Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari hamda shaxs axloqiy tarbiyasi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü95,5 Kb.
#47128
  1   2   3   4
Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari hamda shaxs axloqiy tarbiyasi

Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari hamda shaxs axloqiy tarbiyasi



Reja:


Kirish

1. Oila – ilk axloqiy maskan sifatida.

2. Fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy mohiyati.

3. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob muammosi.

4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo’llari va vositalari.

Xulosa

Adabiyotlar ro’yxati

Kirish
1. Oila – ilk axloqiy maskan sifatida.

Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo’lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.

Avvalo, nikoh xaqida to’xtalib o’taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u sevgi bilan bog’liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirishi hollari bo’lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi.

Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan o’zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to’y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho’rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo’lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so’raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo’yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga payg’ambarimizdan qolgan sunnat.



Hozirgi kunda ham ko’pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko’rsagina, fotiha qilinib, to’y taraddudi ko’riladi. Juda ko’p hollarda bunday yoshlar o’rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «o’tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o’rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo’ladi. Ochig’ini aytish kerakki, muhabbatning ham o’z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko’proq yashirin tarzda namoyon bo’ladi.

Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning o’zaro chiqishmasligi haqida G’arb mutafakkirlari tez-tez yozadigan bo’lib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm industrial jamiyatda muhabbat kamdan-kam xam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa–moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi. Umuman, G’arb olamida bunday hodisa anchadan buyon mavjud. Shu jihatdan Jorj Bayronning «Don Juan» she’riy romanidagi quyidagi satrlar diqqatga sazovor:


Bu juda qayg’uli hodisa shaksiz,

Insonning kajligi, jinoyati bu;


Ildizi gar bitta bo’lsa ham, hargiz

Chiqishmas nikoh va muhabbat mangu:

Sirkaga aylangan vinodak, esiz,

Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv,-

Vaqt undan jannatiy bo’yni oladir,

Ro’zg’oru oshxona hidi qoladir.
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil qabilida bo’lsa-da, ularda ma’lum ma’noda hayotiy asos bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy bo’yni yo’qotib qo’yish hech gap emas. Zero dunyodagi hamma narsa -hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj.

Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyotni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.

Oilaning yana bir jihati – uning o’z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag’ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag’, shubhasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshlig’i oila a’zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo’jayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.

Oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o’z jufti halolini, ona esa sevimli erini ko’radi: bolada er xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga eb-ichadilar, tarbiya oladilar.

Oilada bolalar intizomli bo’lib o’smoqlari, ota-onaga bo’ysinishlari lozim. Lekin bu intizom qullikka o’rgatish emas, balki bolalariga hos erka-tantiqlik, o’zboshimchalik singari salbiy hususiyatlarni yo’qotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga bo’ysunishdan bosh tortishga yo’l qo’yish bolaning kelajakda qo’pol badxulq nokamtarin bo’lib etishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o’chog’i sifatida ham katta ahamiyatga ega.

Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy nuqtai nazardan buzilishi. Bunda bolalar balog’atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo’lishlari – o’g’il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi.

Uylantirilgan farzandlarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun etarli bo’lgan uy-ro’zg’or ashyolari ajratiladi. SHuningdek, oilaning tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros bo’lib bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati bilan oila buzilishi mumkin.

Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro’ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi.



Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin