Ona tili Sodda yasama sifat qatnashgan javobni belgilang



Yüklə 18,37 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü18,37 Kb.
#196950
@Respublika filologlari. Majburiy ona tili 08.08.2023




Ona tili
1. Sodda yasama sifat qatnashgan javobni belgilang.
A) Osmono‘par koshonalar, imoratlar
shaharning ko‘rkiga ko’rk qo‘shayotgani hech
kimga sir emas.
B) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi
chirigan qovunga o‘xshaydi.
C) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir
qizillik o‘ynaydi.
D) Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevasi bor
daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.


2. Qaysi gapda sabab ravishdoshi qatnashgan?
A) Kecha bog’ga olma tergani borganimizni onam sezib qolishibdi, afsuski.
B) Ukam mendan uyalib, do’stlari va og’a-inilari davrasida bu mavzuda gap ochmadi.
C) Hovlida chol va kampir o’smir chog’laridagi voqealarni suhbatlashgancha o’tirishardi.
D) Akauka maslahatlashib, tong otguncha shu yerda qolishga qaror qilishdi.


3. Qaysi gapdagi // belgisi o’rniga vergul qo’yilishi kerak?
A) Otasi // viloyat hokimining o’ng qo’li, unch-muncha odamga gapi o’tadi.
B) Telefon insonlarning onlayn muloqotida foydali xizmat qiladi // kompyuter esa telefondan ham qudratli ishlarni amalga oshiradi.
C) Hamma gap // mening yo’qligimda.
D) To’y // bahor kelganda.


4. Orttirma darajadagi sifat qaysi gapda qatnashgan?
B) U duduq, xiyla duduq bo‘lishiga qaramay sho‘x, xushchaqchaq, yaxshi askiya ham qilar ekan.
B) Gugurtcho‘p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko’zlarini bir zum yoritib, asta-asta pasayib o‘chadi.
C) Kalishlarni kiyib olaman. – ancha katta-ku! –
deyman sevinganimdan entikib.
D) Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi.


5. Barchasidan qovun soz, paykar uzra dumalar.
Ushbu gapda ko’makchi qanday ma’noviy vazifa bajargan?
A) maqsad
B) holat
C) o’rin
D) yo’nalish


6. Qaysi javobda to’ldiruvchi ajratib ko’rsatilgan?
A) Cho‘l-u biyobon. Keng, ulug‘vor sahrolar ufqdan-ufqqa tutashgan.
B) Kuz fasli. Shamollar mayin, yoqimli esadi.
C) Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi.
D) U qaysi kuni qaysi ovqat yeganini ham bilardi hatto.


7. O‘zbe…chilik! Qanday sodda, qanday qalbga
yaqin, qanday samimiy, qan…ay ja…okash bu so‘z!
To… qorong‘usida turib ko‘cha supurayotgan
kelinchakning supurgisi shu so‘zni qo‘shiq qilib
aytayotganday go’yo.
Nuqtalar o’rniga qaysi undoshni qo’yib bo’lmaydi?
A) til oldi undoshi
B) chuqur til orqa undoshi
C) til orqa undoshi
D) lab undoshi

8. Qaysi qatorda berilgan so’zlarning barchasida


imloviy xatolik mavjud?
A) hamroh, ohang,
B) suhbat, ihtiyor
C) xavas, bulit
D) mahalla, qahramon


9. Qaysi qatorda fe’lli so’z birikmasi qatnashgan?
A) Olib borayotgan ishimiz juda nozik, g’oyatda qo’rqinchli edi.
B) Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hammayoq jimjit edi.
C) Yangilangan dunyoda o’zbekdir eng orzumand xalq.
D) U turmushidan, o’tgan umridan rozi lekin ana shu rozilikni tushuntirib berolmasdi.


10. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamasi mqatnashgan?
A) Ertaga biz bilan bozor aylanishga siz ham borasiz-a?
B) Oldimdan go’yo sharpa o’tganday bo’ldi.
C) Sen ham, men ham shunga ishonibmiz, afsus.
D) Kechagina oqshomlari oy to'lib nur sochar edi.
Test muallifi: Muhammadrizo Jabborov


Yüklə 18,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin