Mavzu: Kimyoning jamiyatdagi orni



Yüklə 24 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü24 Kb.
#96276
Kimyoning jamiyatdagi orni


Mavzu: Kimyoning jamiyatdagi orni

Reja :
1. O’zbekistonda kimyo faninig rivojlanishi.


2. O’zbekistonda kimyo sanoati.
3. O’zbek 11 ta kimyo sanoati mahsulotlariga bolgan talab va ehtiyojlarini organish.
O’zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda oz hissasini qoshgan , oz maktabini yaratgan, dunyo tanigan olimlarimiz juda kop. Davlatimiz ilm fanining ochogI M Ulugbek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti O’zbek kimyogar olimlarini etishtirgan ilm maskanidir.
O’zbek kimyogar olimlaridan Sobir Yunusovich Yunusov - 1935 yilda Orta Osiyo Davlat universiteti kimyo maktabining asoschisi.
1955 yildan boshlab halqaro kongreslarda (Shvetsariya , Fransiya , Angliya , Hindiston va boshq) alkaloid va osimlik moddalari yuzasidan ilmiy dokladlari bilan qatnashashgan. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq osimlik tadqiq qilinib, 245 alkaloidlarning tuzilishi isbotlandi. Sitazin, galantamin , papaverin , protonin kabi dori moddalar tibbiyotda keng qollanilmoqda.
Handam Usmonovich Usmonov - akademik , kimyo fanlari doktori , ilmiy ishlari selyuloza kimyosi va fizikasi , , pazta tolasi , linti , paxta qoldiqlari va ftor polimerlarga bagishlangan , u boshchiligidagi olib borilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan .
Shukur Tolipovich Tolipov - kimyo fanlari doktori , akademik . Ftor birikmalarining kimyoviy analizda qollanilishi boyicha ilmiy ishlar olib borilgan.
Obid Sodiqovich Sodiqov - organic , bioorganic va tabiiy birikmalar sohasidagi olim , akademik , tabiiy birikmalar kimyosi sohasida oz maktabini yaratgan alloma.
Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xojaligi , qishloq xojaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bolgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Shortan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral ogitlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , fargona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O’zbekiston iqtisodiyotida tola mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
O’zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilgor chet el texnologiyalarni ozimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bogliqdir. XXI asr bosagasida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bolib qolyapti.
O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O’zbekiston XXI asr bosagasida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir “ .
Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xojalik chiqindilari yigilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yigilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xojaligi uchun foydali bolgan mahsulotlar ishlab chiqarish , chuqindilarni zararsizlantirish togrisida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.
Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin