Ochiq urug`lilar bo`limi haqida umumiy ma'lumot


Qubbasimonlar sinfi — Coniferophyta



Yüklə 62,14 Kb.
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü62,14 Kb.
#200673
1   2   3   4   5   6   7   8
1363359352 42261

Qubbasimonlar sinfi — Coniferophyta
Kordaitlar tartibi — Cordaitales
Kordaitlar, asosan paleozoy erasida o`sib, hozir qurib bitgan o`simliklar tartibidir. Ularning qoldiqlari yuqori devondan yura davrigacha hosil bo`lgan qatlamlarda, ayniqsa perm-karbon davr qatlamlarida ko`p uchraydi. Tartibning eng yaxshi o`rganilgan vakili Cordaites avlodidir. Kordaitlar (96-rasm) baland, lekin ingichka daraxt bo`lib, bo`yi 30 m ga yetgan. Tanasining uchida qalin shoxlar bo`lib, chiziqli lantsetsimon, cheti butun katta-katta oddiy barglar chiqargan. Ayrim turlarida barglarining uzunligi 1 m, eni 15 sm bo`lgan. Barglaridan parallel, ba`zan dixotomik shoxlangan tomirlar o`tgan.
Tanasida serbar yog`och zonasi bilan o`ralgan o`zak bo`lgan, o`sha yog`och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog`och qismiga o`xshagan. Kordaitlar kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Mikro- va makrosporangiylar to`planib, to`pgul hosil qilgan. Ular kichik-kichik sporofill boshoqlari yoki qubbalari bor oddiy yoki shoxlangan o`qdan iborat bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri poyaning yuqori qismida turgan va barglar orasiga birikkan. Otalik qubbalarida katta, lekin ancha yo`g`on o`q bo`lgan.
Spiral holda joylashgan tangachalar shu o`qda turgan, o`sha tangachalarning qo`ltiqlarida esa mikrosporangiylar bo`lgan. Mikrosporangiylar ancha uzun oyoqchalarining uchida 2-3 tadan joy olgan. Urg`ochi qubbalari tashqi ko`rinishidan erkak qubbalariga o`xshasa ham, ichki tuzilishi ancha murakkab bo`lgan. Ularda ham tangachali o`q bo`lgan-u, lekin o`sha tangachalarning qo`ltig`ida bir qancha mayda bargli kalta novdalar turgan. Har bir novdaning uchida makrosporangiy yoki urug`kurtak bo`lgan. Cycas yoki Ginkgoning urug`kurtagi qanday tuzilgan bo`lsa, bu urug`kurtak ham shunday tuzilgan (171-pacm). Urug`kurtakda nutsellusni o`rab turgan qalin po`st bo`lib, yuqori qismidan arxegoniylarga joy bergan endosperm yoki gametofit shu nutsellus ichida turgan. Qoplag`ichning uchi cho`ziq bo`lib, mikropile shu yerdan joy olgan. Nutsellusning ustki tomonida ancha keng chang kamerasi bor, shu kameradan mikrosporalar topilgan. Makrosporalar ichida bir to`da hujayralarni — anteridial va protallial hujayralarini ko`rsa bo`ladi.
Otalanish Cycadales va Ginkgoales dagidek yuzaga chiqqan, ya`ni harakatchan spermatozoidlar ishtiroki bilan o`tgan bo`lsa ajab emas, chunki hech qaerda chang naychasidan qanday bo`lmasin asar qolgan emas. Urug`kurtaklardan urug`li qirqquloqlarning urug`iga o`xshaydigan urug`lar paydo bo`lgan.

Yüklə 62,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin