O’zbekiston milliy universiteti


KURS ISHI MAVZUSINING MAQSADI



Yüklə 122,71 Kb.
səhifə2/11
tarix06.01.2023
ölçüsü122,71 Kb.
#78595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi

KURS ISHI MAVZUSINING MAQSADI. O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta’lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini ko’tarish maqsadida ta’lim mazmunini yangilash yosh avlodni aqliy intellektual rivojlanishini, ta’limning yangi modelini ilmiy pedagogik jihatdan ta’minlangan holda muntazam takomillashtirib borish yetakchi vazifa qilib ko’tarilgan.
Fizika o’quv fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida umumiy ta’lim predmeti sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo’jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat.
KURS ISHI MAVZUSINING VAZIFALARI. O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ana shularga tayangan holda o’qituvchi izlanuvchanlik bilan o’quvchilarga fanga bo’lgan ijodiylik hissini uyg’ota bilishi zarur. Darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlashlariga turli uslublaridan foydalanib erishishimiz zarur. O’qituvchi o’quvchida “Menga fizika zarur, uni bilish, hayotda qo’llashning uddasidan chiqishim kerak”- degan intilishni uyg’otish i zarur. Buning uchun dasrga pedagogik texnalogiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi.

Yüklə 122,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin