Ommaviy oferta shartnomasi


V. BANK KARTASIDAGI MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH VA HISOBDAN CHIQARISH



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
yangi taxrir oferta shartnoma

 
V. BANK KARTASIDAGI MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH VA HISOBDAN CHIQARISH
TARAFLAR O‘RTASIDA HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH 
5.1. Mijoz bank kartasida mavjud mablag‘lardan savdo nuqtalarida o‘rnatilgan to‘lov terminallari
bankomatlar, elektron to‘lov tizimlarining mobil ilovalari (va hokazo) orqali to‘lov summasini ko‘rsatgan holda 
bank kartasi PIN-kodini yoki SMS-xabarnoma orqali kelgan tasdiq kodini tegishli qurilmaga yoki mobil 
ilovaga kiritish orqali foydalanadi. 
Mijozning ruxsati bilan boshqa shaxslar ham bank kartasidan foydalanilishi mumkin. Bank kartasi PIN-
kodi yoki Mijozning SMS-banking tizimiga ulangan telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali kelgan tasdiq 
kodi Mijoz tomonidan boshqa shaxslarga maʼlum qilinishi Mijozning ruxsati deb hisoblanadi. 
5.2. Mijozning majburiyatlari bo‘yicha undiruv Mijozning bank hisobvaraqlariga qaratilganida, bank 
tomonidan vakolatli organining tashabbusi bilan Mijozning bank kartasidan undiruv uchun yetarli bo‘lgan 
mablag‘lar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi va vakolatli organ tomonidan ko‘rsatilgan 
hisobvaraqlarga o‘tkazib beriladi. 
5.3. Mijoz avtoto‘lov xizmatidan foydalanuvchi tijorat banklaridan yoki boshqa yuridik shaxslardan 
olgan qarz\kredit yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilgan tovar (ish, xizmat) uchun to‘lovlar bank 


 
 
Ichki meʼyoriy hujjat 

м
kartasidan avtoto‘lov xizmati orqali Mijozning qo‘shimcha roziligisiz avtomatik (inson omilisiz) hisobdan 
chiqariladi va tegishli to‘lovni oluvchining hisobiga o‘tkaziladi. 
Ushbu qoida Mijoz uchinchi shaxslarning tijorat banklaridan yoki boshqa yuridik shaxslardan olgan 
qarz\kredit yoki tovar (ish, xizmat) haqi to‘lanishini birgalikda qarz oluvchi, kafil va hokazo tarzda o‘z 
zimmasiga olgan bo‘lsa ham qo‘llaniladi. 
5.4. Bank va boshqa to‘lov tizimlari xizmat haqlari tegishli xizmat ko‘rsatilgan sanada amalda bo‘lgan 
Bank tariflarida hamda qoidalarda belgilangan tartibda va miqdorda Bank karta hisobvarag‘idan akseptsiz 
hisobdan chiqariladi. Mijoz ko‘rsatilgan xizmatlar haqini boshqa hisobvaraqlardagi mablag‘lardan naqd yoki 
naqd pulsiz shaklda ham amalga oshirishi mumkin. 
Bank kartasini ochish uchun undiriladigan to‘lovlar Mijoz xohishiga ko‘ra bank kassasiga naqd va 
naqdsiz ko‘rinishda oldindan to‘lanishi yoki bank karta hisobvarag‘iga dastlabki kelib tushgan pul mablag‘idan 
bank tarifi bo‘yicha avtomatik tarzda undirib olinishi mumkin. 
5.5. Bank tariflariga bank tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bank tariflariga kiritilayotgan 
o‘zgartirishlar haqida Bank Mijozni, o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 kun oldin bankning korporativ 
www.ipotekabank.uz veb saytida eʼlon joylashtirish va Mijozning SMS-banking tizimiga ulangan mobil ilovasi 
telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborish orqali xabardor qiladi. 
Mijozning Bankka bog‘liq bo‘lmagan (telefon raqamining ish faoliyatida emasligi va hokazo) sabablarga 
ko‘ra bank tariflariga o‘zgartirishlar kiritilganligidan xabarsiz qolishi, bankka o‘zgargan tariflar bo‘yicha 
xizmat haqi undirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Mijozning o‘zgargan tariflar bo‘yicha bank xizmatlaridan 
foydalaninishi Mijozning bank tariflariga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi ekanligini bildiradi. 

Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin