Osiyoning iqlimi va ichki suvlari



Yüklə 46,23 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü46,23 Kb.
#176349
  1   2   3   4   5   6   7
O`RTA OSIYONING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI



OSIYONING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI
Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. O’lkadagi iqlim hosil qiluvchi omillar. Havo massalarining turlari va sirkulyasiyasi……………………………………………………………………….5
1.1. Tekisliklar iqlimi……………………………………………………………….5
1.2. O’rta osiyoning ichki suvlari………………………………………………….14
II bob. Agroiqlimiy rayonlashtirsh………………………………………………..18
2.1. Iqlim va ekalogiya muammolari………………………………………………18
2.2. Antropogen omillar ta’sirida iqlimning zamonaviy o’zgarishlari…………….21
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31

KIRISH
Osiyoning shimoliy yarim shardagi barcha geografik kengliklarda joylashganligi uning yer yuzasiga quyoshdan keladigan issiqlikning turli miqdorda tushishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori ekvatorda yiliga xar bir sm2 maydonda 140--160 k kal ni tashkil etadi.
Osiyo ustidagi havo massalarining sirkulyatsiyasi yuqori hamda past bosim markazlarining mavsumiy joylashishiga bog`liqdir. Qish vaqtida materik ustidagi atmosfera bosimining eng muhim markazi Yer sharida qishki iqlimiy markazlarning eng qudratli markazi xisoblangan Osiyo antitsiklonidir. Bu antitsiklondan hamma tomonga sovuq va quruq kontinental mo`tadil havo tarqalib, bir necha tarmoq hosil qiladi. Osiyoning janubi-sharqida qishda sovuq quruqlik bilan iliq okean o`rtasida havo bosimining juda katta grdaiyenti vu-judga keladiki, u quruqlikdan dengizga esuvchi, kuchi va yunalishi barqaror bo`lgan havo oqimlarining, ya`ni qishki kontinental mussonning vujudga kelishiga sabab bo`ladi.
Tinch okeanining shimoliy qismi ustida qishda Aleut minimumi vujudga keladi. U asosan Kamchatkaning sharqiy sohili va Kuril orollariga ta`sir ko`rsatadi.
Subtropik mintaqadagi Tiber va Armaniston tog`liklariga dalandlik antitsiklonlari ta`sir ko`rsatadi va u yerda havo yil bo`yi kuchli darajada sovib turadi.
Osiyoning O`rta dengiz bo`ylarida, Arabistonning shimolida, Eron tog`ligining janubi va Panjobda ko`pincha bosim yuqori, lekin balandlik antitsiklonlaridagiga qaraganda pastroq bo`ladi. Mo`tadil va tropik havolar frontida siklonlar kuchayib, ular to Himolaygaa yetib borishi mumkin va yo`lda yog`inlarga sabab bo`ladi. Janubiy Osiyo ustida passat sirkulyatsiyasi, ya`ni qishki musson shakllanadi.
Yozda atmosfera bosimi mintaqasi o`zgarishi bilan birga havo oqimlari ham o`zgaradi. Panjob, Eron tog`ligining janubiy yarmi, Rabiston yarim orolining janubiy va markaziy qismlari ustida past bosim vujudga kelib bu bosimni Old Osiyo depressiyasi deb ataladi. Bu bosim markazi tomonga Hind okeanidan nam havo esib Hind mussonini hosil qiladi.Hind okeani ustidagi janubiy tropik antitsikloni bu mussonni kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu musson shamollari Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo ustida hukmronlik qiladi, G`arbiy Pokiston va Rajasxanda Arabiston va Erondan kontinental havoning depressiyaga tortilishidan qurg`oqchil iqlim shakllanadi. Markaziy Osiyo ustida past bosim vujudga keladi, lekin qator tog` tizmalari bu yerga Hind va Tinch okeanlaridan havo massalarini kirib kelishiga yo`l qo`ymaydi. Sharqiy Osiyoga Gavayi antitsiklonining g`arbiy chekkasidan dengiz tropik havosi kirib keladi.
Kichik Osiy va Levant (Suriya, Isroil, Livan) sohillari Azor maksimumi ta`sirida qoladi va iqlimning quruq va issiq bo`lishiga sabab bo`ladi.
Osiyo iqlimining qaror topishida, uning cho`llari iqlimining, xususan baland tog` tizmalari va berk tog`lar iqlimining, shakillanishida relyef juda katta rol o`ynaydi. Yuqorida qayd qilib o`tilganidek, Markaziy Osiyo iqlimining arid iqlim ekanligiga ko`p jihatdan uning okeanlardan uzoqligi va orografik jihatdan berk xavza ekanligi sabab bo`lgan.
Okean oqimlaridan materikning sharqiy qirg`oqlari bo`ylab oquvchi Kuro-Sivo iliq oqimi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu oqim ta`sirida materikning sharqida iqlim mintaqalari bir oz shimolda joylashgan. Shimoliy Amerika qirg`oqlari yaqinidagi Golfstrim oqimi kabi Kuro-Sivo oqimi ham 35-36 shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimoli-sharqka qarab buriladi. Shuningdek Osiyoning shimoli-sharqiy sohillariga Sovuq Kuril oqimi kata ta`sir ko`rsatadi. Bu oqim Kuril orollarining janubidan o`tgan Oya-sivo nomini oladi. 


Yüklə 46,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin