonlarning hususiyatlari va farqini quyida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
1-jadval
Cho‘l hududi rayonlarining iqlim farqi

Asosiy iqlim ko‘rsatkichlari

Janubiy rayonlar

Markaziy rayonlar

Shimoliy rayonlar

Dengiz sathidan balandligi (metr hisobida)

200-300

175-250

85-175

Vegetatsiya davridagi 100 S lik haroratning yig‘indisi

5000-5700

4100-5000

3700-4100

Yillik bug‘lanish miqdori (mm xisobida)

2000-2500

1500-2000

1300-1500

Vegetatsiya davridagi iliq kunlar soni

230-270

200-230

180-200

Vegetatsiya davrining boshida harorat 150S oxirida 100S dan yuqori bo‘lgan kunlar soni

200-210

190-200

170-180

Shunday qilib, O‘zbekiston iqlimi o‘ziga xos hususiyatlarga ega ekan. O‘lkamiz okean va katta dengizlardan minglab kilometr uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli o‘lkalar qatoriga kiradi. Serquyosh jazirama yoz, ancha sovuq qish, sutka va yil davomida haroratning keskin o‘zgarib turishi, yog‘inning kamligi va havoning quruqligi O‘zbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho‘l va adir zonalarida tog‘ hududlariga nisbatan yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin