O‘zbek filologiyasi fakulteti 301-guruh talabasi farhodova farangizning kurs ishi mavzu


Asarning xarakteri, tuzilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari



Yüklə 89,57 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü89,57 Kb.
#205672
1   2   3   4   5   6
FARHODOVA FARANGIZ

Asarning xarakteri, tuzilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.


“Bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, mavsiyat yovonini kezgan, oz ozuqliq Robot o’g’uzning qozisi Burhoniddin o’g’li Nosuriddin”. Demak, muallif Xorazmning Roboti o’g’uz degan joyidan bo’lib, u yerda qozilik qilgan. Rabg’o’ziy taxallus shu joy nomidan olingan. SHuningdek, asarda muallif ushbu asarini hukmdor beklardan “Nosiriddin To’q bug’a” degan kishining talabiga muvofiq yaratganini ham aytadi. Bu yerda shu narsa ko’zga tashlanadiki, To’q bug’a bu vazifani topshirishda Rabg’o’ziyning bilim quvvati yozuvchilik mahorati, hayot tajribalari yetarli ekaniga ishonchi bo’lgan. Qolaversa, muntazam izchillikda bayon qilingan tarixiy va afsonaviy voqealar, asarga kiritilgan turkiy she’rlar, arab tilidan qilingan tarjimalar Rabg’o’ziy iste’dodini isbotlaydi. “Qissasi Rabg’o’ziy” asari 709 (1309-1310) yillar atrofida yaratiladi. Muallif asariga asos qilib Qur’onda mavjud bir qator voqealardan, Abu Ishoq Nishopuriyning “Qissasul anbiyo” va boshqa islomga oid manbalardan foydalanadi. “Qissasi Rabg’o’ziy” xarakteriga ko’ra o’ziga xos diniy mohiyatga ega. Asar an’anaviy hamd, na’t bilan boshlanadi. So’ngra yozilish sabablari, o’zi haqida xabar beruvchi qisqa so’z boshi keladi. Asarda hammasi bo’lib 72 ta qissa o’rin olgan. Asar garchi payg’ambarlar haqida bo’lsa-da, muallifning e’tiroficha, insonlar mavjud bo’lmasdan avval ham mavjudlik mavjud bo’lgani uchun voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya’ni avvalgi qissa yer, ko’k, mavjudotlar, jin, dev, parilar hukmronligi, so’ngra insonning yaratilishiga ehtiyoj tug’ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga ega bo’lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma’lum tasavvurlar beradi. Qolgan qissalar payg’ambarlar va payg’ambarlashtirilgan shaxslar to’g’risidadir. Rabg’o’ziy har bir qissaning boshlanishida payg’ambar xakida qisqacha ma’lumot sungra izohlovchi she’r, so’ng nasrda qissaning asosiy mazmuni beriladi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo’lmay, shu voqealar bilan bog’liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir. Masalan, Idris payg’ambar to’g’risida izoh va she’r keltiriladi. So’ngra nasrda uning o’ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma’lum bo’lishicha, Idris payg’ambar ilmu hikmatda, podshohlikda, payg’ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo’lsa, tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da’vat qilib, turli rasm-rusumlarni o’rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini nazarda tutib, o’lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do’zax va jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi. Asarda boshqa payg’ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon qilinadi, rang-barang hikoyatlar keltiriladi. E’tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog’liq hikoyatlar maqsadli muayyan bir g’oyaga bo’ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni Sulaymon Boyqushdan so’radi, nima uchun doim vayronalig’ yerni xohlaysan, nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga qiladigan zulmidan qo’rkaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud payg’ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug’lash g’oyasini ko’ramiz. Bunday g’oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko’rinadiki, Rabg’o’ziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan. Asardan o’rin olgan hikoyatlarning ko’pchiligi real hayot hodisalarini izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi holatga keldi, avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg’alardan biri yerni cho’qalib, o’lgan sherigina ko’rishdan yerga ko’mish odati rusum bo’ldi. SHuningdek, arining g’o’ng’illashi, qaldirg’ochning odamlar orasida bo’lishi, ilonning qurbaqaga o’chligi va hakazolar hayotiy hodisalar bo’lib, izohlovchi hikoyatlardir. Ana shu o’rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy traditsiyalar tutashtiriladi. Qissa va rivoyatlar Rabg’o’ziyning nasrdagi katta mahoratini ko’rsatsa, asardan o’rin olgan g’azal va she’rlarda tabiat ko’rki, qahramonlarni ruhiy holatlarini yorituvchi she’rlar uning nazmdagi mahoratini ko’rsatadi.

Qissasi Rabg‘uziy” matnida she’riy parchalarning o‘rni.


“Qisasi Rabg‘uziy”da arab va turkiy (o‘zbek) tilida she’rlar bitilgan. Asarda g‘azal, ruboiy, qit’a, qasida kabi janrlarda 550 dan ortiq misra she’r mavjud. Bu she’rlar Rabg‘uziyning mohir shoir ekanligidan darak beradi. Shu bilan bu she’rlar yuksak mahorat bilan bitilganki, ular asar muallifining aruz vaznidan yaxshi xabardorligini ko‘rsatadi. Arabcha she’rlarning turkiycha tarjimasi muallif tomonidan amalga oshirilgan. Bu narsa muallifning har ikki tilni mukammal bilgani va bu tillarda baravar ijod qila olganini ko‘rsatadi. Asarda turli hajmda 59 ta she’r bo‘lib, ularning qirqtasi turkiycha (o‘zbekcha), o‘n to‘qqiztasi arab tilida. She’rlar asar mazmunini to‘ldiradi, muallifning g‘oyaviy-badiiy maqsadini yuzaga chiqarishda o‘ziga xos badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular g‘azal, musallas, murabba’, fard singari janrlarning ilk ibtidoiy namunalari bo‘lgani uchun ham mazkur shakllardagi she’rlarning janr talablariga to‘la-to‘kis javob bera olmaydi.


Shunday bo‘lsa-da, bu she’rlar Rabg‘uziy dahosining nafaqat mohir nosir, ayni paytda iste’dodli shoir bo‘lganini ham isbotlaydi.
Asarda arabcha she’rlarning uchrashi tabiiy hol. Chunki, asar Qur’oini Karim va Hadisi shariflar tasirida yuzaga kelgan. Bu she’rlar asar mazmunini to‘ldiradi, g‘oyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi o‘ziga xos badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Asar badiiyati ham o‘ziga xos. She’riy parchalardan tashqari juda ko‘p o‘rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis takrir, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Xususan, sa’j (nasrdagi ichki qofiya) adibning sevimli badiiy vositasi ekanligi ko‘zga tashlanadi. Muallif sa’jdan asosan ta’rif va tavsif o‘rinlarida foydalanadi. Masalan, Idris alayhissalom ta’rifi: “…payg‘ambar alayhissalom ul umri ukush, diyori ko‘shish, Azroilg‘a qotishg‘an, rizvon birla yanashg‘an, dunyodin qushdek uchg‘an, tamug‘g‘a kirib chiqg‘an, Sirotdin yashindek kechg‘an, uchmoh qabug‘in ochg‘an, o‘zi aziz, o‘rni adiz arig‘ zotlig‘, Axnuh otlig‘ Idris yalovoch”6. Asar tarkibidagi nazmiy parchalarning ahamiyatli jihati shundaki, bu she’riy parchalar janrlarning ilk ko‘rinishlarini tashkil qilgan.Asarda g‘azal, musammat, g‘azal-marsiya janrlarining ilk ko‘rinishlari uchraydi. Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi turkiy g‘azal alohida ahamiyatga ega. G‘azal shunday misralar bilan boshlanadi:
Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navro‘zi, Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi.
So‘ng olamning go‘zal bir manzara kasb etgani, atrofning go‘zalligi tavsiflanadi:
Kun kelu ming ko‘rki ortib tirilur o‘lmish jahon, Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.
Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi. Muhimi, ularda Rabg‘uziyning tasavvur kuchi va badiiy mahorati ochiq ko‘rinadi:
O‘rlasa bulutlari gulchirar bog‘-u bo‘ston,

Yüklə 89,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin