kondensat manbaalardan olinadigan (quruq gaz aralashmasi va
og‘ir uglevodorod bug'lari) gazlari. Sun’iy
gazlar qattiq turdagi
yoqilg'ini term ik jihatdan qayta ishlash orqali olinadi. Buning
asosiy manbayi esa ko‘mir toshlari hisoblanadi. Shahar sharoiti
uchun esa tabiiy gazdan foydalanish ham arzon ham qulay
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa uning ta ’minotida cheksiz
qulayliklar mavjud, ya’ni gaz asosan turli diametrdagi quvurlar
orqali gaz tarqatish uskunasi yordamida kerakli iste’molchiga
uzatiladi. Shahar gaz ta ’minotining sarfi undagi sanoat maishiy
xizmat-xo'jalik talablari va gaz bilan ta ’minlangan turar joy va
jamoat
binolarining
o'sib
borishidan
kelib
chiqqan
holda
aniqlaniladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki,
shahar gazining asosiy
iste’molini 85 %ga yaqinini sanoat korxonalari evaziga to'g'ri
kelishi, qolgan miqdorlari esa shahaming boshqa iste’moli uchun
sarflanadi. Kimyo korxonalari mavjud bo'lgan shaharlarda ushbu
ishlab chiqarish korxonalarining asosiy xomashyosi sifatida tabiiy
gaz hisoblanadi.
Shahaming gazga bo'lgan ehtiyoji quyidagi
guruhlarga bo'linadi: maishiy xizmat (oziq-ovqat tayyorlash va
issiqlik ta ’minoti uchun); maishiy xizmat-xo'jalik (mazkur sohu
bo'yicha xizmat ko'rsatadigan jamoat binolari va ishlab chiqarish
korxonalari uchun); bino va inshootlaming isitish va shamollatish
uskunalari uchun.
•
Viloyat, tum an, shahar aholi turar
joy maskanlari uchun gaz
ta ’minotining loyihalari shu joyning istiqbolli rejalari asosida
tuziladi. Unda joylaming o'sishi, kengayishi inobatga olinadi. Unda
mujassamlashgan asosiy gaz quvurlar majmuasi,
yer ostida
j;ylashgan gaz zaxirasi va halqa usulda tashkil qilingan gaz quvurlar
silsilasi ulam i ishonchli darajada butunlay gaz ta ’minoti bilan
ta’minlovchi
gaz
ta ’minoti
silsilasini
tashkil
etadi.
Yirik
shaharlaming gaz ta ’minoti - bu turli hajmdagi gaz saqlaydigan gaz
zaxiralar va ularga xizmat qiluvchi inshootlar ham da turli
bosimdagi quvurlar tarmoqlari va uni iste’molchiga
yetkazuvchi
silsila demakdir. Shahar gaz quvurlarining tasnifi quyidagilardan
iborat: gazni uzatish turkumi bo'yicha - tabiiy gaz neftdan olingan,
yo'lovchi gaz, pasaytirilgan uglevodorod gazi, sun’iy gaz, aralashma
gaz uchun qo'llaniladigan gaz quvurlari.
Yirik shaharlar uchun asosan tabiiy gazdan foydalaniladi
Shunga
qaram asdan
past
qavatli
turar
joy
maskanlarida
pasaytirilgan gazdan ham foydalaniladi; gazning bosimi bo'yicha-
yuqori, o 'rta va past bosimli gaz quvurlari;
yer sathidan nisbiy
joylashishi bo'yicha — yer ostki, yer ustki. Shahaming
rejaviy
43
silsilasini inobatga olgan holda — tashqi (ko'chada va tu rar joy
maskanlari
hududida)
va ichki
(im oratlar ichkarisida); gaz
silsilasining xizmat vazifasi bo'yicha — shahar uzluksiz tarm og'i,
tarqatuvchi tarm og'i, uzatuvchi tarm og'i, gaz quvurini qabul
qiluvchi tarm og'i. Tarqatuvchi gaz quvurining qurilma talabi
bo'yicha halqasimon boshi berk aralashgan usul;
quvurning
materiali bo'yicha — metall
(po'lat),
nometall
(plastmassa,
asbessement, rezinali to'qim ali va boshqalar). Gaz ta ’minotiga ega
bo'lgan h a r qanday shahar hududida ko'plab kilometr masofada
turli diam etr uzunlikda gaz quvurlariga ega bo'ladi. Injenerlik
tarm oqlarining ish faoliyatida ulam ing buzilishlari o'rganilganda
birgina Toshkent shahrining o'zida ichimlik suv tarm og'ida 6000—
7000, oqova suv tarm og'ida 3000 atrofida talafotlar sodir bo'lishi
aniqlangan. Toshkent shahrining gaz tarm og'ida esa bir yilda 9
tagacha talafot aniqlangan. Gaz quvuridagi bir talafotning o'zi ham
shahar hayotida mushkul oqibatlar olib keladi. Shu sababdan ham
shahar gaz ta ’minoti quvurlari silsilasi asosan yer tagida, ya’ni
shahar ko'chasining piyodalar qatnov qismi tagida joylashishi
belgilangan.
Shahar tashqarisidagi gaz tarqatish markazidan shahar gaz
tarm oqlari boshlanadi (2.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: