O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


O‘zbekistonning to‘rtta tabiat majmuasi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə8/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

O‘zbekistonning to‘rtta tabiat majmuasi

Dengiz sathidan balanligi (m)

Kompleks (zona) nomi

0-350 (400)

Cho‘l

350 (400)-1200

Adir

1200-2800

Tog‘

2800 dan baland

Yaylov

Shuni aytish kerakki, nurash tezligi va mahsulotlari tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibiga va iqlimiy sharoitiga qarab turlicha bo‘ladi. O‘zbekistonda xilma-xil tog‘ jinslarining tarqalganligi va tabiiy sharoitining ham turli tuman bo‘lganligi sababli har sharoitning o‘ziga xos nurash jarayoni natijasida ma’lum kimyoviy tarkibga va fizikaviy xossalarga ega bo‘lgan nurash mahsulotlari paydo bo‘ladi. Nurash mahsulotlari o‘z joylarida qolib ketmaydi albatta, ular turli tashqi omillar ta’sirida o‘z joylaridan siljib, yangi erlarda qaytadan yotqiziladilar. Shu holat O‘zbekiston hududlarida tuproq qoplamini hosil qiluvchi ona jinslarning juda xilma-xil bo‘lishiga olib kelgan.


Ushbu bu xilma-xil jinslar, ularning paydo bo‘lishiga qarab respublikamizda uchraydigan tuproq xosil qiluvchi ona jinslar bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Bular to‘rtlamchi davrgacha paydo bo‘lgan yahlit va zich toshlar, elyuviy, delyuviy, prolyuviy, prolyuviy-delyuviy lyoss (soz) muzlik, shamol va agroirrigatsion yotqiziqlaridir.
Bu yotqiziqlarning geografik tarqalishi va mexanik tarkibida bo‘ladigan o‘zgarish shundan iboratki, tog‘li erlardan uzoqlashgan sari yotqiziqlarning mexanik tarkibi og‘irlashib borsa, tog‘larga yaqinlashgan sari tuproq va hosil bo‘lgan ona jinslar tarkibida qum, shag‘al va toshlar ko‘payib boradi. Tog‘li erlarning rel’efi nurash natijasida paydo bo‘lgan mahsulotlarning yuvilib ketishi uchun qulay bo‘lganligidan bu erlarda to‘rtlamchi davrga qadar paydo bo‘lgan zich va yaxlit tog‘ jinslarining er yuzasiga chiqib qolgan joylari ko‘p bo‘lib, to‘rtlamchi davrga oid bo‘lgan mayin yotqiziqlar juda kam tarqalgandir. Mayin yotqiziqlarni faqatgina tog‘larning quyosh nuri kam tushadigan shimoliy qoyalarida va platosimon tog‘lik baland tekisliklardagina bir oz uchratish mumkin.
Elyuviy yotqiziqlar turli darajada maydalangan tog‘ jinslarining siniqlarini o‘zlari hosil bo‘lgan joyda yig‘ilib qolishidan hosil bo‘ladi. Macalan, Ustyurt platosida daryolar bo‘lmagani uchun nurash mahsulotlarining asosiy qismi o‘z joylarida qolib (mayda qismlarini shamol olib ketishi mumkin) faqat maydalangan, lekin kimyoviy tarkibi unchalik o‘zgarmagan elyuviy yotqiziqlarni hosil qiladilar.
Elyuviy yotqiziqlari tog‘ platolari va baland tekisliklarda ham ko‘p uchraydi. Bunday yotqiziqlar tuproq hosil bo‘lishi uchun unchalik qulay emas. O‘zlarining paydo bo‘lgan sharoitiga qarab elyuviy yotqiziqlarining kimyoviy va mexanik tarkiblari har xil bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari nurash mahsulotlarining sekin asta yog‘in-sochin suvlari yoki erning tortish kuchi ta’sirida o‘z og‘irligi bilan tog‘ etaklari va tog‘ oldi tekisliklariga yotqizilishidan delyuvial yotqiziqlar hosil bo‘ladi. Delyuvial yotqiziqlar ham kimyoviy tarkiblari jihatidan har xil bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari delyuvial yotqiziqlari faqat mayda qum, loyqa va chang zarrachalaridan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday yotqiziqlarga tog‘ osti va tog‘ oldi nishabli tekisliklarni keng chiziq bo‘ylab o‘rab olgan lyosslar (soz) kiradi. Ba’zi erlarda lyoss yotqiziqlarining qalinligi 20-30 metrga etib, unda eng yaxshi va unumdor guproqlar hosil bo‘lishi uchun hamma sharoit mavjud, ularning umumiy g‘ovakligi 50-60 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ham bunday yotqiziqlarda biologik jarayonlar normal kechib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi.
Tog‘ vodiylari va tog‘ oldi nishabliklarida prolyuviy deb ataluvchi yotqiziqlar ko‘p tarqalgandir. Bu yotqiziqlar tog‘li tumanlarga xos bo‘lgan sel suvlari oqib chiqadigan soylarning yotqiziqlaridan tashkil topadi. Ma’lumki, soylardagi suv faqat tog‘larda kuchli yomg‘ir yog‘ishi yoki bahor vaqtlarida kun birdan isib, qorlarning ko‘plab erib ketishidan hosil bo‘ladi. Soy suvlarining oqimi juda tez bo‘lganligi uchun u o‘zi bilan mayda zarracha, loyqa-bo‘tanalardan tashqari katta-katta harsang toshlarni ham surib ketadi. Tog‘li tumanlarda, aksari prolyuvial yotqiziqlar delyuvial yotqiziqlar bilan aralash holda ham uchrashi mumkin.
O‘zbekiston xududida eng ko‘p tarqalgan yotqiziq bu allyuvial yoqiziqlardir. Allyuvial yotqiziq deb doimiy oquvchi daryolarning suvlari orqali olib kelib yotqizilgan cho‘kindi jinslarga аytiladi. Bunday cho‘kindi jinslar qatlam-qatlam bo‘lib yotishi va bu qatlamdagi mahsulotning juda yaxshi saralanganligi bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi.
Allyuvial yotqiziqlardan so‘ng o‘zining ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinda lyoss yotqiziqlari turadi. Lyoss yoki lyossimon sozli yotqiziq deb to‘rtlamchi davrda paydo bo‘lgan mayin yotqiziqlarga aytiladi. Lyosslarning mexanik tarkibi o‘rta sozli bo‘lib, unda chang zarrachalari ko‘p. Bundan tashqari lyosslar hamma vaqt karbonatli va g‘ovak bo‘ladi. Lyoss yotqiziqlaridan imoratlar uchun eng yaxshi g‘ishtlar ham tayorlanadi. Lyoss tuproq hosil bo‘lishiga eng qulay material bo‘lishi bilan birga uning yomon tomonlari ham bor. Agarda lyoss yotqiziqlarida paydo bo‘lgan tuproqlarda sug‘orish qoidalari buzilsa yoki o‘simliklari va chim qatlami shavqatsiz yo‘qotilsa, u vaqtda lyosslar tezda yog‘in-sochin suvlari ta’sirida yuvilib ketadi. Natijada katta-katta jarlar hosil bo‘ladi, tuproq emiriladi. O‘zbekiston hududida yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari muzlik eol (shamol) va agroirrigatsion yotqiziqlari ham mavjud bo‘lib, ular tuproq va ona jins hosil bo‘lishida va o‘zgarishida katta rol o‘ynaydi.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlariga sug‘orib ekiladigan erlarda insonning xo‘jalik faoliyati orqali hosil bo‘ladigan erlarda suvdan cho‘kib qolish natijasida hosil bo‘ladigan agroirrigatsion yotqiziqlari ham kiradi.
Agroirrigatsion yotqiziqlar qancha qalin bo‘lsa, bu erning sug‘orish tarixi ham shuncha qadimiydir. Masalan, agroirrigatsion yotqiziqlar orqali biz Buxoroda sug‘orish bundan 2,5-3 ming, Xorazmda esa hattoki 3,5-4 ming yillik tarixga ega ekanligini bilamiz.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin