Oliy va o’rta



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə63/85
tarix18.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#100056
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
5 61 12 01 Рақамли ахборотни қайта ишлаш аналитиги дастурлар

O‘quv rejasiga
muvofiq o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Umumkasbiy va maxsus fanlar

O‘qitishni tashkiliy shakli

N – nazariy ta’lim; A – amaliy ta’lim;
NA – nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; MX – maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan
talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq

      1. O‘quv dasturi mazmuni








Mavzuning nomi



Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Fanga kirish. Tuproqshunoslik va agrokimyo fanining rivojlanish tarixi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonining umumiy sxemasi va

Tuproqshunoslik va agrokimyo fanining rivojlanish tarixi. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, tuprokshunoslik va agrokimyo bo‘yicha xukumat qarorlari;
Organik o‘g‘itlarning atrof muxitga ta’siri; Ekologik omillar, qishloq xo‘jalik ekologiyasi va oziq – ovqat muammolari;
Tuproqshunoslik va agrokimyo fanining rivojlanish tarixi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi.

2


N


1




tuproq profilining shakllanishi.

Tuproqning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari, geografik tarqalish qonuniyati. Tuproqshunoslik fanining rivoj-lanish tarixi. O‘zbekiston tuproq- larini o‘rganishda olimlarning roli.
Tuproq paydo bo‘lish jarayonining mohiyati. Tuproq qatlamlari va uning xosil bo‘lishi Tog‘ jinslarining nurashi va tuproq xosil bo‘lish jarayonlari tasirida tuproq paydo qiluvchi yotqiziqlar; tuproq xosil bo‘lishi, nurash turlari. Tuproqdagi asosiy jinslar, minerallar. Birlamchi minerallar va ikkilamchi minerallarning xosil bulishi. Tuproq profilining tuzilishi, tuprokning morfologik belgilari.










2

Tuproqning mexanik tarkibi, umumiy fizik xossalari.

Mexanik elementlarning kelib chiqishi va tuproqning mexanik tarkibi. Mexanik elementlarning xossalari. Mexanik elementlar klassifikatsiyasi. Tuproq qattiq qismi fazasining solishtirma massasi. Tuproqning hajm og‘irligi. Tuproqning g‘ovakligi. Tuproqning umumiy fizik xossalari.

2

N

1

3

Tuprok strukturasi, tuproqning havo, suv va issiklik xossalari va rejimi.

Tuproq strukturasi haqida tushuncha. Tuproq strukturasining turlari. Strukturasining hosil bo‘lishi. Strukturaning agronomik ahamiyati. Tuproqning nam sig‘imi va uning turlari. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi. Tuproqning havo, suv va issiklik xossalari va rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.

2

N

1

4

Tuproqning kimyoviy va organik qismlarining ahamiyati.

Tuproq organik qismining hosil bo‘lishi, tarkibi va xususiyati. Tuproq gumusi, uning tarkibi va xossalari, tuproq paydo bo‘lishida, evolyusiyasida va tuproq unumdorligida gumusning ahamiyati. Gumus paydo bo‘lishidagi hozirgi zamon qarashlari. Gumus organik modda tarkibini o‘zgaruvchan qismi. Gumusning tuproq paydo bo‘lish jarayonidagi va unumdorligidagi ahamiyati.

2

N

1

5

Tuproqdagi turli organizmlarning tuproq hosil bo‘lishidagi va tuproq
unumdorligidagi ahamiyati.

Yashil o‘simliklar tuproq organik qismini hosil qiluvchi asosiy manba xisoblanadi. O‘simlik qoldiqlarining kimyoviy tarkibi. O‘simlik qoldiqlari tuproq paydo qiluvchi jarayonining energetik manbai. Tuproqdagi turli xil makro, mezo va
mikroorganizmlar, tuproq hosil bo‘lishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.

2

N

1

6

Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproq singdirish qobiliyati.

Tuproq unumdorligi va uning turlari, axamiyati, tuproqda kechadigan ko‘plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog‘liqligi haqida. Tuproq unumdorligi turlari: sun’iy, potensial, effektiv, nisbiy, iqtisodiy unumdorliklar va ular to‘g‘risida tushunchalar tuproq unumdorligini tiklash va oshirish borasidagi hozirgi zamon talablari va asosiy chora tadbirlar.
Tuproqdagi singdirish sig‘imi, tuproqdagi kolloid zarrachalar miqdori. Tuproq reaksiyasi. Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi. Tuproq buferligi, uning agronomik ahamiyati.

2

N

1

7

Tuproq genezisi, tasnifi, tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari.
O‘zbekiston hududi tuproqlarining okruglar bo‘yicha geografik rayonlashtirish.

Tuproq genezisi, tasnifi (klassifikatsiyasi). Tuproqlarni-geografik rayon-lashtirishda taksonomik birliklar sistemasi. Agrotuproq rayonlashtirish tartiblari, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, unumdorlik turlari.
Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari ularda sodir bo‘ladigan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarning potensialligi. Tuproq hosil qiluvchi omillar. Tuproq paydo bo‘lishdagi insonlar ishlab chiqarish faoliyatining o‘rni.
Tuproqlarni okrug va viloyatlar bo‘yicha ta’svirlash. Tuproq genezisi, tasnifi, geografiyasi va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish. O‘zbekiston xududidagi tuproqlarni geografik rayonlashtirish. O‘zbekistonning xududlari bo‘yicha okruglarga bo‘linishi va tuproqlarining tavsifi va qishloq ho‘jaligida viloyatlar tuproqlaridan foydalanish. Respublikamizda tarqalgan sug‘oriladigan, lalmi,
yaylov va pichanzorlari bo‘yicha ma’lumotlar.

2

N

1

8

O‘zbekistonning cho‘l zonasi tuproqlari.
Gidromorf tuproqlar.

Cho‘l mintaqasining tabiiy sharoiti: iqlim, o‘simlik, geomorfologik tuzilishi va tuproq paydo qiluvchi ona jinsi. Mintaqada uchraydigan tuproqlar. Sur- qo‘ng‘ir tusli tuproqlarni taqirlar va taqirli va cho‘l qumli tuproqlar. geografik tarqalishi, kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi, xususiyati, tasnifi, qishloq xo‘jaligida foydalanish yo‘llari.
Gidromorf tuproqlar tabiata introzonal qonuni bo‘yicha tarqalishi, kelib chiqishi o‘ziga xos tuproq paydo bo‘lish jarayoni. Cho‘l mintaqasidagi gidromorf tuproqlar, tarqalishi tabiiy sharoiti iqlimi, o‘simligi, geomorfologik tuzilishi, tasnifi, tarkibi xususiyatlari. Qishloq xo‘jaligida foydalanish va unumdorligini oshirish choralari.

2

N

1

9

Bo‘z tuproqlar.

Bo‘z tuproqlarning tarqalishi genezisi, tasnifi. Tarqalishi, chegarasi iqlimi, o‘simligi, relefi va geomorfologik tuzilishi. Kelib chiqishi, tuproq paydo bo‘luvchi jarayonining o‘ziga xosligi,
qatlamining tuzilishi, tarkibiy qismi, tasnifi

2

N

1







(mexanik tarkibi, sho‘rlanishi, eroziyaga uchrashi sho‘rtoblanishi bo‘yicha).
Och tusli bo‘z tuproqlar. Tipik bo‘z tuproqlarning tarqalishi va xossalari. To‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalishi va xossalari. Tog‘ va tekislik tuproqlar xossalari va qishloq xo‘jaligida foydalanish.
Qishloq xo‘jaligida foydalanishi va unumdorligini oshirish yo‘llari.










10

Tog‘ tuproqlari.

O‘zbekistondagi tog‘ tizmalari va tog‘lar. Tabiiy- iqlim, relef sharoitlarining murakkabligi va tuproqlarining xilma-xilligi. Tog‘ tuproqlarini tarqalishii, tog‘ sistemasining o‘ziga xos qonuniyatlari. Tog‘ tuproqlarining tip va tipchalarini tuzilishi, xossalari va qishloq xo‘jaligida tog‘ tuproqlaridan foydalanishni o‘ziga xosligi. Tog‘ tuproqlarining paydo bo‘lishi. O‘zbekiston tog‘ tuproqlarining genezisi, evolyusiyasi va klassifikatsiyasi. Tog‘ tuproqlarining eroziyasi, muhofazasi va tog‘ tuproqlaridan oqilona foydalanish. To‘q tusli bo‘z tuproqlar. Jigarrang
tuproqlar. Qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari.

2

N

1

11

MDX tuproqlari. Tayga-o‘rmon zonasi va o‘rmon- dasht zonasining qora tuproqlari.

MDH xududida tarqalgan tuproqlar. Podzol tuproqlar, chimli va chimli – podzollashgan tuproqlar. Chimli tuproq paydo bo‘lish jarayoni. Chimli tuproqlar va ularning tarqalishi, qatlamlarining tuzilishi, tasnifi. Chimli podzol tuproqlar, ularni paydo bo‘lishi va tarqalishi, qatlamlarning tuzilishi, tasnifi, tarkibi va xususiyati. Botqoqli tuproqlar. Botqoq tuproqlarning hosil bo‘lish jarayoni. Botqoqlanish turlari. Botqoq tuproqlar, ularning tarqalishi va maydoni tuzilishi, tarkibi, tasnifi va xususiyatlari.
Kashtan tuproqlar. Moddalarning biologik aylanishidagi o‘ziga xosligi. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash va suv rejimini boshqarish. Suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash. Sho‘rlangan tuproqlar. Sho‘rxoq va sho‘rxoqlangan tuproqlar melioratsiyasi.
Qora tuproqlarning genezisi, tarqalishi, chegarasi va maydoni. Tabiiy sharoiti: iqlim, o‘simlik, geomorfologik tuzilishi va tuproq ona jinsi. Qora tuproqlar qatlamining tuzilishi, mexanik va mineralogik tarkibi, kimyoviy tarkibi va suv-fizik xususiyatlari. O‘tloqi-qora tuproqlar, ularning hosil bo‘lishi tasnifi, mintaqa tuproqlarining kompleksliligi. Qora tuproqlarning unumdorligi.

2

N

1

12

Amerika tuproqlari va Nam subtropik
zonasining qizil

Amerika tuproqlarining tiplari. And tuproqlari (andsoils) va ularning xossalari.
Nam subtropik zonasining qizil va sariq (ferrolit) tuproqlarining tarqalishi va maydoni. Tabiiy iqlim-

2

N

1




va sariq
tuproqlari.

sharoitilari. o‘simlik, geomorfologik tuzilishi, ona
jinsi kelib chiqishi, tarkibi, xususiyati va tavsifi.










13

Tuproqning sho‘rlanishi, eroziyasi, degradatsiyasi va unga qarshi kurash. Tuprok muhofazasi

Sho‘rlangan tuproqlar haqida ma’lumot. Sho‘rhoklar, sho‘rtoblar, solodlarni tabiatda tarqalishi. Zararli tuzlarning kelib chiqishi manbai, tarkibi. Tuzlarning tasnifi. O‘zbekistonda sho‘rlangan tuproqlar-ning xozirgi holati va ularning genezisi va geografik tarqalishi.
Tuproq eroziyasi va degradatsiyasining turlari va unga ta’sir etuvchi omillar. Tuproq eroziyasi va degradatsiyasining asosiy sabablari. Tuproqlarni mexanik buzilishi. O‘rmonlarni kesish va yong‘inlar natijasida tuproqlarning mexanik buzilishi. Neft, gaz va ularning mahsulotlari ta’sirida tuproqlarning mexanik buzilishi. Tuproqlarni fizik degradatsiyasi. Tuproqning kimyoviy degradatsiyasi. Tuproqning kimyoviy degradatsiyasi, degumifikatsiyasi va gipslashishi. Tuproqning ifloslanishi va detoksikatsiyasi. Degradatsiyaga uchragan tuproqlarning biologik faolligi. Tuproqlar eroziyasi
va uni yaxshilash yo‘llari

2

N

1

14

Tuproqlar bonitirovkasi va uning ahamiyati.
Tuproq xaritalarini tuzishda GAT texnologiyalardan foydalanish.

Xo‘jalik tuproqlari bonitirovkasi, еrdan foydalanish rejasi va bonitet shkalasi asosida еrning bonitet kartogrammasini tuzish va ball bonitetini qo‘yish. Xo‘jalik bo‘yicha tarqalgan barcha tuproq turlarini maydoni va ballini bilgan holda o‘rtacha xo‘jalik bo‘yicha ball bonitetini hisoblash.
Tuproq xaritalari va xaritogrammalaridan, tuproq xaritalaridagi materiallardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda foydalanish. Tuproq xaritalarining xillari.
Tuproqning unumdorligini belgilovchi xossalarini aniqlash, pasaytirish koeffitsentlari bilan tanishtirish.Tuproqshunoslikda- GAT

2

N

1

15

Kirish. Agrokimyo fani maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi.
O‘simliklar oziqlanishida tuproq tarkibining ahamiyati va singdirish qobiliyatlarini o‘rni

Fan yuzasidan asosiy tushunchalar. O‘g‘itlarning dehqonchilikda tutgan o‘rni. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va ulardan olinadigan iqtisodiy samaradorlikni oshirish istiqbollari. O‘simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘g‘itlardan oqilona foydalanish asosida qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil еtishtirish usullarini yaratish.
Agrokimyo fanining rivojlanishi tarixi. B.Palissi, Van-Gelmont, Glauber, Bussengo, Libix, Lauaze, D.I.Mendeleev, K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov kabi olimlarning fan rivojiga qo‘shgan hissasi. O‘zbekistonda agrokimyoning rivojlanish bosqichlari va unda o‘zbek olimlarining roli.
Ekinlardan mo‘l va sifatli hosil еtishtirishni bevosita sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida amalga

2

A

1







oshirishni o‘rganish; o‘g‘itlardan samarali foydalanish; ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini boshqarish; atrof-muhitni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish muammolarini hal etish.
O‘simliklar tarkibidagi suv va quruq moddalar. Kul, organogen, makro va mikroelementlar. O‘simliklar tarkibidagi organik moddalar. O‘simliklar oziqlan- ishining tiplari va turlari. Oziq moddalarning ildiz tizimi tomonidan yutilishiga doir nazariyalar. O‘sim- liklarning oziqlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillar. Ayrim elementlarning o‘simliklar
hayotida tutgan o‘rni va еtishmovchilik belgilari.










16

O‘g‘itlar haqida tushuncha. Azotli o‘g‘itlar.

O‘g‘itlar. O‘g‘itlar haqida tushuncha: mineral, organik, oddiy va kompleks, qattiq va suyuq, bir tomonlama va to‘liq. o‘g‘itlar
Azotli o‘g‘itlar. Azotning o‘simliklar hayotidagi roli. Tuproqdagi azot miqdori, shakllari va dehqonchilikda azot muammolari.
Azotli o‘g‘itlarning tasnifi. Azotli o‘g‘itlarning tuproq bilan o‘zaro ta’siri. Ularni qo‘llash usullari, me’yorlari va muddatlari.

2

A

1

17

Fosforli o‘g‘itlar

Fosforli o‘g‘itlar. Fosforning o‘simliklar oziqlanishidagi ahamiyati, tuproqdagi shakllari va manbalari. Fosforli o‘g‘itlar va ularning tasnifi. Fosforli o‘g‘itlarning tuproq bilan o‘zaro ta’siri. Fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash usullari, me’yori va
muddatlari.

2

A

1

18

Kaliyli va murakkab o‘g‘itlar. Mikroo‘g‘itlar va Organik o‘g‘itlar.

Kaliyli o‘g‘itlar. Kaliyning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati. O‘simliklarda kaliy tanqisligining belgilari. Tuproqdagi kaliy miqdori, shakllari. Kaliyli o‘g‘itlar va ularning turlari: xom kaliyli tuzlar, sanoat asosida ishlab chiqariladigan kaliyli o‘g‘itlar va kaliyli o‘g‘it sifatida ishlatiladigan sanoat chiqindilari. Kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash usullari, me’yor va muddatlari. Kompleks o‘g‘itlar. Kompleks o‘g‘itlar: murakkab, murakkab aralash va aralashtirilgan o‘g‘itlar. Kompleks o‘g‘itlarni qo‘llashning o‘ziga xos tomonlari. Yangi o‘g‘itlar. Mikroelementlar va mikroo‘g‘itlar. Mikroelementlarning o‘simliklar hayotidagi o‘rni va turli tuproqlardagi miqdori.
Mikroo‘g‘itlar. Mikroo‘g‘itlarni qo‘llash usullari, muddatlari, me’yorlari va texnikasi. Organik o‘g‘itlar va ularning turlari. Go‘ng. Mineral va organik o‘gitlarni birgalikda qo‘llash. Kompostlar. Ko‘kat o‘g‘itlar sifatida o‘stiriladigan o‘simliklar, ularning tuproq xossalari va o‘simlikka ta’siri. Bakterial o‘g‘itlarning xossalari va ishlatilishi.
Fosforobakterin.

2

A

1

19

Texnik, donli,sabzavot ekinlarni va mevali daraxtlarni o‘g‘itlash.

G‘o‘zaning biologik xususiyatlari va navlari. g‘o‘zaning kimyoviy tarkibi. G‘o‘za – beda almashlab ekish va uning sxemalari. G‘o‘zaning oziqlanishidagi tahlikali davrlar. G‘o‘zani o‘g‘itlashda mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash. G‘o‘zaning tuproq va o‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalardan foydalanish koeffitsienti. Paxtachilikda qo‘llaniladigan o‘g‘it turlari. g‘o‘zaga mikroo‘g‘itlar qo‘llash.
Donli ekinlarni o‘g‘itlashning o‘ziga xos tomonlari. O‘g‘itlashda o‘simlikning kimyoviy tarkibi, o‘suv davrining davomiyligini hisobga olish. Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi bug‘doy, arpa va sulini o‘g‘itlash. Bahorgi bug‘doyni o‘g‘itlash. Don- dukkaklilar (soya, ko‘k no‘xat, no‘xat, loviya va mosh), makkajo‘xori va oq jo‘xori (sorgo) ni o‘g‘itlash.
Sabzavot ekinlari oziqlanishining o‘ziga xos tomon- lari. Sabzavot ekinlariga mahalliy o‘g‘itlarni qo‘llash muammolari. Sabzavotchilikda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar va hosil sifati. Mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash.
Kar amni o‘g‘itlash. Pomidorni o‘g‘itlash. Bodrinni o‘g‘itlash. Sabzini o‘g‘itlash. Piyozni o‘g‘itlash. Oshko‘klarni o‘g‘itlash.
Tok, mevali va tut daraxtlarini o‘g‘itlash. Mevali daraxtlar va tok oziqlanishining o‘ziga xos tomonlari.. Daraxt va tokka o‘g‘it qo‘llash muddatlari, usullar.
Himoyalangan еr sabzavotlarining oziqlanishi va ularni o‘g‘itlashning o‘ziga xos tomonlari. Himoyalangan еr tuproqlari va tuproq aralashmalarining tarkibi. Issiqxonalarda еtishtiriladigan ayrim sabzavotlarni o‘g‘itlash. Sabzavotlarni kichik hajmli substratlarda tomchilatib sug‘orish asosida еtishtirish. Sabzavotlarda tomchilati sug‘orish asosida еtishtirish. Himoyalangan joyda mahalliy o‘g‘itlardan foydalanish. Issiqxonalarda ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar va ular oldiga
qo‘yiladigan talablar.

4

A

2

20

Agrokimyoning ekologik muammolari

Atrof-muhitning kimyoviy moddalar, xususan o‘g‘itlar bilan ifloslanishi. Ekinlar hosildorligini oshirish va atrof-muhitni sog‘lomlashtirishning agrokimyoviy asoslari. Atrof-muhitni o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining
oldini olish yo‘llari.

4

A

2

21

Tuproqni analizga tayyorlash.
Tuproq tarkibidagi

Tuproqni dala sharoitida aniqlash uchun kesma olinadi, undan analiz qilish uchun profillari bo‘yicha
tuproq namunalari olinadi. Analizga tayyorlangan

4

A

2




gigroskopik
namlik miqdorini aniqlash.

tuproqda shisha byukslar yordamida gigroskopik namlik va absolyut namlik aniqlanadi.










22

Tuproqning hajm va solishtirma og‘irligini aniqlash va ular asosida g‘ovakligini
hisoblash.

Tabiiy xolatda ma’lum hajmdagi tuproqlarning umumiy fizik xossalari shisha silindrlar yordamida aniqlanib, g‘ovakligi esa oldindan aniqlangan hajm va solishtirma og‘irligining natijalarini taqqoslab hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.

4

A

2

23

Tuproqning agregatlik holatini quruq elash usuli bilan aniqlash.

Tuproqning agregatlik holatini aniqlash uchun dala sharoitida olingan tuproq namunalari laboratoriya sharoitida quritiladi va teshiklarining diametri (0,25, 0,5, 1, 3, 5, 7, 10) har xil kattalikda bo‘lgan elaklar to‘plamidan o‘tkaziladi. Har bir elakda qolgan
zarrachalar miqdori hisoblab chiqiladi.

4

A

2

24

Suvli so‘rim sifat analizi.

Sho‘rlangan tuproqlarni laboratoriya sharoitida suvda eriydigan turli tuzlar miqdorini va tarkibini qiyosiy ta’rif berish hamda sho‘rlanish darajasini
aniqlash uchun foydalinadi.

2

A

1

25

Tuproq muhiti –
rN ni aniqlash usullari

Tuproq tarkibidagi (N) va (ON) ionlarining miqdori
tuproq suspenziyasidan, suvli va tuzli so‘rimidan aniqlanadi rN ishorasi bilan ifodalanadi.

4

A

2

26

Tuproq tarkibidagi gumus miqdorini I.V.Tyurin usulida
aniqlash

Tuproq tarkibidagi uglerodni xrom angidrid kislotasi bilan oksidlab qoldiq moddani mor tuzi bilan titrlab aniqlanadi.

4

A

2

27

Sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibi-dagi nitrat miqdorini
aniqlash.

Savzavot va poliz ekinlari tarkibidagi nitratli azotni disulfafenol kislotasi yordamida aniqlash. (B.P.Pleshkov usuli).

4

A

2

28

Mineral o‘g‘it
turlarini aniqlash.

Mineral o‘g‘it turlarini sifat reaksiyalari orqali
aniqlash.

4

A

2

29

Tuproqdagi fosfor va kaliy va go‘ng tarkibidagi ammiakli azotni miqdorini aniqlash

Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorini Machigin-Protasov usulida aniqlash.Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyni 1% ammoniy karbonat yordamida siqib chiqarishga asoslangan.
Go‘ng tarkibidagi ammiakli azotni 1% vodorod xlorid kislotasi yordamida aniqlash. Mamchenko-Romashkevich usulida aniqlash

4

A

2

30

Dalaga chikishga tayyorgarlik, kerakli asboblarni
tayyorlash va texnika xafsizligi

Dalaga chiqishga tayyorgarlik ko‘riladi, kerakli asboblarni tayyorlab, dalaga chikishda texnika xavfsizligi qoidalari o‘rganiladi.

4

A

2





Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin