O‘zbek filologiyasi fakulteti 301-guruh talabasi farhodova farangizning kurs ishi mavzu



Yüklə 89,57 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü89,57 Kb.
#205672
  1   2   3   4   5   6
FARHODOVA FARANGIZ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
301-GURUH TALABASI FARHODOVA FARANGIZNING

KURS ISHI

MAVZU: “QISSASI RABG‘UZIY” MATNIDA SHE’RIY PARCHALARNING O‘RNI

BAJARDI: FARHODOVA FARANGIZ
TEKSHIRDI: TOJIBOYEVA OZODA

Toshkent – 2023
Reja:


  1. Kirish.




  1. Nosiriddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi.




  1. “Qissasi Rabg‘uziy” asari tahlili.




  1. Asarning xarakteri, tuzilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.




  1. “Qissasi Rabg‘uziy” matnida she’riy parchalarning o‘rni.




  1. Xulosa.



Kirish.
Qur’oni Karimda payg’ambarlar tarixining bayon etilishi, ushbu asarning yozilish tarixi va o’ziga xos jihatlari, tarkibi, qissalar tahlili, janrlar izchilligi va tuzilishi to’g’risida so’z boradi. Islom dinining muqaddas kitobi bo’lmish Qur’oni Karimning vahiy orqali nozil bo’lishi musulmonlarga juda ko’plab o’tmish qissalarini bayon qilib berdi. Bu qissalarda Muhammad sollollohu alayhi vassalamdan ham oldin payg’ambarlar yuborilganligini, ular ham qavmini tavhidga chaqirganligini va qavmining ularga bo’lgan munosabatini, sarkash qavmlar ustiga yuborilgan balolar va ofatlar haqida so’z yuritiladi. Qur’oni Karim nozil bo’lgandan to bugungi kungacha juda ko’plab Qur’oniy qissalar asosida payg’ambarlar tarixi haqida asarlar yozilgan. Dastlabki asarlar arab tilida yozilgan bo’lsa, keyinchalik fors tilida ham bunday qissalar paydo bo’la boshladi. Turkiy tilda yozilgan, payg’ambarlar qissalariga asoslangan eng mahshur asar Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”idir. “Qisasi Rabg‘uziy”da arab va turkiy (o‘zbek) tilida she’rlar bitilgan. Asarda g‘azal, ruboiy, qit’a, qasida kabi janrlarda 550 dan ortiq misra she’r mavjud. Bu she’rlar Rabg‘uziyning mohir shoir ekanligidan darak beradi. Shu bilan bu she’rlar yuksak mahorat bilan bitilganki, ular asar muallifining aruz vaznidan yaxshi xabardorligini ko‘rsatadi. Arabcha she’rlarning turkiycha tarjimasi muallif tomonidan amalga oshirilgan. Asarda arabcha she’rlarning uchrashi tabiiy hol. Chunki, asar Qur’oini Karim va Hadisi shariflar tasirida yuzaga kelgan. Bu she’rlar asar mazmunini to‘ldiradi, g‘oyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi o‘ziga xos badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Asar badiiyati ham o‘ziga xos. She’riy parchalardan tashqari juda ko‘p o‘rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis takrir, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan.



Yüklə 89,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin