quyidagicha tasniflanadi: tokning turiga qarab — o'zgaruvchan va
doimiy; kuchlanishning quwatiga qarab — 1000 V gacha kichik
voltli va 1000
V dan yuqori voltli; qurilmaviy uskunalari bo'yicha
- tashqi osma, yer osti kabeli va ichki tarmoqli turlarga bo‘linadi.
Iste'm olchilam i elektr energivasi bilan ta’minlash issiqlik elektr
stansiyalari
(IES),
gidro
elektr stansiya
(G ES)lar
orqali
ta ’m inlanadi. Kelajakda elektr ta’minotining rivojlanish manbalari
atom energetikasi rivojiga bog'liq bo'lishi ko'zda tutilmoqda.
Shuning bilan birgalikda ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda
quyosh energiyasidan hamda
shamol
energiyasidan foydalanish
bozor iqtisodiyoti va ekologik talabiaridan kelib chiqib qaralsa, ular
yaxshi samara berishi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda respublikaning
elektr ta ’minoti Birlashgan M illatlar Hamdo'stligi davlatlari bilan
o'zaro kelishilgan bitimlar asosida uzluksiz silsila imkoniyati bilan
ta ’minlanmoqda.
Elektr
energiyasining
asosiy
iste’molchilari
shaharlarga to'g'ri kelib, ular 80 % atrofida eleklr energiyasini
sarflaydi. Shundan 20 % atrofidagi elektr energiyani shahaming
maishiy xizmat-xo'jalik
sohasida foydalanilsa, qolgan miqdordagi
energiya sarfi
esa sanoat korxonalari evaziga to'g'ri keladi.
Maishiy xizmat sohasida elektr engiyasidan foydalanish ning eng
katta qismi mazkur soha talablarini ta’minlashda asosiy o'rin
tutadigan elektr q u w ati bilan ishlaydigan ko'plab xo'jalik anjom
aslahalari evaziga to 'g 'ri keladi. Ular: sovitish, isitish uskunalari,
yuvishga va dazmollashda mo'ljallangan
mashinalar, muzlatishga
m o'ljallangan yirik kameralar hamda oziq-ovqat tayyorlashda
qo llaniladigan elektr isitish uskunalaridir. Kuzatuvlar natijalariga
ko'ra bir yilda har bir xonadonga 2000 kVt dan ziyod elektr
enei^iyasi sarflanishi aniqlangan.
Shahar elektr tarm og‘i silsilasi tashqi elektr ta'm inot tarm og'i,
yuqori voltli (35 kV va undan yuqori) shahar torm og'i va elektr
tokini transform ator uskunalari yordamida o'rta kachik kuchlanishli
qurilmalarga ega bo'lgan tarm oqiar tashkil etadi.
Yirik shaharlam ing yuqori voltli tarmog‘ini
tashkillashtirish
tartibi
tashqaridan
keladigan yuqori voltli
halqa orqali tokni
uzatish markazlariga hamda qo'shni energetika silsilasi bilan bog'liq
holda bo'ladi. K atta voltli tarm oqdan turarjoy binolari va sanoat
markazlariga pasaytiruvchi qo'shim cha tayanch markazlar orqali
elektr toki uzatiladi.
Asosiy elektr tarm og'i osma usuldagi elekt uzatkich tarm og'i va
yer ostida joylashgan
kabellar turkumidagi
tarm oqdan iborat.
Hozirgi vaqtga kelib shahar tashqarisidagi osma yuqori kuchlanishli
41
elektr tarm oqlari ham im kon topilishi bilan
kabel tarm oqlari orqali
yerga ko'm ish usuliga o ‘tkazilmoqda. Chunki shahar tashqarisidagi
shu paytgacha foydalanib kelinayotgan osma tarm oqiar tagidagi
katta miqdordagi gektar yerlar hosildorligi jihatidan juda qimmat
turadi. Shahar hududida esa elektr tarm oqlarining quyidagi turlari
q o ‘llaniladi: maishiy xizm at-xo'jalik va ishlab chiqarish talablari
uchun yuqori va past kuchlanishli elektr ta ’m inoti tarm og'i;
ko'chalarni, m aydonlami istirohat bog'lam i va boshqalarni tashqi
yoritish uskunalari tarm og'i; elektr transporti tarm og'i;
kuchsiz tok
tarm og'i.
Elektr ta ’m inoti tarm og'ini
yerga ko'm ishda zirhlanadigan,
ya’ni maxsus qoplam a bilan qoplangan xizmat vazifasiga va
ahamiyatiga hamda tuproqning xususiyatidan kelib chiqqan holda
turli markadagi kabel lar qo'llaniladi.
Shuning bilan birgalikda kabellar asbessement quvurlarida va
tuynuklari bor beton bloklarda ham joylasfitiriladi.
Dostları ilə paylaş: