110
o‘rnatiladi va petensiometr yordamida vattmetrga kiritiladigan tuzatishlar
aniqlanadi. Potensiometrik qurilmada ishlayotganda, quyidagi ketma ketlikga
rioya qilish tavsiya qilinadi:
Qurilmani yoqish va 30 min qizdirish;
Potensiometrni ishchi tokini sozlash;
Qiyoslanayotgan qurilmani zajimlariga maxkamlash;
Qurilma uzib – ulagichini qiyoslanayotgan qurilma o‘lchov chegarasiga mos
xolatga o‘rnatish;
Qurilmaga kuchlanish (tok) berish va asbobni xarakatlanuvchan qismida
ishqalanish yo‘qligiga amin bo‘lish;
Asbob ko‘rsatkichlarini kuchlanish (tok) ortishi va kamayishida xatoliklarini
aniqlash; namuna asboblari uchun xatoliklar asboblardagi ikkita tok
yo‘nalashida aniqlanadi, xar bir yo‘nalishda qiyoslash shkala bo‘yicha yuqori va
quyi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi (4 marta), magnitoelektrik tizimli asboblar
uchun tok yo‘nalishini o‘zgartirish o‘rniga gorizontal tekkislikda asbob
joylashuvini 180° ga o‘zgartiriladi;
Ko‘rsatkichni shkalaning nol belgisiga qaytmasligini aniqlash;
Asbob ko‘rsatkichlar va tuzatishlarni xisoblash;
Variatsiya o‘zgarmas qutbida qiyoslanayotgan asbob ko‘rsatkichlarini o‘sishi va
kamayishiga tuzatilishlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.
Tuzatishlar shkalaning xar bir raqamli belgisi uchunyuqorida ko‘rsatilgan 4 ta
qiymatlarning o‘rta arifmetik sifatida aniqlanadi.
Qiyoslanayotgan asbob shkalasidagi bo‘limlarning ruxsat etilgan asosiy xatolik
chegarasi quyidagi formula yordamada xisoblanadi
∆
rux
=k
r
/100
bu erda: k – qiyoslanayotgan asbobning aniqlik sinfini belgilovchi raqam; n –
qiyoslanayotgan asbob shkalasining bo‘limlar soni.
Dostları ilə paylaş: