O‘simlik karantinini maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi. O‘zbekistonda karantin xizmatini tashkil etilishi



Yüklə 28,89 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü28,89 Kb.
#194755
1   2   3   4
O‘simlik karantinini maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi O‘zbekistonda

Savollar:
O‘simlik karantinini maqsadi va vazifalarini aytib bering?
O‘simliklarni karantin xizmati qachon tashkil topgan?
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantin bo‘yicha davlat xizmatiga kim rahbarlik qiladi?
O‘zbekiston Respublikasining karantin to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilindi?
Karantin to‘g‘risidagi qonun nechta moddadan tashkil topgan?


O‘zbekiston respublikasi xududini karantindagi zararkunandalari, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza qilish qoidalari.
Reja:
Karantin tadbirlarga taalluqli yuklar va materiallar.
O‘zbekiston respublikasiga karantin ostidagi import mahsulotlarini olib kirish qoidalari.
Karantin ostidagi materiallar va transport vositalarini zararsizlantirish, tozalash va qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik.
Adabiyotlar: II. 19 - 39 bet.
1. Karantin tadbirlar quyidagi yuklar va materiallarga taalluqlidir:
qishloq xo‘jalik ekinlari, o‘rmon hamda manzarali ekinlarning urug‘lari va ko‘chatlariga, o‘simliklar hamda ularning qismlariga (qalamchasi, poyalari, piyozi, ildizpoyasi, tugunagi, ildizmevasi, tuvakda o‘stiriladigan ko‘chatlar, kesilgan gullar va shu kabilarga);
yangi sabzavotlar, mevalar va rezavorlarga;
oziq - ovqat, yem hashak va texnika donlari hamda ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga, kopra, solod, taxtakunjara, kunjara, paxta tolasi, zig‘irpoya tolasi va boshqa o‘simliklar tolalari, dori-darmon uchun xomashyo o‘simliklar, shuningdek teri xomashyosi va junga;
Sholi (tozalangan va tozalanmagan) yong‘oq, yeryong‘oq, un yerma, kofe (donli), dukkakli kakao, quruq meva va sabzavot, tamaki, o‘tkir hidli o‘simliklar, shakar (xom ashyosi) va dorivorlar;
o‘simlik kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi hamda o‘simliklarga zarar yetkazuvchi tirik zamburug‘lar bakteriyalar, viruslar, nematodalar, kana va hashoratlarga, o‘simlik mahsulotlariga;
o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarga, hashorat kolleksiyalari, gerbariylar va urug‘lik kolleksiyalariga;
pochta jo‘natmalaridagi, yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajidagi o‘simliklarga;
o‘simliklardan tayyorlangan idishlar, yog‘och materiallari, ayrim sanoat mollari, upakovka vositalari hamda barcha o‘simlik mahsulotlariga, monolitlarga va tuproq namunalariga;
yem-hashak, pichan, chorva uchun omuxta ozuqalar shuningdek karantin ostidagi zonalardan hayvonlarni tashishda foydalaniladigan to‘shamalarga;

Yüklə 28,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin