Ommaviy oferta shartnomasi


II. SHARTNOMANING PREDMETI



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
yangi taxrir oferta shartnoma

 
II. SHARTNOMANING PREDMETI 
2.1. Bank ushbu shartnomaga va qoidalarga muvofiq Mijozga bank karta hisobvarag‘ini ochib beradi va 
hisobvaraqdagi mablag‘lardan hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanish uchun bank kartasi taqdim qiladi 
hamda bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Mijoz bank kartasidan qoidalarga amal qilgan holda foydalanadi hamda 
bank tariflariga muvofiq bank xizmatlari haqini to‘laydi. 
 
III. SHARTNOMANI AKSEPTLASH TARTIBI 
3.1. Mijoz ushbu oferta qilingan shartnomani: 
a) Bank tomonidan taqdim qilingan bank kartasini chiqarish haqidagi ariza blankasiga shaxsga doir va 
boshqa maʼlumotlarni kiritish va uni imzolash; yoki 
b) bankning korporativ-sayti yoki mobil ilovasining bank kartasini chiqarishga masofadan turib ariza 
berish imkonini beruvchi amaliyotlar qadamma-qadam bajarish; yohud 
v) bank tomonidan shartnoma yangi tahrirda oferta qilingan kundan boshlab 10 kalendar kunidan so‘ng 
bank kartasidan foydalanishni davom ettirish orqali akseptlaydi
3.2. Mijoz ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni bajargan paytdan boshlab aksept 
olingan va ushbu shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
3.3. bank kartasi amal qilish muddati davomida bankning mulki hisoblanadi, u amal qilish muddati 
tugagandan so‘ng yoki almashtirilganda yohud bankning talabi bo‘yicha qaytarilishi lozim. 


 
 
Ichki meʼyoriy hujjat 

м
3.4. Shartnoma Mijozga bank karta hisobvarag‘i ochilgan bank filiali joylashgan yerda tuzilgan 
hisoblanadi. 
 
VI. BANK KARTASINI CHIQARISH VA ULARGA 
XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI 
4.1. Bank ushbu shartnomaning 3.1-bandiga muvofiq Mijozning akseptini olgan bank ish kunidan 
keyingi bank ish kunidan kechiktirmay Mijoz nomiga bank karta hisobvarag‘ini ochadi hamda 3 kunlik 
muddatda bank kartasini chiqaradi: 
4.2. Chiqarilgan bank kartasi Mijozga yoki uning ishonchli vakiliga, Mijoz identifikatsiya qilinganidan 
so‘ng qoidalarda belgilangan tartibda taqdim etiladi. 
4.3. Bank kartasi kuryerlik xizmati orqali qo‘shimcha xizmat haqi evaziga yetkazib berilishi ham 
mumkin. Qo‘shimcha ximat haqining miqdori Bank tariflarida belgilanadi. 
4.4. Bank kartasining muddati, bank kartasining old tomonida ko‘rsatiladi (masalan: 03/24.- 31 mart 
2024 yil soat 23:59ga qadar). Ushbu muddat o‘tganidan so‘ng bank kartasi avtomatik ravishda bloklanadi. 
4.5. Bank tomonidan bank kartasini chiqarish qoidalarda belgilangan asoslarga ko‘ra rad qilinishi 
mumkin. 
4.6. Bank kartasi Bank tomonidan qoidalarda belgilangan hollarda yoki vakolatli organ tashabbusi bilan 
bloklanishi mumkin. 
4.7. Mijoz bevosita Bankka yozma ravishda yoki Bankning masofaviy bank xizmati tizimlari 
imkoniyatlaridan foydalangan holda xabarnoma yuborish orqali bank kartasi bloklanishini so‘rashi mumkin. 
4.8. Bank kartasining PIN-kodi 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganida bank kartasi avtomatik ravishda 
bloklanadi. 
4.9. Qoidalarga binoan bank karta hisobvarag‘ida saqlanishi majburiy bo‘lgan pul mablag‘larining 
minimal qoldig‘i shakllantiriladi. 
4.10. “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki 
nazorat” qoidalariga muvofiq bank kartalari bo‘yicha amaliyotlar to‘xtatib turilishi mumkin. 
4.11. Bank kartasi hisobvarag‘idan chiqim qilingan eʼtirozli amaliyotlar bo‘yicha Mijoz bankka yozma 
eʼtiroz taqdim qilishi lozim. 
4.12. Bank Mijozning eʼtirozlarini tegishli to‘lov tizimining qoidalarida belgilangan tartibda va 
muddatlarda ko‘rib chiqadi. 

Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin