29
biologik yosh muhim bo’lib, bolalarning pasport yoshi biologik rivojlanish
darajasiga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya jarayonini
oqilona tashkil qilishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olmay
yuklamani tartibga solish mumkin emas. O’quvchilar motorikasining individual
xususiyatlari bir xil yoshda keng miqyosda o’zgaradi. Jismoniy tarbiya har bir
kishining funktsional imkoniyatlariga asoslanishi kerak. O’quvchilarda hali
o’rganilmagan mashqlar haqida ko’nikma va malakalar hosil qilish hamda uni
o’zgartirish uchun organizmning funktsional holatini hisobga olish zarur.
N.A.Arshavskiy va boshqa olimlarning fikricha jismoniy tarbiya mashqlari
bilan qanday shug’ullanishi mushaklar uchun qanaqa optimal yuklamani tanlash
uning qay darajada yurak va nafas organlari tizimining rivojlanishiga yordam
berishi, har bir yosh organizmning bir biridan farq qilishini bilish juda muhimdir.
Jismoniy tarbiya mashg’uloti o’tkazish sharoiti va uni tashkil qilish
xususiyatlari organizmning o’sishi hamda rivojlanishiga ta’sir etadi. Hayotdagi
oqilona gigienik rejim, to’g’ri tashkil qilingan jismoniy mashqlar rivojlanishiga
ko’maklashadi. Noto’g’ri va chegaralangan sharoitdagi bola rivojlanishidan ortda
qoladi hamda jismoniy zaif shakllanadi. Tana tuzilishi nisbatan uzun, oyoqlari
kalta, sust rivojlanadi. Odam tanasining to’liq garmonik rivojlanishi uchun
hayotning birinchi kunidan yetuklik davrigacha kerakli harakat faoliyati zarurdir.
Dostları ilə paylaş: