O’zbekiston milliy universiteti


Har bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak



Yüklə 122,71 Kb.
səhifə5/11
tarix06.01.2023
ölçüsü122,71 Kb.
#78595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi

Har bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash bilan amalga oshadi.
2. Ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta'limning tarbiyaviy xarakteri uning ob'ektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda xamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak.
3. Darsning xar qanday bosqichida ta'limning eng kerakli metodlarini tanlash; o'qitish metodini to'g'ri tanlash o'qituvchi mehnatining samaradorligini va o'quvchilarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, o'quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi.
4. Darsda o'quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to'g'ri qo'shib olib borish; o'qituvchi dars davomida butun guruh bilan ishlashdan tashqari o'quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo'yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim.
5. Darsni samarali tashkil etish; bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o'qituvchi va o'quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg'ulotning yangi texnik jihozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta tuzilishini taqozo etadi. Maqsad va mazmunning aniqligi. Bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash yuli bilan ta'minlanadi.

    1. Dars turlari va tuzilishi

Dars turlari va tiplari
Uzluksiz ta’lim jarayonining ta’lim-tarbiya berish qonun-qoida va tamoyillari hamda jamiyatning davlat ta’lim tizimiga qo‘yadigan talablari dars jarayonida amalga oshiriladi. Darsning dars deb atalishi uchun, birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladigan darsni tashkil qiluvchi, yoki aniqroq qilib aytganda, darsda qatnashadigan unsurlarni ko‘rib chiqdik. Endi darsning turlarini o‘rganib chiqamiz. Umuman olganda, har qanday narsa yoki hodisani tasnif (klassifikatsiya)laganda, unga shu narsaning biron bir xususiyati asos qilib olinadi. Darsning mantiqiy tuzilishi va bilish jarayonining xarakteriga qarab darslar: kirish darsi; egallanadigan bilimlar bilan birlamchi tanishish darsi; yangi bilimlarni egallash darsi; egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi; ko‘nikmalar hosil qilish darsi; umumlashtirish, qaytarish va mustahkamlash darsi; tekshiruv darslari; aralash dars. Nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar orasidagi keng qo‘lla-nilayotgan dars tasniflaridan biri M.A. Danilov bilan B.P. Yesipov ishlab chiqqan tasnif hisoblanadi. Ular, o‘z tasniflariga ikki didaktik maqsadlar va darsning umumiy tizimdagi o‘rnini asos qilib olganlar. Ular quyidagilardir:
aralash darslar, yangi material bilan tanishish, olingan bilimni mustaxkamlash,
o‘rganilgan narsani sistemaga keltirish va umumlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bilimlarni tekshirish.
Yana darslar ularni o‘tish asosiga qarab, quyidagi turlarga ajraladi:
dars-ma’ruza, dars-suhbat, kino darsi, nazariy yoki mustaqil ishlar darsi,
aralash dars, mustaqil ishlar darsi, dars-laboratoriya, amaliy ishlar darsi,
dars-ekskursiy, og‘zaki so‘rash, yozma sinov, sinov, sinov amaliy nazorat,
nazorat ishi, aralash dars.
1. Yangi bilimlarni egallash darsi yoki uni tushuntirish darsi ham deb yuritiladi. Bu tipdagi dars qismlarining taxminiy oylashuvi quyidagicha.
• Ilgari o‘tilgan bilimlarni eslash.
• Yangi bilimlar berish.
• Yangi bilimning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
• Nazariyani qo‘llash namunasini ko‘rsatish.
Uyga vazifa berib, darsni yakunlash.
2. Egallangan bilim va ko‘nikmalarny mustahkamlash darsi, quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
• Nazariy bilimlarni eslash.
• Egallagan bilimlar bo‘yicha mashqlar qilib, ko‘nikmalarhosil qilish.
• Darsni yakunlash.
• Uyta vazifa berish.
3. Takrorlash darsi. Egallangan bilimlarni mustahkamlash bilan takrorlash darslari orasida ancha umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari va darsning ichki tuzilishiga taallukdidir. Shu bilan birga bu darslarning orasida takrorlanayotgan avvalgi darslarda material to‘liq berilmagan, ba’zi joylari takrorlanadi.
4. Egallagan bilimlarni umumlashtirish va bilim hamda ko‘nikmalarini takomillashtirish darsi. Bu darsning elementlari quyidagicha:
• Umumlashtiruvchi bilimga doir bilimlarni eslash.
• Bilimlarni umumlashtirish va ular orasidagi funksional aloqadorlikni ko‘rsatish.
• Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
• Bilimlarni qanday qilib umumlashtirilgan qoidasi bilan tanishtirish.
• Darsning natijalarini yakunlash.
• Uyga vazifa berish.
Egallagan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (kontrol) darsi.
Nazorat ishi o‘tkaziladigan darsning tuzilishi murakkab emas. O‘qituvchi topshirikdarni e’lon qiladi, o‘quvchi va talabalar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig‘ib olinadi. Nazorat ishining savollari va topshiriklari shunday ifodalanishi kerakki, o‘quvchilarning javoblaridan ular bilimlarni shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham ko‘rinib turishi lozim.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamla-katlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqgisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur..
Hozirgi paytda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmokda. Zamonaviy dars deganda — o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi. O‘quvchi esa, o‘z navbatida, bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ko‘-nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.



  1. Yüklə 122,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin