Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Xavfsizlik qoidalari: O‘tkir tig‘li buyumlardan foydalanganingizda ehtiyot bo‘ling. Kattalar yordamidan foydalaning.
Kerakli jihozlar
Bajarish tartibi
1,5 l li baklajka
2ta plastmassa naycha
1ta katta shar
2ta kichik shar
Qaychi
Skotch
Plastelin
Baklajkaning pastki qismini kesib tashlang.
Plastmassa naycha uchiga kichik sharlarni skotch yordamida mahkamlang.
Baklajka qopqog‘ini qaychi yordamida teshing va ikkita naychani teshikdan o‘tkazing. Teshik atrofini plastelin bo‘laklari yordamida berkiting.
Katta sharni yarmidan kesib, baklajkaning kesilgan tomoniga kiydiring va skotch bilan mahkamlang.
Katta shar pastga tortilganda va ichkariga itarilganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzating.