113
adsorbsiyalanib mono molekulyar qavat hosil qiladi. Natijada taranglik kamayadi.
Uglevodorodlarning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda anchagina harorat ko‘tarilishi bilan sovunli
eritmani sirt tarangligi kamayadi.
Sirt taranglik: suv 20
0
C da – 73 erg/sm
2
kerosin 20
0
C da – 24 erg/sm
2
spirt 20
0
C da – 22 erg/sm
2
simob 20
0
C da – 472 erg/sm
2
suv 80
0
C da 62 erg/sm
2
Sirt tarangligi past bo‘lganligi uchun har xil moddalarni sovunli eritmasi oson xo‘llaydi .
Shu jumladan oleofil moddalarni ham.
Ko‘piklanish xususiyati.
Ko‘pik – uyali dispers sistema bo‘lib, bunda xavo pufakchalari
sovun pardasi bilan o‘ralgan (46-rasm). Ko‘pik uch komponentli sistema bo‘lib, havo-suv-sirt faol
modda (SFM) dan iborat.
46 – rasm. Ko‘pik zarrachasining tuzilishi
Ko‘pik sirt taranglik kamligida paydo bo‘ladi. Sovunli eritmaning xavo-suyuqlikni to‘tash
yuzasida mustaxkam parda hosil qilish ko‘piklanish xususiyatini belgilaydi, bu ko‘pikning
barkarorligini ta’minlaydi.
Bu xususiyat sovun eritmasini ko‘pik soni bilan xarakterlanadi.
Ko‘pikning barkarorligi – 5 min dan keyin parchalanib ketgan ko‘pik xajmining dastlabki
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Ko‘piklanish xususiyati va ko‘pik barkarorligi sovunning tabiatiga, konsentratsiyaga,
haroratga, elektrolit mavjudligiga bog‘liq.
To‘yingan yuqori molekulali yog‘ kislotalari sovunlari (S
16
,S
18
) mayda yacheykali, lekin
barqaror ko‘pikni hosil qiladi. O‘rtamolekulali yog‘ kislotalari sovuni yirik yacheykali ko‘pikni
hosil qiladi. Yuqori molekulali yog‘ kislotalarini ko‘piklanish xususiyati qizdirilganda ortadi.
Pastmolekulali yog‘ kislotalari sovuni harorat ortganda ko‘piklanish xususiyati kamayadi.
Yuqori molekulali yog‘ kislotalarining kaliyli sovunlari natriyli sovunlarga qaraganda ko‘piklanish
xususiyati yuqori. Aksincha, past molekulali yog‘ kislotalarining natriyli sovuni kaliyli sovunga
nisbatan yaxshi ko‘piklanish xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: