Ommaviy oferta shartnomasi


VII. MIJOZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
yangi taxrir oferta shartnoma

 
VII. MIJOZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
7.1. Mijozning huquqlari: 
7.1.1. bank karta hisobvarag‘ini naqd va naqdsiz mablag‘lar bilan to‘ldirish; 
7.1.2. qoidalar va ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar va tartibga asosan bank kartasi orqali 
amaliyotlarni amalga oshirish; 


 
 
Ichki meʼyoriy hujjat 

м
7.1.3. bankdan bank kartasidan foydalanish qoidalari hamda ular orqali amaliyotlarni amalga oshirish 
bo‘yicha Mijoz va bankning javobgarlik chegarasi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni olish; 
7.1.4. bankdan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha amaliyotlar to‘g‘risida to‘liq axborot olish 
va amaliyotlarning to‘g‘riligini tekshirish; 
7.1.5. bank karta hisobvarag‘ini tasarruf etish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha bank kartalarini 
chiqarish va rasmiylashtirishni Bankdan so‘rash; 
7.1.6. bank kartasidan unda ko‘rsatilgan muddat davomida foydalanish; 
7.1.7. o‘z javobgarligi ostida boshqa shaxslarga bank kartasidan foydalanish va bank karta 
hisobvarag‘ida mablag‘larni tasarruf qilish imkonini berish; 
7.1.8. bank karta hisobvarag‘ini kelgusida yopish sharti bilan bank kartalaridan foydalanishni rad etish
7.1.9. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish. 
 
7.2. Mijoz majburiyatlari: 
7.2.1. bank kartasidan foydalanishdan avval ushbu shartnoma va qoidalar bilan tanishib chiqish hamda 
ushbu shartnoma va qoidalar talablariga so‘zsiz rioya qilish; 
7.2.2. bank kartasini ushbu shartnomaga muvofiq olganidan so‘ng unga o‘zining PIN-kodini o‘rnatish; 
7.2.3. SMS-banking tizimiga ulangan telefon raqami ish holatida bo‘lishini va ushbu telefon raqamiga 
yuborilayotgan SMS-xabarnoma bevosita Mijozning o‘zi tomonidan o‘qilishini taʼminlash; 
7.2.4. bank kartasiga o‘rnatilgan PIN-kodni yoki Mijozning SMS-banking tizimiga ulangan telefon 
raqamiga SMS xabarnoma orqali kelgan tasdiq kodini boshqa shaxslarga maʼlum qilganlik yohud boshqacha 
usulda bank karta hisobvarag‘idagi mablag‘larni tasarruf qilish imkonini boshqa shaxslarga berganlik 
oqibatlari uchun shaxsan javob berish; 
7.2.5. bank karta hisobvarag‘idagi mablag‘lardan hisobvaraqda turgan mablag‘lar doirasida 
foydalanilish; 
7.2.6. qoidalarda va mazkur shartnomada nazarda tutilgan holatlarda bankning so‘roviga ko‘ra, bank 
karta hisobvarag‘i orqali o‘tkazilayotgan amaliyotlar haqidagi qo‘shimcha maʼlumotlarni va yozma 
tushuntirishlarni taqdim qilish
7.2.7. bank kartasi yo‘qotilgan, o‘g‘irlangan yoki beruxsat foydalanilgan holatlarda bank kartasi orqali 
amaliyotlarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish uchun darhol Bankka murojaat qilish yoki ushbu 
amaliyotni bankning mobil ilovasi orqali mustaqil amalga oshirish
7.2.8. Mijozni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar (masalan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va 
undagi maʼlumotlar) o‘zgarganda mazkur hujjatlar nusxalarini 3 bank ish kuni mobaynida Bankka taqdim 
etilishi; 
7.2.9. bank kartasi orqali bajarilgan amaliyotlar uchun bank xizmatlari haqini bank tariflarida nazarda 
tutilgan tartibda va miqdorda to‘lanishini taʼminlash. 

Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin