Ochiq urug`lilar bo`limi haqida umumiy ma'lumot


Taksodiumlar oilasi — Taxodiaceae



Yüklə 62,14 Kb.
səhifə8/8
tarix27.12.2023
ölçüsü62,14 Kb.
#200673
1   2   3   4   5   6   7   8
1363359352 42261

Taksodiumlar oilasi — Taxodiaceae
Meva beruvchi tangachalari 2-9 ta urug`kurtak chiqaradi va spiralsimon joylashadi. Bu oilaning eng mashhur vakili Shimoliy Amerikadagi mamont daraxtidir (vellingtoniya — Sequoia gigantea). Bu daraxt yer yuzidagi eng katta daraxt bo`lib, bo`yi 100-150 m gacha, yo`g`onligi 12 m gacha bo`ladi va 1500 yilgacha yashaydi. Botqoq sarvi (Taxodium distichum) ham shu oilaga kiradi (S`Himoliy Amerika), bu daraxt ham mamont daraxti kabi yirik bo`lib, bo`yi 40 m ga, yo`g`onligi 3 m ga boradi.

Sarvlar oilasi — Cupressaceae
Bu oila vakillari barglarining qarama-qarshi yoki halqasimon joylashganligi, ba`zan ninaga, ko`pincha tangachaga o`xshagan bo`lishi bilan ta`riflanadi. Meva beruvchi tangachalari qoplag`ich tangachalari bilan qo`shilib o`sadi va bitta qubba tangachasini hosil qiladi. Bu oilaga Qrim va Kavkazda ko`p o`stiriladigan sarv daraxti (Cupressus, Cupressus sempervirens), istirohat bog`larida ekiladigan tuyya (Thuja) va archa (Juniperus) kiradi. Archa shu bilan ta`riflanadiki, meva beruvchi tangachalari etdor bo`lib, qubbasi mevaga o`xshab turadi. Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir o`rmonlarida J. communis uchraydi, bu o`simlik buta holi-da, ba`zan daraxt holida bo`ladi. Arktikada uning boshqa turi (J. nana) o`sadi, bu o`simlik poyalar ustida pastak butazorlar hosil qiladi. Qrim bilan Kavkazda qizil archa (J. oxycedrus) uchraydi. J. Sabina — kazak archasi — tangachasimon mayda-mayda ninabargli pastak buta o`simligi Qrim va Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqidagi toshli va ohakli quruq qoyalarda o`sadi. Sibir va Turkmaniston tog`larida shu o`simlikka o`xshagan J. pseudosabina, yer bag`irlab o`sadigan pastak buta uchraydi. Shimoliy Amerikada ko`p tarqalgan qalam daraxtini (J. virginiana) ham aytib o`tamiz, uning yog`och qismidan qalam tayyorlanadi.
Ninabarglilarning amaliy ahamiyati juda katta, ular a`lo darajali qurilish materiali o`rnini bosadigan yog`ochi xilma-xil maqsadlarda ishlatiladi; har xil buyumlar yasash, sellyulozali qog`oz massasi tayyorlash, pista ko`mir olish uchun ham yog`ochidan foydalaniladi. O`rmonzor oblastlarda ninabarglilar yog`ochi o`tin qilib, ko`plab yoqiladi. Ninabargli daraxtlarda smola bor, undan terpentin va kanifol olinadi; oshlovchi moddalari bor po`stloqlari teri oshlashda ishlatiladi. Sibir kedri, piniya va araukariyaga o`xshagan ba`zi ninabarglilarning yirik-yirik urug`lari ovqatga ishlatiladi; ulardan yog` ham olinadi. Ninabarglilar manzarali o`simliklar o`rnida ham ko`p o`stiriladi.

ADABIYOTLAR:



    1. Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977.

    2. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002.

    3. Sahobiddinov S. S. O`simliklar sistematikasi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1976.

    4. Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988.

    5. Жуковский П. М. Ботаника. М., 1982.

    6. Комарницкий Н. А., Кудряшов Л. В., Уранов А. А. Ботаника: систематика растений. “Просвещение”, М., 1975.

    7. Тихомиров Ф. К. Ботаника. М., 1968.

    8. Хажановский И. Г., Пономаренко С. Ф. Ботаника. М., “Колос”, 1988.

    9. Хажановский И. Г. Курс общей ботаники. ч. 1, М., 1982

    10. Hamdamov I. va boshq;- Botanika asoslari. Toshkent, “Mehnat”, 1990.

Yüklə 62,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin