O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


O‘zbekiston Respublikasida yer fondining toifalar bo‘yicha taqsinilanishi



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə14/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

O‘zbekiston Respublikasida yer fondining toifalar bo‘yicha taqsinilanishi

T/r

Yer fondining toifalari

Jami maydon

Shundan
sug‘oriladigan

Ming ga

Jami yerga nisbatan, %

Ming ga

Jami yerga nisbatan. %

1.

Qishloq xo‘jaligiga moMjallangan yerlar

22264,6

50,13

4213,8

9,49

2.

Aholi punktlarining yerlari

235,4

0,53

49,7

0,11

3.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar

1968,0

4,43

11,7

0,03

4.

Tabiatni muhofaza qilish, sogMomlashtiiish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

75,5

0,17

0,6

0,001

5

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

0,4

0,001

0

0

6

Okrmon fondi yerlari

8661,2

19.50

29.4

0,07

7

Suv fondi yerlari

815,8

1,84

4,5

0,01

8

Davlat zaxira yerlari

10389,4

23,40

1,9

0,004

9

Jami yerlar

44410,3

100,0

4311,6

9,71

* 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam.

Demak, respublika yer fondiiiing 50 % dan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligiga moljallangan yerlar bolib, u 22,3 mln gektami tashkil qilgan. Umumiy yer fondining atigi 9,5 % i yoki 4,2 mln gektari sug‘oriladigan yerlardan iborat.


Yer fondining deyarli barcha sug‘oriIadigan qismi qishloq xo‘ja- ligiga moljallangan yerlar tarkibiga kiradi. Sug‘oriladigan yeriaming juda kam foizi boshqa toifa yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan, sug‘oriladigan yeriaming har bir gektaridan unumli foydalanish, olinadigan mahsulotni miqdor jihatdan ko‘paytirish va lining sama­radorligini oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rinadi.
Yuqorida keltirilgan yer fondi toifalarining tarkibi quyidagicha:

  1. Qishloq xo‘jaligiga moljallangan yerlarga: davlat jamoa xo‘jaligi, ilmiy-tekshirish, obquv va boshqa qisliloq xoljaligi korhonalari, muassasalari, shuningdek, alohida fuqarolar, dehqon xo‘jaliklari va kooperativlarning yerlari kiradi. Bundan tashqari, boshqa qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korhonalar, tashkilotlar va muassasalar, ijtimoiy va diniy tashkilotlaiga yoidam- chi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlar ham kiradi.

  2. Aholi punkti yerlariga shahar, posyolka va boshqalarning yer maydonlari kiradi. Uy-joy fondi, istirohat bog4ari va boshqa madaniy-maishiy obyektlami joylashtirish uchun foydalaniladi.

  3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa qishloq xo‘ja- ligiga taalluqli bolmagan tarmoqlar yerlari. Ular zavodlar, fab- rikalar, temiryoM va avtomobil' transporti, aloqa, mudofaa obyekt- lari va boshqalarni joylashtirish uchun foydalaniladi.

  4. Tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya maqsadlariga moljal­langan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bollgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.

  5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar.

  6. O‘rmon fondi yerlari. Okrmon bilan band yerlar, shuning- dek, o‘rmon xo‘jaligi zaruriyati uchun molljallangan yerlar.

  7. Suv fondi yerlari. Suv havzalari, gidrotexnik, suv xo‘jalik inshootlari, shuningdek, suv havzalari qirg‘oqlari kiradi.

  8. Davlat zaxira yerlari. Bu yerlar hozircha hech kimga egalik qilishga va uzoq muddatli foydalanishga berilmagan. Ular, asosan, mamlakatning kam aholi yashaydigan tumanlarida joylashgan va yangi korhonalar tashkil qilish uchun foydalaniladi, vaqtincha foydalanishga ajratiladi.

Qishloq xojaligiga taalluqli yerlarga qishloq xo‘jaligi tovar islilab chiqaruvchilariga taqdim etilgan va qishloq xo‘jaligini yuritish uchun moljallangan barcha maydonlar kirib, ularning asosini qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar tashkil qiladi.
Qishloq xojaligiga yaroqli yerlar — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ohsh uchun tizimli ravishda foydalaniladigan yerlar bo‘lib, ular o‘z ichiga ekinzorlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar va yaylovlarni oladi.
Ekinzorlar — bu qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar bo‘lib, qishloq xokjaligi ekinlarini ekishda foydalaniladi va tizimli ravishda ishlov berib boriladi. Tabiiy-tarixiy va boshqa xossalari bo‘yicha ekinzorlar bir qancha xillarga boiinadi: sug‘oriladigan, lalmi, zaxkash, toshloq va boshqalar.
Bo‘z yerlarga oldin ekinzor bolgan, lekin turli sabablarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari (bir yildan ko‘p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi.
Ko‘p yillik daraxtzorlar o‘z ichiga bog‘larni, mevalami, uzumzorlarni, sitrus, xurmo va boshqalarni oladi.
Pichanzorlar — bu tizimli ravishda pichan o‘rish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardir. Ularning bir qancha turlari bo‘lib, ular tabiiy, sug‘oriladigan, suvsiz vodiydagi o‘tloq, botqoqli, qamish va butalar orasidagi, tosh va do‘ngliklardagi, sof, tubdan yaxshilangan bo‘ladi.
Yaylovlar — tizimli ravishda hayvonlarni boqish amalga oshiriladigan yeriar bolib, ularning ham bir qancha turlari mavjud: suvsiz vodiydagi o‘tloq va botqoqli, sof, qamish va butalar orasidagi, toshloq, yozgi, bahorgi-kuzgi, qishki, tubdan yaxshilangan.
Respublikamizning umumiy yer fondi 44,4 mln ga.ni tashkil etib, shundan 25,3 mln ga yoki 56,9 % qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardir. Shu yerlaming 4 mln 62 ming ga yoki 9,1 % haydaladigan yerlardir. Yer fondining 5—6 mln gektari dehqonchilikda foydalaniladi Ulardan 4,2 mln gektari sug‘orila- digan yer bo‘lib, shundan 1,6 mln ga cho‘l zonasida, qolgan qismi suvli mintaqada joylashgan. Shu sug‘oriladigan yerlarning 3 mln gektari ekinzorlardir.
Lalmikor yerlarning asosiy qismi Toshkent, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan bo‘lib, 770 mln gektaiga yaqin maydonni tashkil etadi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin